AnTuTu yangi reytingda har kimning joyini ko‘rsatib berdi (2020 yil may)

Ushbu reytingda Qualcomm, Samsung, Huawei HiSilicon hamda MediaTek kabi chipsozlarning ayni paytdagi smartfonlarda qo‘llanayotgan protsessorlari qatnashgan.

MediaTek Dimensity 820 namoyish etildi, bu chipli ilk smartfon – Redmi 10X ham rasman e’lon qilindi!

Redmi 10X 5G modelidan tashqari, 26 maydagi tadbirda yana uning MediaTek Helio G70 protsessorli 4G-versiyasini, shuningdek, yanada ilg‘or Redmi 10X Pro smartfonini ham namoyish qilishlari mumkin.

Ikkita benchmark kelisha olmayapti: qaysi protsessor «eng sun’iy ongli»?

Samaradorlik bo‘yicha yetakchi Android-protsessor – Qualcomm Snapdragon 865 sun’iy ong imkoniyatlari bo‘yicha bitta reytingda atigi yettinchi o‘rindan joy olgan!

«Ikki karra 5G»da ishlovchi ilk flagman taqdimotdan avval sotilyapti!

Dimensity 1000 Plus bir vaqtning o‘zida 5G tarmog‘ida ishlovchi ikkita SIM-kartani qo‘llab-quvvatlaydi. Hozircha eng kuchli chipsoz – Qualcomm ham, Samsung yoki Huawei ham bunaqa mobil protsessor yaratgan emas.

«Qualcomm, nariroq suril!» – Samsung ham arzon 5G-smartfonlar uchun protsessor tayyorlayapti

Exynos 880 5G natijalari Snapdragon 765G ko‘rsatkichlariga juda yaqin; demak, yangi chipset aynan shu protsessor raqibidir. Uning bazasidagi smartfonlar Qualcomm chipli modellardan arzon bo‘lishi kutilmoqda.

Redmi dunyodagi eng arzon 5G-flagmanni yap-yangi protsessorli «ekstremal» versiyada chiqardi

Redmi K30 5G Extreme Edition deb atalgan ushbu model Qualcomm endigina namoyish etgan Snapdragon 768G protsessorli ilk smartfondir.

TOP-10: Eng kuchli hamyonbop smartfonlar (AnTuTu reytingi, 2020 yil aprel)

AnTuTu reytingini asta-sekin 5G-smartfonlar zabt etib boryapti: faqatgina so‘nggi uchta o‘rinda 4G-smartfon turibdi. Qualcomm protsessorlariga asoslangan smartfonlar bu gal kuchli uchlikka kira olmagan.

Kelajak flagmanlarining protsessori – Qualcomm Snapdragon 875 haqida ilk ma’lumotlar chiqdi!

Amerikalik chipsoz uni SM8350 kodli nomi ostida tayyorlamoqda. 5 nanometrlik texnologik jarayon bo‘yicha ishlab chiqilayotgan mazkur chipsetning asosini Kryo 685 yadrolari tashkil etadi.

1000 dollarlik Galaxy S20+’ni mag‘lub etgan, o‘zi atigi 200 dollarlik smartfonni bilasizmi? («Jonli» test videosi)

Ushbu modelida Qualcomm emas, balki MediaTek protsessori qo‘llangani uchun Xiaomi tanqidlarga uchragan edi. Ammo baribir uning «elektron yuragi» Samsung o‘z flagmanida qo‘llagan chipsetdan ham zo‘r ekan!

Huawei birinchi marta Qualcomm’ni ortda qoldirdi, lekin...

HiSilicon mazkur chorakda ushbu bozorning 43,9 foizini egallagan; bir yil avval bu ko‘rsatkich 24,3 foizga teng edi. Qualcomm hissasi esa bir yilda 32,8 foizgacha tushib ketgan.

MediaTek eng arzon 5G-smartfonlar va flagmanlar uchun, jami to‘rtta 5G-protsessor taqdim etyapti

7 may kuni o‘tkazilayotgan onlayn konferensiya rasmiy tizerida MediaTek bittagina yozuv ishlatgan – «Barcha uchun 5G». Ishonchli insayder esa uning to‘rtta mobil protsessor tayyorlayotganini aytmoqda.

Eng arzon Samsung smartfoni – Galaxy M01 haqida Geekbench xushxabar berdi!

Galaxy M01 smartfonida maksimal 2,02 gigagerslik takt chastotasida ishlovchi 8 yadroli Qualcomm protsessori qo‘llangani ma’lum. Aftidan, bu – Galaxy A01 modelidagi Snapdragon 439 bo‘lsa kerak.

iPhone 12’larning protsessori allaqachon Snapdragon 865’ni «yer tishlatdi»!

Apple A14 Bionic protsessori TSMC zavodlarida 5 nanometrlik texnologik jarayon asosida tayyorlanadi. Ularning ommaviy ishlab chiqarilishi aprelda boshlanadi.

Arzon va hamyonbop Samsung smartfonlari ishqibozlariga xushxabar bor!

Eng arzon turkumning kenja vakili ham old kamera uchun tirqishli – Infinity-O turidagi, HD+ formatli displeyga, Qualcomm protsessoriga va 3 GBlik tezkor xotiraga ega ekanligi oshkor bo‘ldi.

Aldanib qolmang: Redmi Note 9 Pro protsessori Qualcomm’nikidan boshqa bo‘lishi ham mumkin!

Agarda sinalgan Qualcomm kompaniyasining ishonchli protsessoriga ega Redmi Note 9 Pro olmoqchi bo‘lsangiz, xariddan avval uning aynan qaysi chipset bazasida tayyorlanganiga e’tibor berishingiz kerak bo‘ladi.

Galaxy A31 hattoki ommabop Galaxy A51’dan ham kuchli bo‘lyapti! Lekin...

Samsung unda o‘zining emas, balki MediaTek protsessorini qo‘llabdi. AnTuTu testlari natijalariga ko‘ra, bu chipset Galaxy A51 smartfonida qo‘llangan Exynos 9611 protsessoridan bir yarim baravarga tezkor!

Qualcomm: «Mana shu smartfonlar Snapdragon 865 chipiga aniq ega bo‘ladi!»

Umuman olganda, Snapdragon 865 asosida yetmishdan ortiq, umuman Snapdragon 800-seriyali protsessorlar bazasida esa 1750 dan oshiq model taqdim etilishi ham aytilgan.

AnTuTu reytingi: Samsung, Huawei, MediaTek va Qualcomm – qay biri eng zo‘r?

Ommabop AnTuTu benchmarki jamoasi 2019 yil yakunlarini chiqardi va Android-qurilmalar uchun eng yaxshi protsessorlar reytingini e’lon qildi.

Dimensity 1000 protsessorli ilk 5G-smartfon – Oppo Reno 3 taqdim etildi

Chipset jamlanmasida 5G-modem ham mavjud. Smartfon taqdimot tadbirida uning qudratini ko‘rsatish uchun beshinchi avlod uyali aloqa tarmog‘ida o‘yin o‘ynab hamda Full HD formatida videoqo‘ng‘iroq qilib ko‘rsatishdi.

«Qualcomm, nariroq suril!» – MediaTek ikkinchi 5G-protsessorini taqdim etdi

Xususiyatlariga qaraganda, Dimensity 800 amerikalik chipsozning Snapdragon 765/765G protsessorlari bilan bellasha oladi; ammo hali uni benchmarklarda tekshirib, imkoniyatlarini baholab ko‘rsatishmagan.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш