Nokia quvvati bir necha haftaga yetuvchi ikkita arzon telefon chiqardi

Telefonlar ikkita SIM-karta bilan, GSM 900/1800 uyali aloqa tarmoqlarida ishlaydi. Ularning asosiy o‘ziga xosligi sifatida akkumulyatorining quvvati bir nechta haftaga yetishi ta’kidlab ko‘rsatilmoqda.

Nokia: «Azizim, dunyoga bevaqt kelibmiz...»

Yilning 1-choragida dunyo bo‘ylab 300 milliontadan kam smartfon sotilgan. Bu o‘tgan yilning shu davridagiga nisbatan 13 foizga pastdir. Xitoyda esa ahvol yanada chatoq – pasayish 27 foizga yetgan!

Nokia tayyorlayotgan 9.3 PureView flagmanini sifatli suratlar va videoda ko‘ring!

Smartfonning bosh kamerasida 108 va 64 megapiksellik sensorlar, shuningdek keng burchakli modul, teleob’yektiv hamda makroob’yektiv bo‘ladi. Ekran ostiga yashirilgan selfi-kamerasi esa 32 megapiksellik .

Siz kutgan funksiya qaysi Android-smartfonlarga qaytyapti – Google aniqlik kiritdi

Ushbu opsiya allaqachon Nokia smartfonlariga taqdim etildi, endi Google Pixel turkumi, Android One dasturi doirasidagi smartfonlar va global proshivkali aksariyat Xiaomi telefonlariga chiqishi kerak.

Nokia uchta smartfon va tugmachali ilk Android-telefonning namoyish kunini aytdi (+video)

Ushbu tadbirning asosiy qahramoni Nokia 8.2 5G modeli bo‘lib, u kompaniyaning beshinchi avlod uyali aloqa tarmog‘ini qo‘llovchi ilk smartfonidir.

Atigi 59 dollarlik modelning davomchisi – Nokia’ning o‘ta arzon 4G-smartfoni tayyor!

Nokia C1 modeli HMD Global’ning bulturgi eng arzon smartfoni edi – atigi 59 dollarga baholangan. Endi xitoylik kompaniya endi uning davomchisi – Nokia C2 rusumli o‘ta arzon smartfonini tayyorlagan.

Xitoy butun boshli mamlakatlarni internetdan uzib qo‘yishi mumkin!

AQSh o‘ziga ittifoqdosh mamlakatlardagi texnologik kompaniyalar bilan hamkorlik haqida o‘ylab ko‘rishi lozim. Bu esa 5G texnologiyalari borasida Xitoyning gegemonligi xavfidan xalos etishi mumkin.

Afsonaviy Nokia haqida 20 qiziqarli fakt

Afsonaviy Nokia haqida 20 qiziqarli fakt

Xiaomi kamerofonlar bobida Huawei va Nokia bilan bellashmoqchi!

Nokia brendi optik sensorlar borasida Ziess bilan, Huawei esa Leica bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan. Xiaomi o‘z kamerofonlarida Samsung datchiklarini qo‘llayotgan bo‘lsa-da, bunga qanoat qilmayapti...

Videoda infografika: O‘tayotgan o‘n yillikda qaysi smartfonlar ommabop bo‘ldi?

O‘n yil avval eng zo‘ri bo‘lgan kompaniyalar reytingdan umuman chiqib ketgan, hozirgi kuchlilarning aksariyati oxirgi yillardagina qaddini ko‘tarib olgan...

Atigi 59 dollarga Android Go tizimli Nokia C1 chiqdi! (+video)

Smartfonning bosh kamerasi ham, selfi-kamerasi ham 5 megapiksellik yakka datchiklardan iborat va yaxshi tomoni – oldida ham fotochaqnog‘i bor.

Redmi 8A raqibi – toza Android’li va o‘ta arzon Nokia 2.3 chiqdi (+video)

Android One dasturi doirasiga kiruvchi Nokia 2.3 texnik xususiyatlari yaxshilangan – MediaTek Helio A22 protsessori, 2/32 GBlik xotira; ammo narxi ham shunga yarasha sal oshgan.

Nokia Smart TV namoyish etildi: narxi, jihatlari va videosi!

Android TV (Android 9 Pie) tizimli televizor WiFi 802.11ac (2.4 GGs/5 GGs) hamda Bluetooth simsiz interfeyslarini qo‘llab-quvvatlaydi. Korpusida uchta HDMI, ikkita USB va bitta Ethernet porti mavjud.

Nokia arzon narxli afsonaviy «raskladushka»sini yangi qiyofada chiqardi! (+video)

4G LTE modulli va «aqlli» yordamchili Nokia 2720 Flip akkumulyatori so‘zlashuv rejimida 6,6 soatga, kutish rejimida esa naq 28 kungacha yetadi. KaiOS tizimli bu devaysga WhatsApp va Facebook ham o‘rnatilgan.

AirPods Pro’ning haqiqiy kushandasini kim tayyorlayotganini bilasizmi?

Shakliga qaraganda, quloqchinning o‘zi quloq chig‘anog‘i ichida turadi. Chizmada uning mikrofoni uchun tirqish ko‘zga tashlanadi, g‘ilofi shakli aynan Apple AirPods Pro’nikiga o‘xshash.

Nokia’ning birinchi smart-televizori xususiyatlari ma’lum!

Nokia televizorlari shu yilning oxirida yoki 2020 yilning boshida rasman namoyish etilishi kutilmoqda. Bozorda ular Motorola hamda OnePlus mahsulotlari bilan raqobatlashadi.

Afsonaviy smartfonsoz endi «aqlli» televizor ham ishlab chiqaradi!

Kutilayotgan smart-televizorlarning texnik xarakteristikalari haqida hozircha kam narsa ma’lum. Ularda yuksak sifatli audiotexnika mahsulotlari bilan tanilgan JBL firmasining akustikasi qo‘llanadi.

Nokia 8.2 – qadrdon brendning ilk 5G-smartfoni: narxi va xususiyatlari bilan tanishing!

Android 10 tizimli va 8/256 GB xotirali Nokia 8.2 smartfoni butkul romsiz ekran, to‘rttalik bosh kamera, korpus ichidan chiquvchi 32 MPlik old kameraga ega.

299 000 so‘mdan boshlangan Nokia, Xiaomi, Philips va Samsung tugmachali telefonlarini Terashop.uz’dan oling! (2019 yil 4 oktyabr)

Nafaqat Nokia, balki Xiaomi, Philips va hatto Samsung ham tugmachali telefonlar chiqarishda davom etmoqda. Ularni saytimizdan olishingiz mumkin, to‘lovi esa sizga ma’qul usulda!

Nokia’ning tugmachali Android-telefonini «jonli» videoda ishlatib ko‘rsatishdi!

«Zamonaviy klassika» gadjeti Android 8.1 Oreo tizimining modifikatsiyalangan versiyasida ishlaydi. Unga Google’ning o‘z ilovalar, jumladan – Google Maps hamda Chrome brauzeri ham o‘rnatilgan.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш