TOP-10: Eng qudratli Android-flagmanlar (AnTuTu global reytingi, 2021 yil fevral)

Xitoychasidan farqli ravishda, global reytingda eng ko‘p – naq to‘rtta o‘rinni Samsung vakillari zabt etgan (lekin lider boshqa). Qolgan pog‘onalardan esa oltita kompaniyaning bittadan flagmanlari joy olgan.

Exynos 2100 chipli Galaxy S21 Ultra: to‘rtta flagmanga qarshi ilk avtonomlik testi!

Tajribada undan tashqari yana Xiaomi Mi 11, iPhone 12 Pro Max, OnePlus 8 Pro hamda Galaxy S20 Ultra flagmanlari qatnashgan.

Eng innovatsion sakkizta smartfon – CES 2021 sovrindorlari

Hakamlar hay’ati – industriyaning 89 nafar ekspertlari biror flagmanni emas, balki Samsung kompaniyasining o‘rta narxli modelini narx va sifat mutanosibligiga ko‘ra eng zo‘r smartfon, deya e’lon qilishdi.

Jahondagi eng kuchli o‘nta flagman (AnTuTu reytingi, 2020 yil avgust)

Bu galgi o‘ntalikda son jihatidan eng ko‘pi – to‘rttasi Samsung vakillari bo‘lsa, uchtasi Xiaomi korporsiyasining mahsulotidir. Lekin reytingning kuchli uchtligini umuman boshqalar zabt etishgan!

Eng kuchli flagmanlar bilan tanishamiz! (AnTuTu global reytingi, 2020 yil iyul)

TOP-o‘ntalikning dastlabki yettita pog‘onasidagi smartfonlar Snapdragon 865 bazasida ishlaydi. Keyingi ikkita flagman Exynos 990 protsessoriga tayangan bo‘lsa, so‘nggisi Dimensity 1000+ chipsetiga ega.

Dunyodagi eng qudratli o‘nta smartfon (AnTuTu global reytingi, 2020 yil iyun)

Iyun oyining global reytingi oxiridagi ikkita flagman Exynos 990 protsessoriga tayangan. Kuchli o‘ntalikdagi qolgan barcha smartfonlar esa Qualcomm Snapdragon 865 platformasi bazasida ishlaydi.

EHTIYOT BO‘LING: Android 11 Beta’ni ushbu smartfonlarga o‘rnatish xavfli!

Yangilanganidan so‘ng yuzaga kelgan muammolarning yechimini topa olmasdan, foydalanuvchilar o‘z smartfonlarining proshivkalarini Android 10’ga qaytarishyapti.

OnePlus Xiaomi'ni ortda qoldirdi!

Xiaomi maqtanayotgandi, OnePlus esa maqtanib ham o‘tirmadi!

OnePlus 8 Pro tezkormi yoki bir yarim baravar qimmat Galaxy S20 Ultra? «Jonli» testda ko‘ramiz!

Robotlashtirilgan manipulyatorlar yordamida qiyosiy testlar o‘tkazib kelayotgan PhoneBuff kanali yilning eng shov-shuvli flagmanlari tezkorligini o‘zaro taqqoslab ko‘rdi va videosini e’lon qildi.

OnePlus 8 Pro'ning ichini ochib ko‘rishdi (+video)

OnePlus'ning yangi mahsuloti nafaqat tashqi, balki ichki tomondan ham a’lo darajada ishlangan ekan.

OnePlus 8 hamda 8 Pro taqdim etildi: o‘zaro jiddiy farqlanuvchi flagmanlar!

«Aslo qotmas» shioriga mos smartfonlari bilan tanilgan xitoylik kompaniya o‘zining sakkizinchi avlod modellarini namoyish qildi. Lekin bu narxlari bilan ularni endi «flagmanlar kushandasi» deb bo‘lmaydi.

Xitoyliklar naq 13 yo‘nalishda rekordchi flagmanni rasmiy videoda ko‘rsatishdi

Kompaniya bayonotiga ko‘ra, yangi smartfonlar korpuslarida sath yuzasi va ranglarning eng maqbul uyg‘unligiga erishish uchun bu borada «son-sanoqsiz» tajribalar o‘tkazib ko‘rishgan.

Biryo‘la 13 ta yo‘nalishda rekordchi yangi smartfonni bilasizmi?

DisplayMate laboratoriyasi mutaxassislari bu flagman ekraniga maksimal ball qo‘yib, uni eng zo‘r displeyga ega smartfon, deya e’tirof etishgandi. Kompaniya rahbari esa rekordlar soni 13 ta ekanini aytgan.

OnePlus 8 Pro birinchi rasmiy suratlarda

Yashil rangdagi qurilmaning asosiy jihati unda IP68'ning borligidir.

Zo‘r imkoniyat: OnePlus flagmanini tekinga qo‘lga kiriting!

Smartfonsoz mijozlar va mobil qurilmalarga qiziquvchilarga taqdimotdan oldin o‘zining yangi flagmanlarini sinov tariqasida foydalanishga bermoqchi.

OnePlus 8'lar muddatidan avvalroq taqdim etiladi

OnePlus 8'lar muddatidan avvalroq taqdim etiladi

Xitoyliklar allaqachon ekrani barcha Galaxy S20’lardan kuchli smartfon tayyorlashdi! (+«jonli» surat)

Kadr yangilanish chastotasi soniyasiga 120 tani tashkil etganida ham uning displeyi WQHD+ formatida tasvir uzataveradi. Galaxy S20 kabi, tasvir aniqligini 1080r ko‘rsatkichigacha tushirish talab etilmaydi.

OnePlus 8 Pro haqida mish-mishlar yomg‘iri yog‘a boshladi

OnePlus 8 Pro'da tugmalar joylashuvi, USB-C va SIM karta uchun uya OnePlus 8 bilan bir xil, ammo smartfon OnePlus 8'dan 0.8 mmga qalinroq. Faqat bu emas, Pro variantga 6.65“, ya’ni 0.15 ga kengroq ekran o‘rnatilgan bo‘ladi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш