Google video, o‘yin va kitoblarni bitta servisga jamladi

Pandemiya ta’sirida planshetlarga talab ham ortdi; Google bu bozorni qo‘llab-quvvatlash uchun videolar, o‘yinlar hamda kitoblarni o‘zida birlashtiruvchi yangi – Entertainment Space servisini taqdim etdi.

Ishsizlar uchun «Mening ishim» onlayn platformasi yo‘lga qo‘yiladi

Prezident qaroriga ko‘ra vaqtincha, mavsumiy va bir martalik ishlarda band bo‘lgan fuqarolarning mehnat faoliyatini samarali tashkil etish bo‘yicha yangi tizim yaratiladi.

Telegram’da bepul, anonim va cheksiz fayl saqlagich paydo bo‘ldi

Uploadgram servisini ishlatganda fayllar Telegram serverlariga yuklanadi. Bunda fayl egasi keyin uni qayta nomlashi va o‘chirib tashlashi, boshqalar esa faylni yuklab olishlari mumkin.

Yagona portalda yangi xizmat: Pochta jo‘natmangiz holatini onlayn kuzating! (+videoqo‘llanma)

Tekshiruv qatoriga maxsus raqamni kiritib, «Qidirish» tugmasini bosasiz. O‘sha ondayoq ekranda jo‘natmangiz holati to‘g‘risidagi eng so‘nggi ma’lumotlar avtomat tarzida namoyon bo‘ladi.

Yerdagi milliard yillik evolyusiyani ko‘rsatuvchi qisqa videoni tomosha qiling!

Videolavha mualliflarining fikricha, ularning mazkur ishi Yer sayyorasining kelajakdagi tektonik holatini prognozlashda qo‘l keladi.

Bu operator abonentlari endi uydan chiqmasdan VISA kartasini ochishlari mumkin!

Yangi xizmat abonentlarga uydan chiqmagan holda VISA virtual kartasini ochish orqali bank xizmatidan foydalanish imkonini beradi.

Google sayyoramiz 37 yil ichida qanday o‘zgarganini ko‘rsatdi (video)

«Umid qilamizki, sayyoramizning bunday ko‘rinishi muhim munozaralarni boshlaydi, yangi kashfiyotlarga hissa qo‘shadi va ba’zi global muammolar haqida odamlarning fikrlarini o‘zgartiradi», deb yozadi Google.

«Kechiringlar»: Deputat onlayn yig‘ilishda yalang‘och holda «qatnashdi»

«Jamoalar palatasidagi hamkasblarimdan chin dildan uzr so‘rayman. Yugurishdan keyin ish kostyumimni almashtirayotganimda videotranslyasiya tasodifan yoqildi. Bu boshqa takrorlanmaydi», – deb yozgan keyin deputat.

Elektron hukumat bo‘yicha siz izlagan savollarga javoblar

Texnika-texnologiya va axborot asrida Elektron hukumat atamasiga ko‘p duch kelyapmiz. Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi u bilan bog‘liq eng ko‘p beriladigan savollarga qisqa javoblarni bergan.

O‘zbekiston davlat sektoriga Zoom o‘z xizmatlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotadi. Avvalroq kompaniya buni taqiqlagandi

«Biz mazkur hududlardagi videokonferensaloqa xizmati bozoridagi yondashuvimizni rivojlantirish bosqichidamiz», — deyiladi Zoom bayonotida.

Uch kun davomida ma’muriy jarimalarni onlayn to‘lab bo‘lmaydi

Bu to‘g‘rida Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi ma’lum qilgan.

Barcha MDH mamlakatlarida Zoom videoaloqasidan foydalanish cheklandi!

«Endi biz keyingi harakatlarning tafsilotlarini aniqlaymiz, men kompaniyaning davlat sektori uchun alohida mahsulot ishlab chiqarishini istisno qilmayman», – degan kompaniya vakili.

Yagona portal: 2021 yili ishga tushadigan 60 ta yangi xizmat tasdiqlandi

Pandemiya sharoitida talabgir xizmatlarning onlayn shaklda, qulay tarzda taqdim etilishi aholiga nafaqat yengillik beradi, balki idorama-idora yurib, kasallikka chalinish ehtimolining ham oldini oladi.

Imtiyozli kredit olishingiz uchun maxsus sayt ishga tushdi!

Imtiyozli kredit olish uchun 2021 yil 1 apreldan mazkur platforma orqali arizalarni qabul qilish boshlangan.

Davlat xizmatlaridan elektron foydalanish uchun lo‘nda qo‘llanma

Endi fuqarolar idoralar, korxona va tashkilotlararo sarson bo‘lmay, uy yoki ishxonasidan turib ham elektron davlat xizmatlaridan foydalanishlari mumkin. Xo‘sh, bu qanday amalga oshiriladi?

Endi elektron hukumat xizmatlari telefoningizda! (+video)

Mobil ilovani yo‘lga qo‘yishdan maqsad – aholimizning elektron hukumat xizmatlarini qog‘ozli hujjatlardan foydalanmay va davlat idoralariga tashrif buyurmay tezkor va onlayn olishini ta’minlashdir.

Doimiy yoki vaqtinchalik propiska haqidagi ma’lumotni onlayn usulda oling! (videoqo‘llanma)

Yaqindagina biz nomingizda uy-joy bor-yo‘qligi haqida ma’lumotnomani onlayn usulda oson olish videoqo‘llanmasini ham ulashganmiz.

Siz kutgan xizmat Yagona portalga qaytdi!

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali «Ipoteka kreditiga Davlat subsidiyasini olishga ariza berish» xizmati yana yoqildi. Ushbu xizmat bepul taqdim etilmoqda.

Nomingizda uy-joy bor-yo‘qligi haqida ma’lumotnomani onlayn usulda oson oling! (videoqo‘llanma)

Ayrim hujjat bilan bog‘liq xizmatlarda nomingizda uy-joy bor-yo‘qligi to‘g‘risida ma’lumotnoma so‘raladi. Endi bu xizmatni va mulk bilan bog‘liq boshqa ma’lumotlarni ham my.gov.uz portalidan topish mumkin.

O‘zbekiston bozoriga Spotify kirib kelmoqda

Spotify musiqa servisi 80 dan ortiq yangi bozorlarda, shu jumladan, O‘zbekistonda ham kengayishi haqidagi rejalarini e’lon qildi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш