Kutilmaganda: MIUI 13 anonsi shu haftadayoq bo‘lib o‘tishi mumkin!

Xiaomi dasturchilariga ko‘ra, MIUI 13 talqinida animatsiyani yaxshilashga e’tibor qaratiladi. Unda super-oboylar takomillashtiriladi va foydalanuvchilarning o‘zlari super-oboylar yaratishlariga imkon beriladi.

Xiaomi smartfonlarini MIUI 10.3.1.0 proshivkasi «g‘ishtga aylantiryapti»

Kompaniya allaqachon bu masalani o‘rganishga kirishgan, ammo rasmiy yechim hozircha yo‘q – smartfonni faqat dastlabki sozlamalariga qaytarish yo‘li bilangina tiklay olishyapti.

1 iyuldan Xiaomi smartfonlari global MIUI beta-proshivkadan mahrum etilyapti!

Kompaniya asosiy kuchini global MIUI proshivkasining faqat barqaror shakliga yo‘naltiradi – endi yakuniy holatdagi global MIUI yanada yaxshilanadi va avvalgiga nisbatan tez-tez yangilanib turadi.

Xiaomi o‘z smartfonlariga o‘ta foydali funksiyani qaytaryapti

Yangilangan MIUI Home ilovasining «ichini ochib» o‘rgangan XDA Developers dasturchilari MIUI grafik qobig‘iga kiritilayotgan ikkita yangi funksiyani payqab qolishgan.

Xiaomi yettita rusumdagi Redmi smartfonlarini qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatdi

Yangi smartfonlar taqdim etib kelayotgan Xiaomi kompaniyasi ayrim eski modellarni qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatmoqda. Redmi brendi ostidagi ba’zi modellarga vaqt va mablag‘ sarflashda u biror naf ko‘rmayapti.

Reklama ko‘rsatgani uchun Xiaomi bittagina sizdan qancha pul topayotganini bilasizmi?

Xiaomi smartfonlarida reklama ko‘pligini uning rahbarlaridan biri: «Bu – smartfonlarimiz arzonligi evaziga kompensatsiya» qabilida izohlagan. Ma’lum bo‘ldi: u o‘sha reklamadan ham yaxshigina pul qilar ekan!

Barcha Xiaomi smartfonlari uchun zo‘r xushxabar bor!

Xiaomi mahsulotlar bo‘yicha direktori hamda MIUI dasturchilar bo‘linmasining rahbarining Weibo tarmog‘ida va’da berishicha, kompaniya smartfonlarida reklama kamaytiriladi.

Mi 9 flagmanidagi «Game Booster» o‘yin rejimini Xiaomi endi boshqa smartfonlariga ham qo‘shyapti!

Xiaomi dasturchilari «Game Booster» rejimiga ega MIUI 10 Global Beta 9.2.28 proshivkasining global beta-versiyasini tayyorlashdi va u allaqachon tarqatila boshlagan.

Yana to‘rtta Xiaomi smartfoniga Android 9 Pie asosida MIUI 10 tayyorlanyapti, uni allaqachon sinab ko‘rish mumkin!

Ushbu smartfonlar uchun Android Pie asosidagi MIUI 10 proshivkasi 2019 yilning birinchi choragidayoq taqdim etiladi.

38 modeldagi Xiaomi smartfoni barqaror MIUI 10 proshivkasigacha yangilanmoqda (to‘liq ro‘yxat)

Xiaomi o‘zining 38 ta rusumdagi smartfonini yakuniy versiyadagi MIUI 10 proshivkasigacha yangilamoqda. Telefonning modeliga qarab, ular har xil talqindagi Android operatsion tizimi bazasida ishlab chiqilgan.

Xiaomi’ning eng ommabop smartfonini yangi proshivka ishdan chiqarmoqda

Bu model yaqindagina Android 9.0 Pie’ga asoslangan barqaror MIUI 10 proshivkasiga yangilana boshlagan. Ammo u foydalanuvchilarni xursand qilgani yo‘q: apdeyt bilan birga yangi muammolar ham paydo bo‘ldi.

RASMAN: Xiaomi hech qachon MIUI 10’gacha yangilanmaydigan 20 ta modeldagi smartfonlarini e’lon qildi

MIUI 10 grafik qobig‘i Android tizimining Nougat, Oreo hamda Pie versiyalari bazasidagina yaratilishi mumkin. Bu ro‘yxatga kirgan modellarning texnik ta’minoti esa bu talqingacha yangilanishga imkon bermaydi.

Yana uchta Xiaomi smartfoni barqaror global MIUI 10’gacha yangilanmoqda!

Nisbatan eski modellardagi smartfonlar bo‘lsa-da, MIUI 10 ularga ko‘plab qiziqarli va foydali o‘zgarishlarni, tizim tezlanishini taqdim etadi.

Xiaomi allaqachon arzonroq smartfonida Android Q tizimini sinab ko‘rmoqda!

Modomiki kompaniya bu modelini Android Q talqinigacha yangilayotgan ekan, shunday xulosa qilish mumkin: mazkur apdeyt «xitoycha Apple»ning uncha qimmat bo‘lmagan boshqa smartfonlariga ham taqdim etiladi.

Xiaomi yana ikkita modeliga MIUI 10 tarqatmoqda, ammo oltita smartfonini endi yangilamasligini aytdi

«Xitoycha Apple» bir qator eski modellardagi smartfonlari uchun endi yangi proshivkalar taqdim etmasligi haqida MIUI rasmiy forumida xabar bergan.

Xiaomi shu oydayoq barqaror MIUI 10 proshivkasigacha yangilanuvchi smartfonlarini ma’lum qildi

Odatda, xitoycha proshivka tarqatilganidan so‘ng uning global talqini ham taqdim etiladi. Shunday ekan, nisbatan eski rusumlardagi Xiaomi smartfonlari egalari ham yangilanishlarni kuzatib borishlari lozim.

Xiaomi yana ikkita hamyonbop smartfoniga barqaror global MIUI 10 proshivkasini tarqatmoqda

Ularda yangi dasturiy ta’minotning asosiy afzalliklari tatbiq etilgan. Jumladan, bu smartfonlar egalari Android Pie dizaynida yangilangan interfeys hamda «sun’iy ong» imkoniyatlaridan foydalana oladilar.

Yana to‘rtta ommabop Xiaomi smartfoniga «sun’iy ong»li barqaror global MIUI 10 chiqdi!

Bu smartfonlar egalari MIUI 10 afzalliklaridan bahra olishadi: Android Pie dizaynida yangilangan interfeys, smartfonni boshqarish uchun ekranda qo‘l ishoralaridan foydalanish, tizimning yangi tovushlari kabi.

Yana 21 ta Xiaomi smartfoniga barqaror MIUI 10 tarqatilmoqda – bunday modellarning umumiy soni 39 taga yetdi!

Xiaomi o‘z smartfonlari uchun MIUI 10 grafik qobig‘iga asoslangan proshivka tarqatilishining ikkinchi to‘lqinini e’lon qildi. U dastlab joriy yilning sentyabrida ayrim modellardagi telefonlar uchun chiqqandi.

Yana bir Xiaomi smartfoni barqaror global MIUI 10 bilan yuz skaneriga ega bo‘ldi!

Xiaomi kompaniyasi ushbu smartfoni yaqinda taqdim etilgan OnePlus 6T flagmanidan aslo qolishmasligini, tag‘in arzon turishini e’lon qilgan edi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш