7 iyuldan chiqayotgan PUBG yangi xaritasida sizni nimalar kutmoqda? (+video)

Ushbu apdeyt bilan o‘yinga «8 ga 8» o‘lchamidagi, Taego nomli yangi xarita qo‘shiladi. Geymerlarni unda biryo‘la bir nechta betakror mexanikalar kutmoqda – hatto «o‘lgan»lar ham o‘yinga qaytishlari mumkin!

PS4 hamda PS5 egalari eng ko‘p yuklab olayotgan o‘yinlar ikkita reytingda

Sony’ning o‘zi to‘rtinchi va beshinchi avlod konsollari egalari eng ko‘p yuklab olayotgan o‘yinlar ro‘yxatlarini e’lon qildi.

Eng ommabop o‘yin konsoli – birorta PlayStation ham, Xbox ham emas... Unda qaysi biri?

Ampere Analysis tahlil kompaniyasi joriy yilning birinchi choragi holatiga ko‘ra eng xaridorgir o‘yin pristavkalari haqida ma’lumot berdi.

PlayStation 5 uchun eng zo‘r o‘nta o‘yin (Engadget reytingi)

PS 5 uchun eksklyuziv loyihalardan tashqari, PS 4 modellariga chiqqan o‘yinlar ham ro‘yxatga kirgan. Astro’s Playroom o‘yinini esa Sony DualSense kontrolleri bilan tanishishning eng yaxshi usuli, deyishgan.

PlayStation’dagi bu eksklyuziv 138 ta o‘yin PS Store’dan yo‘qoladi, olib qo‘yishga ulguring! (to‘liq ro‘yxat)

Sony shu yozda uchta rusumdagi PlayStation o‘yin konsollari uchun PlayStation Store’ni rasman yopadi. Lekin shungacha sotib olgan geymerlar ularni o‘z o‘yin kutubxonalaridan qayta yuklab olishlari mumkin bo‘ladi.

Hitman 3 o‘yinini kompyuter va pristavkalarga 6 aprelgacha bepul olib qo‘yishga ulguring!

Geymerlar bepul Starter Pack to‘plamini 6 aprelgacha yuklab olishlari mumkin – uning tarkibiga o‘yinning uchala mavsumidagi bir nechta bosqich kiritilgan.

PlayStation egalariga Sony o‘ndan oshiq o‘yinni teppa-tekinga tarqatyapti!

17 martda Play at Home dasturining ikkinchi bosqichi boshlandi, uning doirasida o‘yinlarni tekinga olish uchun PlayStation Plus obunachisi bo‘lish ham shart emas.

Xit o‘yinni PlayStation yoki kompyuterga 22 fevralgacha olib qo‘yib, bir umr bepul o‘ynang!

PlayStation 4 yoki PlayStation 5 konsollariga ham, Steam orqali kompyuterlarga ham bu o‘yinni 22 fevralgacha bepul olish mumkin, keyin esa uni bir umr tekinga o‘ynayverasiz.

2021 yil davomida Xbox pristavkalari uchun chiqadigan 31 ta eksklyuziv o‘yin

Xbox matbuot xizmati joriy yilda faqat ushbu platforma uchun taqdim etiladigan o‘yinlarni e’lon qildi. Qarang-chi, ular orasida sizga sevimlilari ham bormikan?

2020 yilda PlayStation 4 va PlayStation 5’larga eng ko‘p yuklangan o‘yinlar

Sony kompaniyasi rus tilidagi PlayStation blogida o‘tgan yilgi o‘yinlar reytinglarini e’lon qildi. Unda PS4 hamda PS5 konsollariga eng ko‘p yuklab olingan o‘yinlar alohida-alohida ko‘rsatilgan.

Golden Joystick 2020: O‘yinlar olamida naq 25 ta nominatsiya bo‘yicha eng zo‘rlari

Xo‘sh, siz bularning qaysilarini o‘ynab turasiz?

PlayStation 4 egalariga xushxabar: endi PlayStation 5’ga havas qilmay qo‘yaverasiz!

Faqat yangi avlod pristavkasi uchungina chiqarilgan o‘yinlarni ham endi PS4 orqali o‘ynash mumkin bo‘ladi!

Xbox Series X hamda Series S pristavkalarining rasmiy va to‘liq videotavsifi!

Rolikda rus tilidagi subtitrlar mavjudligi bois, inglizchani yaxshi bilmaydigan muxlislarimiz ham uni tomosha qilib tushunishlari mumkin.

PlayStation 5’ga tushmaydigan PS 4 o‘yinlarini Sony rasman e’lon qildi

Shunga qaramasdan, PlayStation 4 kutubxonasida to‘rt mingtadan ortiq o‘yin mavjud va ushbu ro‘yxatga kirmaganlarini yangi avlod konsolida ham o‘ynash mumkin, deydi yapon kompaniyasi.

PlayStation 5 haqida bilishingiz kerak bo‘lgan 23 fakt (Sony rasmiy videosi)

Sony yaqinda PlayStation 5 va uning «raqamli versiyasi» – PlayStation 5 Digital Edition narxlarini e’lon qilgan. U endi rasmiy YouTube-kanalida bu konsol haqidagi 23 faktni ko‘rsatuvchi lavhani ulashdi.

Sony rasman PlayStation 5 chiqish vaqti, narxi va eksklyuziv o‘yinlarini e’lon qildi!

PlayStation 5 bilan bir qatorda, bir nechta «konsol eksklyuzivlari», ya’ni dastlab faqat yangi qurilmaning xaridorlari uchun mavjud bo‘lgan o‘yinlar chiqariladi.

Arzon o‘yin konsoli – Xbox Series S namoyish etildi (+video)

Bu – Microsoft tarixidagi eng arzon va eng ixcham o‘yin pristavkasi bo‘lib, WalkingCat nikli insayder allaqachon uning Xbox Series X bilan taqqoslab ko‘rsatilgan videosini chiqardi.

Shvarseneggerning yoshligi ijrosidagi Predator: Hunting Grounds jangovar o‘yinini 30 avgustgacha bepul o‘ynang!

Hozirgi qiyofasidagi «Temir Arni» obrazi bu o‘yinga may oyidanoq qo‘shilgan edi. Yangi qo‘shilgan Datch esa Shvarseneggerning ayni kuchga to‘lgan yoshlik davridan olingan.

PlayStation 5 hamda aksessuarlarining barcha bozorlarga chiqish sanalari va narxlari e’lon qilindi

Pristavka uchun eng qimmat aksessuar Pulse 3D simsiz garniturasi bo‘lib, Yevropada uning narxi AQShdagidan ham balandroq. Lekin tikka podstavkani Yevropadagi geymerlar arzonroq olishlari mumkin bo‘ladi.

PlayStation 5 sirini raqobatchi – Xbox rahbari fosh etdi

Xbox Series X hamda PlayStation 5 konsollarining xususiyatlarini Microsoft Xbox loyihasi rahbari Fil Spenser (Phil Spencer) e’lon qildi. U raqib pristavkalari nega buncha katta bo‘lganini ham izohlagan.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш