Apple utillashtirishga berilgan o‘n minglab gadjetlar o‘g‘rincha sotilgan!

GEEP Canada’ga utillashtirishga berilgan 530 mingdan ko‘proq iPhone, 25 mingta iPad va 19,2 mingta Apple Watch’ning 18 foizi keyin aloqa operatorlari tarmoqlarida faol bo‘lgani aniqlangan.

Korpusi kuchli himoyalangan Galaxy Tab Active 3 plansheti taqdim qilindi

Galaxy Tab Active 3 korpusi MIL-STD-810H harbiy standartiga ko‘ra zarbadan muhofaza etilgan. Yana u IP68 standartidagi himoyaga ham ega, ya’ni 1,5 metrgacha suv tubida yarim soatgacha «jon saqlay» oladi.

iOS 14 hamda iPadOS 14 yakuniy versiyada chiqdi: ularga yangilanuvchi iPhone va iPad‘lar ro‘yxatlari

Agar yangilanish mavjudligi haqida bildirishnoma kelmasa, o‘zingiz tekshirib tursangiz ham bo‘ladi. Buning uchun uning asosiy sozlamalaridagi dasturiy ta’minot yangilanishi bo‘limiga kirasiz.

Eng arzon iPad 8 chiqdi: kuchli protsessor, USB-C porti...

Yangi planshetni biryo‘la yangi – iPad OS 14 operatsion tizimi bilan chiqarishgan. Unda diagonaliga 10,2 dyuymlik Retina displey hamda an’anaviy dizaynni qo‘llashgan.

15 sentyabr kuni Apple nimalarni ko‘rsatyapti, nimalarni – yo‘q?

Yangi ayfonlarning bu tadbirda taqdim etilmasligi – muxlislar uchun noxush holat bo‘lsa-da, Apple’ning o‘zi uchun bunaqa emas. Xo‘sh, kompaniyaning yangi mahsulotlari ro‘yxatiga nazar solamizmi?

Smartfonlarni UZIMEI tizimida noqonuniy ro‘yxatdan o‘tkazib kelgan jinoiy guruh fosh etildi!

Fuqaro B.M.ning telefoni xotirasida 200 ga yaqin O‘zbekiston fuqarolari pasport rasmlari borligi, ularni jinoiy sherigi O.A.ga yetkazib berib, har bir pasportga 5 dollardan haq olganligi ma’lum bo‘ldi.

Ushbu 38 ta rusumdagi Samsung smartfon va planshetlari naq Android 13’gacha yangilanadi!

Galaxy Note 20 hamda Galaxy Note 20 Ultra smartfonlari taqdimotida kompaniya, o‘zining flagman modellarini uch yilgacha yirik Android apdeytlari bilan ta’minlay boshlashini aytgan edi.

iPhone 12 taqdimoti baribir kechikadi – ishonchli insayder aniq sanalarini aytdi

O‘n ikkinchi avlod ayfonlardan tashqari, yangi avlod Apple Watch hamda iPad’larning ham sotuvga chiqish kunlari allaqachon ma’lum bo‘lgan.

Samsung ichni qizdira boshladi: Galaxy Unpacked’ning ilk treylerini ko‘ramiz!

E’lon qilingan videoda ta’kidlanishicha, bu – Samsung Galaxy Unpacked marosimining birinchi treyleridir; demak, keyin boshqalari ham chiqadi.

iPhone 12 va boshqa barcha Apple gadjetlarining taqdimot sanalari fosh bo‘ldi!

iHacktu Pro nikli insayder kupertinolik korporatsiyaning bu yil kuzga mo‘ljallagan ikkita taqdimotining sanasini e’lon qildi.

Butun dunyodagi iPhone va iPad’larda ilovalar ishlamay qoldi

Taxminlarga ko‘ra, muammo dasturni Facebook bilan birlashtiradigan Facebook SDK tufayli yuzaga kelgan. Masalan, foydalanuvchi ilovaga ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali kirishlari mumkin.

Apple nazdida iPhone, iPad, Mac hamda AppleTV uchun eng zo‘r o‘yin va ilovalar

Kupertinolik kompaniya Apple Design Awards 2020 tanlovi g‘oliblarini e’lon qildi. Mazkur tanlov doirasida korporatsiya o‘zining turli platformalari uchun eng mos keluvchi dasturlarni aniqlab kelmoqda.

Android 11’gacha yangilanuvchi 60 ga yaqin Samsung smartfonlari va planshetlari bitta ro‘yxatda!

Endi esa Samsung‘ning bu boradagi rasmiy xabarini va apdeyt kelishining aniq vaqtlarini kutish qoldi, xolos.

Android-smartfonni tezlashtirish va tozalash uchun «.thumbnails» jildini o‘chiramiz (+video)

Ushbu jildning ichidagi barcha fayllarni yoki hatto shu papkaning o‘zini ham bemalol o‘chirish mumkin, bundan tizimga yoki suratlaringizga hech bir zarar yetmaydi.

To‘rt yil avvalgi smartfon barcha iPhone va iPad’lardan ustun keldi! (AnTuTu reytingi, 2020 yil may)

AnTuTu benchmarki turli qurilmalardan egalarining rozilik, qoniqqanlik darajasi bo‘yicha ham reytinglar e’lon qilib keladi. Ularning navbatdagisi Apple smartfonlari va planshetlariga bag‘ishlangan.

YPX inspektorlariga planshetlar berilib, bayonnomalar ham elektron shaklga o‘tadi

Vazirlar Mahkamasi qaroriga asosan, YPX inspektorlari qoidabuzarliklar sodir etayotgan yo‘l harakati ishtirokchilariga nisbatan elektron tarzda bayonnoma rasmiylashtirish tartibi joriy etilmoqda.

Karantin sharoitida eng xavfli gadjetlar qaysilari? (+foydali mashqlar)

Uyda o‘tirish sharoitida ko‘zlarimizga avvalgidan ko‘ra ko‘proq yuklama tushishi aniq va bunda ayrim devayslarning «hissa»si boshqalarinikidan ko‘ra ko‘proq. Bu borada mutaxassis maslahatlari bilan tanishing.

Huawei’dan yangi hamyonboplar: Nova 7 turkumida uchta 5G-smartfon va MatePad plansheti (+videolar)

Nova 7 smartfonlari uchun Xitoyda allaqachon oldindan buyurtma olishyapti, ochiq savdoga esa 28 apreldan chiqadi. Ular Google servislaridan mahrum bo‘lsa-da, arzon va 5G tarmog‘ini qo‘llaydi.

«Matnli bomba»: ayfon va aypadlarni bittagina SMS bilan buzish mumkin!

Xabarni istalgan messenjer yo tarmoq, SMS-xabar orqali yuborib, birovning ayfoni yoki aypadini buzsa bo‘ladi: u o‘chib qolishi yoki bir marta o‘chib-yonishi mumkin, ba’zi hollarda esa so‘ngsiz o‘chib-yonaveradi.

Samsung hamyonbop va «beli baquvvat» Galaxy Tab A 8.4 planshetini chiqardi

Galaxy Tab A 8.4 ikkita kamera bilan ta’minlangan – 8 megapiksellik asosiy va 5 megapiksellik old kameralar. Unda SIM-karta uyachasi ham mavjud – 4G standartini qo‘llab-quvvatlaydi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш