PS4 hamda PS5 egalari eng ko‘p yuklab olayotgan o‘yinlar ikkita reytingda

Sony’ning o‘zi to‘rtinchi va beshinchi avlod konsollari egalari eng ko‘p yuklab olayotgan o‘yinlar ro‘yxatlarini e’lon qildi.

PlayStation egalariga Sony o‘ndan oshiq o‘yinni teppa-tekinga tarqatyapti!

17 martda Play at Home dasturining ikkinchi bosqichi boshlandi, uning doirasida o‘yinlarni tekinga olish uchun PlayStation Plus obunachisi bo‘lish ham shart emas.

Xit o‘yinni PlayStation yoki kompyuterga 22 fevralgacha olib qo‘yib, bir umr bepul o‘ynang!

PlayStation 4 yoki PlayStation 5 konsollariga ham, Steam orqali kompyuterlarga ham bu o‘yinni 22 fevralgacha bepul olish mumkin, keyin esa uni bir umr tekinga o‘ynayverasiz.

2020 yilda PlayStation 4 va PlayStation 5’larga eng ko‘p yuklangan o‘yinlar

Sony kompaniyasi rus tilidagi PlayStation blogida o‘tgan yilgi o‘yinlar reytinglarini e’lon qildi. Unda PS4 hamda PS5 konsollariga eng ko‘p yuklab olingan o‘yinlar alohida-alohida ko‘rsatilgan.

PlayStation 4 egalariga xushxabar: endi PlayStation 5’ga havas qilmay qo‘yaverasiz!

Faqat yangi avlod pristavkasi uchungina chiqarilgan o‘yinlarni ham endi PS4 orqali o‘ynash mumkin bo‘ladi!

PlayStation 5’ga tushmaydigan PS 4 o‘yinlarini Sony rasman e’lon qildi

Shunga qaramasdan, PlayStation 4 kutubxonasida to‘rt mingtadan ortiq o‘yin mavjud va ushbu ro‘yxatga kirmaganlarini yangi avlod konsolida ham o‘ynash mumkin, deydi yapon kompaniyasi.

PlayStation 5 haqida bilishingiz kerak bo‘lgan 23 fakt (Sony rasmiy videosi)

Sony yaqinda PlayStation 5 va uning «raqamli versiyasi» – PlayStation 5 Digital Edition narxlarini e’lon qilgan. U endi rasmiy YouTube-kanalida bu konsol haqidagi 23 faktni ko‘rsatuvchi lavhani ulashdi.

Yangi jangovar o‘yinni taqdimotidan ham avval o‘ynab ko‘rishga ulguring! (+video)

O‘yinning alfa-testi 18 sentyabr kuni, Toshkent vaqti bilan soat 22:00 da boshlanib, 20 sentyabr soat 22:00 gacha davom etadi. Lekin o‘yinning o‘zini bugun soat 20:00 danoq yuklab olish mumkin bo‘ladi.

Shvarseneggerning yoshligi ijrosidagi Predator: Hunting Grounds jangovar o‘yinini 30 avgustgacha bepul o‘ynang!

Hozirgi qiyofasidagi «Temir Arni» obrazi bu o‘yinga may oyidanoq qo‘shilgan edi. Yangi qo‘shilgan Datch esa Shvarseneggerning ayni kuchga to‘lgan yoshlik davridan olingan.

PlayStation 4 uchun «Qasoskorlar» xaridorlariga sovg‘a bor!

PS5 pristavkasiga mo‘ljallangan «Qasoskorlar»da tasvir aniqligi yuqori darajada, soyalantirish va filtrlash yaxshilangan. Bundan tashqari, uni ikki xil rejimda o‘ynash mumkin bo‘ladi.

Hitman’ning birinchi mavsumini bepul va butunlay olib qo‘yishga shoshiling! (+video)

IO Interactive bu aksiyani rasman e’lon qilmagan ham, uning qancha muddat davom etishiyam noma’lum. Ya’ni, o‘yinni olib qo‘yishga shoshilmasangiz bo‘lmaydi.

Poygachi, qotil va sportchi: ommabop va pulli uchta o‘yinni bepul o‘ynashga ulguring! (+video)

Kompyuter o‘yinlari va dasturlari onlayn servisi – Steam hamda Ubisoft kompaniyasi ham ushbu haftaning dam olish kunlari uchta o‘yinni vaqtincha bepul o‘ynash imkonini taqdim etmoqda.

Ommabop o‘yinni PS4, Xbox One va kompyuterlarda bepul o‘ynashga ulguring!

Siz ham Assassin's Creed Odyssey bilan Qadimgi Yunoniston yurtiga jangga otlanishingiz mumkin, buning uchun to‘lov yoki registratsiya ham talab etilmaydi.

PlayStation orqali narkotiklar savdosini tashkil etgan geymer qo‘lga olindi

Giyohfurush PlayStation ovozli chati orqali potensial mijozlar bilan gaplashar va shaxsan uchrashib oldi-sotdi qilar ekan. Noqonuniy faoliyatini u «o‘yinni muhokama qilish» niqobi ostida olib borgan.

Sony’ning saxiyligi tutdi: PS4 o‘yinlari endi barcha smartfonlarda!

PS4 Remote Play ilovasi faqat Sony smartfon va planshetlarida, shuningdek, iPhone’larda ishlar edi. Endi dastur Android 5.0 va undan yuqori talqinlardagi barcha smartfonlarga chiqarilyapti.

Mashhur pulli o‘yinni ikki xil konsolda o‘ynash vaqtincha bepul bo‘lyapti! (+video)

NetherRealm studiyasi auditoriyani kengaytirish maqsadida Mortal Kombat 11 faytingiga bepul eshik ochib bermoqda. Kelasi hafta so‘ngida, aniqrog‘i 11–14 oktyabr kunlari uni tekinga o‘ynash mumkin bo‘ladi.

Geymerlarning sevimli qurilmasi: PlayStation 4 tavsifi bilan tanishing!

Konsol haqida qisqacha tavsif va baho

PlayStation 4 savdosi 100 milliondan oshib, hali taqdim etilmagan PlayStation 5 ham sotuvga chiqdi!

Sony kompaniyasi kuni kecha e’lon qilgan hisobotga ko‘ra, joriy yilning ikkinchi choragida u 3,2 million donadan oshiq PlayStation 4 o‘yin pristavkalarini sotgan.

PlayStation 5 qachon PS4’ni «o‘ldirishi»ni Sony o‘zi ma’lum qildi

Sony kompaniyasi rahbariyati kuni kecha investorlar oldida chiqish qilganida, PS4’larning taqdiriga daxldor rejasini ham oshkor etdi.

«Jonli» video: PlayStation 5 ishlash tezligini Sony hozirgi konsoli bilan solishtirib ko‘rsatdi!

O‘rgimchak-odam haqidagi yangi o‘yinning PlayStation 5 pristavkasida yuklanishi bir soniyadan ham kamroq vaqt olgan! PlayStation 4 Pro modelida esa u 8 soniyadan oshiqroq vaqt oladi – naq 10 karralik farq bor!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш