Android 12 bilan ishlaydigan tugmali telefon

Xitoylik kompaniya yilning eng g'alati mobil qurilmasini taqdim qildi.

Atigi 32 dollarlik bu tugmachali 4G-telefon Wi-Fi ham tarqata oladi!

Itel Magic 2 4G tugmachali telefonlarga xos bo‘lgan barcha funksiyalarga ega bo‘lishdan tashqari, 4G tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlaydi va bu mobil internetni tarqatishga – Wi-Fi router vazifasini o‘tashga ham qodir!

Ortga nazar: Lamborghini, Ferrari, Porsche va Spyker mashinalari nomidagi telefonlar

Avvalgi sondagi maqolamizda Nokia 8800 Aston Martin Edition telefoni haqida ma’lumot bergan edik. Buni qarangki, Nokia 8800'ning Lamborghini Edition'dagi telefoni ham mavjud ekan. Ushbu maqolada ham avtomobil brendi nomidagi devayslar haqida so‘z

Ortga nazar: McLaren, Aston Martin, Ferrari va Land Rover mashinalari nomidagi telefonlar

Noodatiy telefonlardan biroz chekingan holatda, ushbu maqolamizda avtomobil markalari nomidagi gadjetlarga e’tibor qaratamiz. Bunday telefonlar ko‘p yillardan buyon mavjud bo‘lib, hali ham mashhurdir.

Eng antiqa – bittayam klavishi bo‘lmagan tugmachali telefon 19 dollardan sotilyapti!

Bu telefonda bittagina – qurilmani o‘chirib-yoqish tugmachasi bor, u korpusning tepa qirrasida joylashgan. Hattoki smartfonlarda ham mavjud bo‘lgan ovozni sozlash tugmachasiniyam unda topa olmaysiz!

Apple’dan 13 yil avval kim smartfon yaratgandi?

39 yoshli Stiv Jobs o‘shanda bu g‘oyani munosib baholab, kezi kelganda ishlatish uchun yon daftariga yozib qo‘ygan bo‘lsa, ajabmas.

Ortga nazar: Kutilmagan brendlardan noodatiy telefonlar (2-qism)

Pepsi, Onkyo, Kodak va Red kompaniyalari ishlab chiqargan antiqa telefonlar bilan tanishamiz.

Ortga nazar: kutilmagan brendlardan noodatiy telefonlar

Hammamiz Apple, Samsung va Xiaomi kabi kompaniyalar smartfonlari bilan yaxshi tanishmiz. Biroq siz tasavvur ham qilib ko‘rmagan kompaniyalar ham smartfon ishlab chiqarganidan xabaringiz bormi?

Qo‘qonda imtihonga minitelefon olib kirmoqchi bo‘lgan abituriyent qo‘lga tushdi

Ushbu abituriyent shu zahotiyoq test topshirish jarayonidan chetlatilib, unga nisbatan Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan belgilangan tartibda choralar ko‘rildi.

Android 10 tizimli eng mitti, lekin to‘laqonli va kuchli smartfon chiqdi (+video)

Jelly 2 modeli 3 dyuymlik, 480x384 piksellik ekranga va 2000 mA/soatlik akkumulyatorga ega. Yana bu smartfoncha kuchli protsessor, daktiloskop va NFC moduli bilan ham ta’minlanganiga nima deysiz!?

Afsonaviy Nokia 3250 esingizdami? Vivo esa shunaqa form-faktorli smartfon patentladi!

Nokia 3250 korpusning pastki – buriluvchi qismining old tarafida klaviatura joylashgan edi. Vivo patentlagan smartfonda ham shunaqa, lekin bu moddiy emas, balki ekrandagi sensor klaviaturadir.

Sony Ericsson taqdim etmagan, uch ekranli buklamafon-pleyer sotuvga chiqdi

Ikkinchi ekran ostidagi doirasimon sensorli displey asosan pleyerni boshqarishga xizmat qiladi va strelkali soat siferblatini aks ettiradi; devays shu jihatidan Apple iPod pleyerlariga ham o‘xshab ketadi.

KUTILMAGAN VIDEO: Nokia 8110 emas, balki haqiqiy Banana Phone’ning mustahkamligini sinab ko‘rishdi!

Mashhur texnobloger Zak Nilson hali rasman bozorga chiqarilmagan mazkur telefonning mustahkamligini sinab ko‘rdi va ushbu jarayonning videosini JerryRigEverything nomli o‘z YouTube-kanaliga joyladi.

Rossiyalik harbiylarga qimmat mobil telefonlar tarqatilmoqda

Rossiya armiyasida xizmat qilayotgan komandirlarga o‘ta himoyalangan, qimmatbaho mobil telefonlar tarqatilmoqda. Bu to‘g‘rida «Izvestiya» nashri xabar tarqatgan.

Qarshi oling: ilk telefon-spinner! (+video)

Mo‘’jaz Chilli K188 gadjeti – g‘ayrioddiy korpusli oddiy tugmachali telefon bo‘lib, spinner qilib o‘ynashdan tashqari, undan qo‘ng‘iroq qilish va SMS-xabarlar yozish ham, hatto internetga kirish ham mumkin.

Noodatiy dizaynga ega 10 ta mobil telefon

Hozirgi kunda aksariyat mobil telefonlar sensorli ekranlar bilan jihozlangan va standart chorqirra shakldagi yoki sovun quti ko‘rinishidagi dizaynga ega hamda bir-biridan faqat...

Yaponlar yuvsa bo‘ladigan telefon yaratdi

Kunchiqar yurtning Kyocera korporatsiyasi Digno Rafre nomli smartfon yaratdi. Bu noodatiy telefonni suvga pishib sovunlab yuvsa bo‘ladi. Smartfon yaratuvchilari ta’kidlashicha, ushbu qurilma...

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш