Microsoft ta’lim uchun ixtisoslashgan Windows 11 SE tizimini taqdim etdi

Bu Windows 11’ning yengil versiyasi bo‘lib, arzon noutbuklar uchun mo‘ljallangan.

MIUI 13 qachon taqdim etilishi ma’lum bo‘ldi

Mish-mishlarga ko‘ra, MIUI 13 yangilangan foydalanuvchi interfeysiga ega bo‘ladi hamda smartfonlarning akkumulyator avtonomligini yaxshilaydi.

Siz ham Windows 11 interfeysini hoziroq sinab ko‘ra olasiz – uni o‘rnatish shartmas!

Kompyuteringiz talablarga mos kelmasa ham, Windows 11’ni allaqachon ishlatib ko‘rishingiz mumkin. Buning uchun internetga ulanish imkoni hamda oddiygina brauzer bo‘lsa bas – bular esa hozirda muammo emas.

Windows 11 tizimiga klassik «Pusk» menyusini qaytaramiz

Windows 11 talqinida «Pusk» menyusi butkul qayta ishlangan: u ancha minimalistik ko‘rinish kasb etgan. Ammo hozirgacha Windows 7’dagi kabi «Pusk» ishlatuvchilar uchun u juda odmi, noqulay va foydasiz ko‘rinadi.

MIUI 13 proshivkasini birinchi to‘lqinda mana shu 12 xil Xiaomi va Redmi smartfonlari oladi

Mazkur gadjetlarga keladigan MIUI 13 grafik qobig‘i smartfon modeliga bog‘liq holda Android 11 yoki Android 12 operatsion tizimi asosida ishlangan bo‘ladi.

Rasmiy ro‘yxat: 2021 yil avgustgacha HarmonyOS proshivkasini olgan 65 xil Huawei hamda Honor smartfon va planshetlari

Agarda hozir test qilinayotgan proshivka versiyalarini ham qo‘shib hisoblasak, u holda HarmonyOS apdeytlarini saksondan oshiq mobil qurilmalar egalari ishlatishmoqda.

Huawei kompaniyasi 30 dan oshiq modellardagi eski smartfonlar xotirasini kengaytira boshladi

Bunda, birinchi navbatda, smartfonning xotirasida Harmony OS operatsion tizimi uchun joy ochish ko‘zda tutilgan.

Windows 11 birinchi ommaviy beta-versiyada taqdim etildi (+havola)

Agarda bungacha siz Windows 11 Dev preview versiyasini o‘rnatib olgan bo‘lsangiz, Beta-talqinga o‘tish juda oson kechadi – kompyuteringizni bittagina o‘chirib-yoqish kifoya.

Windows 11 Pro hamda Windows 11 Home orasida qanday farqlar bor?

Microsoft korporatsiyasi Windows 11 operatsion tizimini 24 iyun kuni taqdim etgan bo‘lib, uni ikki xil versiyada tarqatadi. XDA Developers mutaxassislari ushbu talqinlar orasidagi farqlarni e’lon qilishdi.

Samsung birinchi galda Android 12’ga o‘tuvchi smartfonlarini rasman aytdi

Bu haqda rasmiy forumda e’lon qilgan kompaniya vakilining ta’kidlashicha, mazkur apdeyt yangi avlod – Samsung One UI 4.0 foydalanuvchi interfeysini ham o‘z ichiga oladi.

iOS’dan ma’lumotlarni Andriod’ga o‘tkazish osonlashadi

Google muhim ma’lumotlarni va sozlamalarni iPhone’dan Android-smartfonga osongina uzatadigan dastur ishlab chiqdi. Unda hattoki dasturlarni ham o‘tkazish mumkin bo‘ladi.

Windows 11’ga o‘tib ulgurmadingizmi? Microsoft esa allaqachon Windows 12’ni sinab ko‘ryapti! (+skrinshot)

Internetda Windows 12 versiyasida ishlayotgan kompyuter ekranidan olingan ilk skrinshot tarqaldi. Bu – faqatgina Microsoft ichida test qilib ko‘rish uchun chiqarilgan Windows 12 Build 12.0.30000 jamlanmasidir.

Google allaqachon Android 13’ning «shirin» nomini fosh etdi (+barchasining ro‘yxati)

Android 12 barqaror versiyasi oddiy foydalanuvchilarga hali tarqatilganicha yo‘q. Google esa allaqachon «yashil robotchali» mobil operatsion tizimning 2022 yilda taqdim etiladigan versiyasi ustida ishlamoqda.

MIUI 13 taqdimoti tezlashdi: ilk beta-testi 7–16 iyul kunlari o‘tkazilmoqda!

Bu grafik qobiq kompyuterlar, planshetlar va televizorlar bilan birga ishlashni qo‘llab-quvvatlaydi. Dinamik effektlar va aks etish effektlari MIUI 12 talqinidagidan ko‘ra silliqroq va yorqinroq bo‘ladi.

Windows 11’ga bepul o‘ta olasiz, ammo vaqti cheklangan!

Microsoft korporatsiyasi oldingi avlod Windows foydalanuvchilari yangisiga bepul o‘tishlari mumkin bo‘lishini e’lon qilgan edi. Lekin, endi ma’lum bo‘lishicha, mazkur imkoniyat vaqt bo‘yicha cheklanar ekan.

Android 12 tizimiga yangilanuvchi va undan mahrum Xiaomi, Redmi, POCO hamda Black Shark smartfonlari beshta ro‘yxatda

Insayderlarning ta’kidlashlaricha, mazkur ro‘yxatlar kompaniyaning ichki manbalaridan hamda MIUI rasmiy forumidan olingan ma’lumotlar asosida tuzilgan.

Windows 11 tizimini qo‘llab-quvvatlovchi Intel, AMD va Qualcomm protsessorlari ro‘yxati

Kompyuter yoki noutbukingizga Windows 11 o‘rnatish uchun qo‘yiladigan talablar ro‘yxatini chiqarganmiz. Endi esa shu talabga javob berishi aniq bo‘lgan Intel, AMD va Qualcomm protsessorlari ham ma’lum bo‘ldi.

Nokia brendining Android’siz flagmanlari: 6000 mAs batareya va 200 MPlik kamera!

Nokia X60 hamda Nokia X60 Pro modellari beshinchi avlod uyali aloqa tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlaydi. Chetlari qayrilma displeylari esa ularga zamonaviy ko‘rkamlik baxsh etadi.

Windows 11 olti yillik... smartfonda ham ishlayapti! («jonli» video)

Windows 11 o‘rnatish uchun kompyuterga qo‘yiladigan talablar ro‘yxati chiqqan. Microsoft’ning bu injiqligiga qaramasdan, havaskorlar allaqachon mazkur operatsion tizimni hattoki smartfonga ham o‘rnata olishdi!

MIUI 13 smartfonning tezkor xotirasini kengaytira oladi! (+video va skrinshotlar)

Xiaomi hozir Android 12 tizim talqini bazasidagi ushbu yangilanishning ichki testlarini o‘tkazmoqda – yaqindagina ushbu tizimda ishlayotgan ilk Xiaomi smartfoni ommabop GeekBench benchmarkida «qo‘lga tushgan».

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш