Apple «damini olsin» – geymerlar uchun Qualcomm flagmani asosida qudratli Android-planshet chiqyapti

Xitoylik taniqli insayder Digital Chat Station ma’lum qilishicha, mazkur planshet yana kadr yangilanishi 120 yoki 144 gerslik IPS-displeyga hamda 100 vattlik tezkor quvvatlash texnologiyasiga ham ega.

Snapdragon 895 chipli birinchi smartfon – Xiaomi Mi 12 Ultra haqida ilk ma’lumotlar

Xiaomi Mi 12 Ultra old kamerasi ekranosti bo‘lishi ham, korpusning yuqori qirrasidan chiqadigan bo‘lishi ham mumkin. Selfi uchun ikkita – 32 va 8 megapiksellik sensorlar joylanadi.

Snapdragon 888 Pro benchmarkda: uning «oddiy» Snapdragon 888 flagmanidan farqi nimada?

Geekebench’da noma’lum Qualcomm protsessori «qo‘lga tushdi»: uning kodli nomi Qualcomm Lahaina bo‘lib, bu so‘z Snapdragon 888 bilan bog‘liq. Ammo xususiyatlari platformaning Pro-versiyasiga ishora qilmoqda.

Xiaomi raqibi hali chiqmagan Snapdragon 888 Pro asosida flagman tayyorlayapti! (+«jonli» surat)

Hozircha bu chipset haqida Qualcomm’ning o‘zi ham rasman ma’lumot bergani yo‘q. Ammo insayderlar shu protsessor joriy yilning uchinchi choragida taqdim etilajak flagman smartfonlarda qo‘llanishini aytishmoqda.

«5G-smartfonlar juda arzon bo‘lishi kerak!» – Qualcomm yangi protsessor chiqardi

Snapdragon 480 modeli Qualcomm’ning eng arzon 5G-protsessori bo‘lib, u oldin faqat birmuncha qimmat smartfonlarga xos bo‘lgan ayrim imkoniyatlarni endi arzon telefonlarga ham tatbiq etish imkonini beradi.

Snapdragon 888 protsessorli eng arzon flagman – Redmi K40 Pro ilk suratda!

Dasturchilar MIUI 12 kodlarida Snapdragon SM7350 chipli smartfonga ishoralar borligini aniqlashdi. Demak, bu – Redmi K40 modeli bo‘lib, faqat uning Pro-versiyasidagina Snapdragon 888 qo‘llanadi.

Qaysi smartfonlar naq Android 14 talqinigacha yangilanadi?

Counterpoint hisobotiga ko‘ra, Qualcomm endi mobil protsessorlar bozorida lider emas. Lekin bu chipsozning sal avvalroq Google bilan birga bergan qo‘shma bayonoti baribir uning ustunligidan dalolatdir.

Mobil protsessorlar bozorida endi Qualcomm lider emas!

Yakuniga yetayotgan yilning sentyabr oyi oxiriga kelib, dunyo bo‘ylab 100 milliondan ortiq smartfon sotilgan bo‘lsa, ularning eng ko‘p qismi – 31 foizi yangi yetakchining protsessorlari bazasida ishlaydi.

2021 yilgi flagmanlar protsessori benchmark testlarida o‘z kuchini ko‘rsatdi!

Qualcomm bu chipset bazasidagi flagmanlarning bozorga 2021 yil 1-choragida chiqishini aytgan. Ammo ulardan birinchisini xitoylik smartfonsoz shu oyning o‘zidayoq taqdim etishini rasman e’lon qilgan.

Snapdragon 675 davomchisi bo‘lgan SD678 taqdim qilindi

Ushbu o‘rta toifa chipseti quvvat sarfini oshirmagan holda yaxshiroq fotolar oladi va oshirilgan aloqa xususiyatlariga ega.

Snapdragon 888 chipli ilk smartfon Xiaomi Mi 11 emas, balki... Xiaomi Mi 20 bo‘lishi mumkin!

Amerikalik chipsoz Snapdragon 888 5G protsessori bazasida qaysi kompaniyalar smartfon ishlab chiqarishini aytgan, xolos. Ulardan qay biri birinchi bo‘lishiga esa Xiaomi bosh direktori aniqlik kiritdi. Ammo...

Snapdragon 875’ni kutmang – o‘rniga Snapdragon 888 5G chiqyapti!

Qualcomm kompaniyasi 1 dekabrda Snapdragon Tech Summit Digital tadbirini boshladi. Unda navbatdagi flagman – Snapdragon 875 protsessorining taqdim etilishi kutilayotgan edi, lekin vaziyat o‘zgacha tus oldi...

Snapdragon 875 chipli ilk smartfonlarni mana shu sakkizta kompaniya chiqaradi

Ishonchli insayder Digital Chat Station kelgusi yilning boshida qaysi smartfonsozlar Snapdragon 875 bazasida flagman telefonlar taqdim etishlarini aytdi.

Qualcomm endi Huawei'ga chip yetkazib berishi mumkinligini tasdiqladi

Qualcomm o‘zining ommaviy bayonotida Xitoy kompaniyasiga 4G'li chipsetlarni yetkazib berish imkonini beruvchi litsenziyani qo‘lga kiritganini ma’lum qildi.

Xiaomi Mi 11 hamda Mi 11 Pro: birinchi «jonli» surati va chiqish vaqti!

Xiaomi Mi 11 modeli tekis ekranga ega; uning Pro-versiyasida esa displeyning yon qirralari qayrilma. Har ikkalasida ham old kamera uchun ekranning yuqori qismi o‘rtasida tirqish ochilgan.

Qualcomm Huawei'ga chip sotishga litsenziya olgani xabar berilmoqda

Qualcomm Honor sub-brendi smartfonlaridan boshqa smartfonlar uchun Huawei'ning talabini ta’minlab bera oladi.

Geekbench aniqlik kiritdi: Mi 11 eng zo‘rmi, Mate 40 Pro’mi yoki Galaxy S21?

Antutu’ning so‘nggi reytingida Mate 40 Pro eng yuqori o‘rinni zabt etgan. Biroq tez orada Samsung va Xiaomi ham eng kuchli flagmanlarini chiqaradi. Xo‘sh, ulardan qay biri eng qudratli ekan?

«Beli baquvvat» Realme smartfoni Qualcomm-versiyada, MediaTek chiplisidan ham arzon chiqdi!

Realme iyulning oxirida 6000 mA/soatlik batareyali ilk smartfonini namoyish etgan edi. Yanada tezkor protsessor bazasiga qurilgan bo‘lsa-da, Realme C15 Qualcomm Edition versiyasi unisidan arzon sotilyapti!

Snapdragon 865 chipli eng arzon flagman – Redmi K30S taqdim etildi!

Bungacha Snapdragon 865 chipli eng arzon smartfon iQOO Neo 3 5G edi – unisi 390 dollardan sotilmoqda. Flagman protsessor asosida yanada arzon smartfon chiqarish mumkinligini Xiaomi isbotladi!

Redmi shu oydayoq Snapdragon 865 chipli ikkita arzon flagman chiqarmoqchi!

Ularning taqdimoti aynan qaysi kuni bo‘lib o‘tishi va narxi aniq emas, ammo texnik xususiyatlari taxminan bo‘lsa ham ma’lum.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш