TOP-10: Hamyonbop smartfonlarning eng zo‘rlari (AnTuTu reytingi, 2021 yil iyul)

AnTuTu benchmarkiga ko‘ra iyul oyidagi ikkita – eng tezkor Android-flagmanlar hamda egalari rozi bo‘lgan smartfonlar reytinglarini e’lon qilganmiz. Endi esa...

Egalari rozi bo‘lgan smartfonlar reytingida kutilmagan o‘zgarish! (AnTuTu, 2021 yil iyul)

Egasini qoniqtirgan smartfonlarning iyun oyidagi reytingidan farqli ravishda, iyuldagi ro‘yxatda eng yuqori baholarga o‘tgan yilgi flagmanlar sazovor bo‘lgan.

Apple noutbuklar savdosida ham birinchilikni boy berdi

Biz Xiaomi tarixda ilk bor Samsung va Apple’dan o‘zib, Yevropa smartfon bozorida yetakchi bo‘lganini yozgan edik. Kupertinolik texnogigant noutbuklar sotish bo‘yicha ham liderlikni qo‘ldan chiqargan.

DxOMark biryo‘la ikkita yo‘nalishda rekord o‘rnatgan yangi «kamerofonlar qiroli»ni e’lon qildi

Xiaomi shu yil martda taqdim qilgan professional kameralardan zo‘r ilk smartfon – Mi 11 Ultra premium-flagmanini DxOMark eng zo‘r kamerofon, deya e’tirof etgan edi. Lekin yangi qurilma uni taxtdan ag‘dardi!

Huawei kompaniyasi 30 dan oshiq modellardagi eski smartfonlar xotirasini kengaytira boshladi

Bunda, birinchi navbatda, smartfonning xotirasida Harmony OS operatsion tizimi uchun joy ochish ko‘zda tutilgan.

TOP-10: Eng ommabop smartfonsozlar reytingida Apple’ni ikkinchi o‘rindan tushirishdi!

Apple’ni quvib o‘tgan smartfosoz 49,9 millionta mobil qurilma sotib, bir yilda eng yirik – naq 72,9 foizlik sakrashga erishgan. Ammo bu borada Realme barchadan o‘zib ketgan – 174,5 foizlik o‘sish!

Huawei P50 hamda P50 Pro chiqdi: Snapdragon 888 va Kirin 9000, ilg‘or kameralar, yangi dizayn va HarmonyOS 2.0

Har ikkala flagman ham stereodinamiklar, NFC, IP68 standartidagi himoya hamda HarmonyOS 2.0 operatsion tizimi bilan taqdim etilmoqda.

TOP-10: Eng sekin arzonlashuvchi smartfonlar (2021 yil iyun)

Kuchli o‘ntalikka uchtagina smartfonsozning mahsulotlari kirgan. Reyting shohsupasini hamda umuman ro‘yxatdagi naq oltita pog‘onani bitta kompaniyaning vakillari band etgan.

Huawei P50 Pro taqdimotidan avval kompaniya rasmiy do‘konida uni ko‘rsatishdi (video)

Mazkur video Huawei kompaniyasining rasmiy chakana savdo do‘konida suratga olingan. Qisqa lavhada do‘konchi Huawei P50 Pro smartfonini aylantirib ko‘rsatgan va operatorga uzatgan.

Snapdragon 888'da ishlovchi Huawei P50'ning taqdimot sanasi ma’lum bo‘ldi

Birinchi model beshinchi avlod tarmoqlari modemisiz Snapdragon 888 SoC bilan jihozlanadi. Dastlab, Huawei P50 seriyasi bahorda chiqishi kutilgan edi, ammo taqdimot keyingi sanaga qoldirilgandi.

Huawei 90 vattlik tezkor quvvatlash tizimi ustida ishlamoqda

Huawei, shuningdek, yaqinda 135 vattda quvvat beruvchi zaryadchikni ham sertifikatlagan edi. Demak, 90 vatt shunchaki o‘rtadagi tezlik bo‘lishi mumkin.

Huawei ekranosti selfi kamerali smartfonni patentladi

Rasmiy hujjat illyustratsiyalar bilan taqdim qilingan. Chizmalardan foydalanib, LetsGoDigital'dagilar qurilma renderini yaratgan.

38 daqiqadayoq quvvatlanib ulguruvchi, hamyonbop Huawei Nova 8i sotuvga chiqdi

Gadjetni Android 11 tizimi ustiga qurilgan EMUI 11 grafik qobig‘i bilan taklif etishmoqda, lekin unda Google servislari yo‘q. Ular o‘rniga Huawei ilovalari hamda AppGallery katalogi o‘rnatilgan.

Eng ravon ishlovchi mobil operatsion tizim va smartfonlar (Master Lu reytingi, 2021 yil iyun)

Master Lu mutaxassislari reytingni tuzish uchun mazkur smartfonlarda 22 ta ilovani ishga tushirib ko‘rishgan. Aynan yangi – HarmonyOS 2.0 tizimi bunda tezkorlik va silliq ishlash bo‘yicha yetakchilikka erishgan.

Egasini rozi qilgan o‘nta smartfon (Antutu reytingi, 2021 yil iyun)

Ro‘yxatda asosan turli kompaniyalarning bulturgi smartfonlari aks etgan. Bu yilgi modellar orasidan ikkitasi esa hatto iPhone egalarini ham Android-smartfonlarga o‘tishga majbur etayotgani haqida yozgandik.

Nokia brendining Android’siz flagmanlari: 6000 mAs batareya va 200 MPlik kamera!

Nokia X60 hamda Nokia X60 Pro modellari beshinchi avlod uyali aloqa tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlaydi. Chetlari qayrilma displeylari esa ularga zamonaviy ko‘rkamlik baxsh etadi.

HarmonyOS 2.0 yakuniy proshivkasi allaqachon 16 smartfon va 2 planshetga tarqatildi

Korporatsiya 23 iyun kuni bayonot berishicha, o‘zining 16 rusumdagi smartfoniga va ikki xil modeldagi planshetiga yakuniy talqindagi HarmonyOS 2.0 proshivkasini chiqarib ulgurgan.

Apple «damini olsin» – geymerlar uchun Qualcomm flagmani asosida qudratli Android-planshet chiqyapti

Xitoylik taniqli insayder Digital Chat Station ma’lum qilishicha, mazkur planshet yana kadr yangilanishi 120 yoki 144 gerslik IPS-displeyga hamda 100 vattlik tezkor quvvatlash texnologiyasiga ham ega.

Huawei uchta smartfonini 4G-versiyada – HarmonyOS bilan va arzonroq chiqardi!

Yangi qurilmalar kompaniyaning o‘z ishlanmasi – HarmonyOS 2.0 operatsion tizimida ishlashidan tashqari, 5G qo‘llovidan voz kechilgani evaziga narxi ham arzonroqdir.

Dunyo planshet bozori: eng ommabop beshta brend va uchta aypad

Reyting yetakchisi hisobot davrida butun dunyo bo‘yicha sotgan boshqa barcha rusumlardagi planshetlardan uning bittagina modeli savdosi yuqori ekan!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш