Snapdragon 888 chipiga ega bo‘lgan eng yaxshi smartfonlar bilan tanishamiz

2021 yilda ishlab chiqarilgan eng kuchli flagmanlar aynan ushbu chip bilan jihozlangan.

Taqdimotidan oldin Galaxy Z Fold 3 hamda Z Flip 3 buklamafonlarini ishlayotgan holida «jonli» videoda ko‘ring!

Rasmiy namoyishi arafasida Samsung’ning har ikkala buklamafoni ishlayotgan holda «jonli» ko‘rsatilgan video tarqaldi.

AliExpress’dagi eng ommabop o‘yin smartfonlari (2021 yil may)

Keyingi paytlarda xaridorlar ko‘proq mobil geyming uchun tovarlar xarid qilishmoqda. Geymerofonlardan tashqari, yana mobil geympadlar va kulerlarni, yana VR-ko‘zoynaklarning ham bozori chaqqon.

Dunyodagi eng zo‘r flagmanlar reytingida ilk bor Realme g‘olib! (Antutu, 2021 yil may)

Eng qizig‘i – OPPO korporatsiyasining arzonchi subbrendi 4 mart kuni taqdim etgan ushbu superflagman hozirda eng qudratli Android-protsessor – Snapdragon 888 bazasidagi eng arzon smartfon bo‘lib turibdi!

TOP-10: Eng tezkor o‘nta flagman (AnTuTu reytingi, 2021 yil may)

To‘qqizinchi talqindagi AnTuTu benchmarkida yangicha GPU (grafik tezlatgich) testi paydo bo‘lgan, asosiy protsessor testi qayta ishlangan, shuningdek tezkor va doimiy xotira testlariga o‘zgarishlar kiritilgan.

Snapdragon 888 Pro benchmarkda: uning «oddiy» Snapdragon 888 flagmanidan farqi nimada?

Geekebench’da noma’lum Qualcomm protsessori «qo‘lga tushdi»: uning kodli nomi Qualcomm Lahaina bo‘lib, bu so‘z Snapdragon 888 bilan bog‘liq. Ammo xususiyatlari platformaning Pro-versiyasiga ishora qilmoqda.

Snapdragon 888 chipli va 144Hz AMOLED-ekranli AnTuTu «qiroli» bor-yo‘g‘i 470 dollarga baholandi!

Qizimasligi uchun geymerofonda grafen naychali issiqlik haydash tizimi, shuningdek, 6/8/12 GBlik LPDDR5 toifali tezkor hamda 128/256 GBlik UFS 3.1 standartli ichki xotira, ekranosti daktiloskop qo‘llangan.

AnTuTu «qiroli» o‘yinbop Redmi flagmanining ikkita rekordini ham sindirdi!

Nubia Red Magic 6R smartfoni 6,67 dyuymlik, 2400x1080 piksellik ekran bilan jihozlangan. Uning kvadrokamerasida asosiy sensor 64 megapiksellik aniqlikdadir.

«iQOO 7, taxtni bo‘shat!» – AnTuTu’da yangi rekordchi paydo bo‘ldi

Red Magic 6R smartfoni eng kuchli chipsetlardan biri – Snapdragon 888 bazasida tayyorlangan va LPDDR5 toifali tezkor xotira, UFS 3.1 standartidagi doimiy xotira chiplari bilan jihozlangan.

Geekebench tasdiqladi: Samsung hatto «arzon» flagmaniga ham Snapdragon 888 chipsetini o‘rnatyapti!

Geekbench servisida SM-G990B katalog raqami ostidagi Galaxy S21 FE smartfoni tekshirib ko‘rilgan. Benchmark ma’lumotlar bazasida qolgan qaydlar uning muhim jihatlarini fosh etdi...

Xiaomi raqibi hali chiqmagan Snapdragon 888 Pro asosida flagman tayyorlayapti! (+«jonli» surat)

Hozircha bu chipset haqida Qualcomm’ning o‘zi ham rasman ma’lumot bergani yo‘q. Ammo insayderlar shu protsessor joriy yilning uchinchi choragida taqdim etilajak flagman smartfonlarda qo‘llanishini aytishmoqda.

Atigi 400 dollardan boshlanuvchi «ekstremal flagman»lar – Xiaomi Mi 11X hamda Snapdragon 888 chipli Mi 11X Pro chiqdi (+video)

Ular bilan birga Xiaomi Mi 11 Ultra modeli ham Hindistonda taqdim qilindi. Bu yurtda uni faqat 12/256 gigabaytlik variantda, lekin Xitoydagidan ham arzon – 935 dollarga teng narxda sotishadi!

2021 yil 1-chorakdagi eng zo‘r o‘nta smartfon (Master Lu reytingi)

Kuchli o‘nlikka oltita kompaniyaning flagmanlari kirgan, lekin shulardan bittasining vakillari naq uchta o‘rinni zabt etgan!

Ekstremal flagman – Snapdragon 888 chipli Xiaomi Mi 11X taqdimoti rasman e’lon qilindi! (+video)

Snapdragon 888 chipseti bazasida Xiaomi kamida uchta smartfon chiqarishni rejalashtirgan. Kompaniya vitse-prezidenti shulardan birining taqdimot kunini e’lon qildi.

Dunyo bo‘yicha eng qudratli Android-flagmanlar (AnTuTu reytingi, 2021 yil mart)

Reytingda eng ko‘p – naq uchta o‘rin Samsung’ga tegishli, lekin g‘olib boshqa. Asus va Oppo kompaniyalari ikkitadan o‘rin olgan bo‘lsalar, Huawei, Vivo hamda Xiaomi vakillariga bittadan joy nasib etgan.

ZTE bu flagmani bilan Xiaomi Mi 11 Ultra’ning «burnini yerga ishqalamoqchi»!

Kompaniyaning oldingi smartfoni – Axon 20 5G modelida dunyodagi ilk «ko‘rinmas» selfi-kamera qo‘llangan bo‘lsa, kutilayotgan kamerofonda ikkinchi avlod ekranosti kamera ishlatiladi.

108 MP kamera, eng zo‘r displey va Snapdragon 888 chipli Xiaomi Mi 11i namoyish etildi

Xiaomi Mi 11i ham Dolby Atmos tizimli stereodinamiklar, Wi-Fi 6 hamda NFC modullariga ega. 4520 mA/soatlik batareya 33 vattlik tezkor quvvatlanadi va qadoq jamlanmasiga zaryadchik ham kiritilgan.

Professional kameralardan zo‘r ilk smartfon – Mi 11 Ultra chiqiboq DxOMark taxtini zabt etdi! (+video)

29 mart kungi mega-taqdimotida Xiaomi o‘zining flagman smartfoni – Mi 11 Pro anonsi bilan boshlagan edi. Biroq tadbirning bosh qaramoni u emas, balki Xiaomi Mi 11 Ultra rusumli premium-flagman bo‘ldi.

«Android-smartfonlar qiroli» – Xiaomi Mi 11 Pro taqdim etildi!

Mi 11 Pro korpusi chang va suv kirishidan ko‘ra himoyalangan – 1.5 metrlik suv ostida 30 daqiqagacha jon saqlay oladi. Bu – IP68 sertifikatsiyasini olgan ilk Xiaomi smartfonidir.

Xiaomi Black Shark 4 va Black Shark 4 Pro smartfonlari taqdim etildi

Ushbu smartfonlarda 120 vatt tezkor quvvatlash imkoniyati hamda 144Hz yangilanish chastotasiga ega bo‘lgan displey mavjud.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш