Samsung yangi flagman buklamafonini 4 noyabrda taqdim etyapti!

Samsung W21 5G nomli bu smartfon Galaxy Z Fold 2 modeliga o‘xshaydi. Texnik jihatlariga ko‘ra undan farq qilmasa-da, yangi qurilma oldin qo‘llanmagan tilla rangli korpusda ham taqdim etiladi.

Exynos 1080 anonsi berildi va u allaqachon Snapdragon 865+’ni ham yengib, AnTuTu’da rekord o‘rnatdi!

Qizig‘i – ushbu protsessor Samsung smartfonlaridan ham oldin Vivo X60 flagmanlarida bozorga chiqadi.

Aylanma uchtalik kamerali Zenfone 7 hamda Zenfone 7 Pro flagmanlari chiqdi! (+video)

Kamera 35 kg.gacha yukni ko‘tara oladi va 200 000 sikl aylanishga bardosh beradi. Bundan tashqari, mazkur mexanizmning motorchasi ZenFone 6’nikiga nisbatan 40 foizga kichikroq, lekin ikki karra kuchliroq.

OnePlus kompaniyasi «Gazak» va «Lag‘mon» ortidan endi «Kabob» tayyorlayapti!

65 vattlik Super Warp Charging tezkor quvvatlash texnologiyasi yordamida uning 4000 mA/soatlik akkumulyatorini atigi yarim soatdayoq to‘liq zaryadlab ulgurish mumkin.

AnTuTu reytingini «portlatgan» flagmanning nomi va taqdimot sanasini Xiaomi rasman e’lon qildi

Xiaomi Mi 10 Extreme Commemorative Edition tezkor xotirasi 12 gigabaytlik hajmga ega. Uning bosh kamerasida asosiy sensor 48 megapiksellik, undan tashqari yana periskop kamera moduli ham bo‘ladi.

Yaxshi yangilik: Galaxy Note 20'larga o‘rnatiladigan Exynos chipi SD865+ dan samaraliroq bo‘ladi!

Koreys texnogiganti marketing jarayonida Exynos 990+ ga kiritgan o‘zgarishlari haqida batafsil to‘xtalib o‘tishi kutilmoqda.

Xiaomi ham Snapdragon 865 Plus chipli flagmani taqdimotini rasman e’lon qildi!

Shu yil 3 martda Black Shark 3 hamda Black Shark 3 Pro geymerofonlari namoyish etilgan edi. Black Shark 3S esa yanada kuchli bo‘lib, boshqa kompaniyalarning o‘yinbop smartfonlari bilan raqobatga kirishadi.

Asus ROG Phone 3 chiqdi: bosh raqibidan ikki karra qimmat, lekin shunga yarasha zo‘r-da! (+video)

30 vattlik tezkor quvvatlanuvchi 6000 mA/soatlik akkumulyator evaziga ROG Phone 3 bilan PUBG Mobile o‘yinini 9,2 soat, Asphalt 9’ni 9,6 soat, Call of Duty: Mobile’ni esa 9,3 soat uzluksiz o‘ynash mumkin.

Lenovo Legion Duel namoyish qilindi: eng kuchli, eng original, eng o‘yinbop smartfon atigi 500 dollardan!

Snapdragon 865+ va Adreno 650 chiplaridan tashqari, har biri ikkitadan vibromotor, sovitish naychasi, akkumulyatorga ega smartfonning 50 foizga zaryadlanishiga 10, to‘liq quvvat olishiga esa 30 daqiqa kifoya!

Galaxy Z Flip 5G taqdim etildi: Snapdragon 865+ chipli ilk Samsung smartfoni! (+video)

Samsung yangi buklamafonini ikki xil – kulrng va bronza tusli korpuslarda taklif etadi. Galaxy Z Flip 5G savdosi AQShda 7 avgust kuni boshlanadi, narxi esa...

RASMAN: Snapdragon 865+ chipli Galaxy Z Flip 5G «raskladushka»si hatto Galaxy M31s’dan ham oldin namoyish qilinyapti!

Buklamafonning o‘z «ajdod»idan asosiy farqi – u Snapdragon 865+ protsessoriga tayanadi. Shu boisdan bo‘lsa kerak, u ham ayni shu chipsetli ilk ikkita eng zo‘r flagman bilan bir kunda chiqyapti.

AnTuTu’da taxt talashayotgan ikki flagmanning yangi raqibi – Red Magic 5S ham tayyor!

ASUS ROG Phone 3 hamda Lenovo Legion qatoriga yana bitta raqobatchi qo‘shildi – ZTE korporatsiyasiga qarashli Nubia kompaniyasi Red Magic 5S rusumli o‘yinbop smartfonini reklama qila boshladi.

Samsung fanatlarining hafsalasini pir qiluvchi xabar

Amerikalik chipsoz kuni kecha yangi flagmani – Snapdragon 865+ chipsetini taqdim qildi. Samsung endi fabletlarida uni qo‘llashi kutilmoqda, ammo o‘zi Exynos 990 o‘rniga yangi, kuchli protsessor chiqargani yo‘q.

Jahondagi eng zo‘r ikkita Android-smartfon bir kunda chiqyapti!

8 iyul kuni Qualcomm kompaniyasi navbatdagi flagmani – Snapdragon 865+ protsessorini taqdim etdi. Uning bazasida ishlovchi ilk flagmanlar – ikkita eng kuchli o‘yinbop smartfonning taqdimot kunini aytishdi.

Snapdragon 865+ namoyish qilindi: eng zo‘rlaridan ham 10 foizga qudratli Android-protsessor!

Amerikalik chipsoz bu mahsulotida samaradorlikni (ayniqsa grafika bo‘yicha) hamda Wi-Fi bo‘yicha ma’lumot almashish tezligini oshirishga asosiy e’tiborni qaratgan.

«Qirol o‘ldi. Yashasin qirol!» – jahon rekordchisini AnTuTu’da tor-mor etishdi!

Asus ROG Phone 3 avvalroq AnTuTu benchmarkida rekord o‘rnatgan edi. Yangi flagmanning samaradorlik ko‘rsatkichi oldida unisi holva ekan!

Snapdragon 865+ va 16 GB «operativka»li bu geymerofon AnTuTu’da jahon rekordini yangiladi! (+ ilk «jonli» rasmlar)

Snapdragon 865+ chipsetini Qualcomm shu yilning 3-choragida chiqarishi, unga asoslanuvchi ilk smartfon esa Lenovo Legion bo‘lishi aytilgan. Lekin bu kompaniya «otni qamchilayapti», tag‘in rekordni ayting!

Hali chiqmagan Snapdragon 865 Plus flagman protsessori ilk bor AnTuTu’da imtihon topshirdi!

Hali taqdim etilmagan chipset unda 667 253 ball olgan; taqqoslash uchun: may oyidagi eng zo‘r Android-flagmanlar reytingida Snapdragon 865 protsessorli OPPO Find X2 Pro rekordi 604 123 ballga teng edi.

Samsung Galaxy Note20'larga yangicha protsessor o‘rnatiladi

Protsessor kamroq quvvat sarflab, yuqori samaradorlikka ega bo‘ladi.

Qualcomm: «Mana shu smartfonlar Snapdragon 865 chipiga aniq ega bo‘ladi!»

Umuman olganda, Snapdragon 865 asosida yetmishdan ortiq, umuman Snapdragon 800-seriyali protsessorlar bazasida esa 1750 dan oshiq model taqdim etilishi ham aytilgan.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш