Beats Fit Pro quloqchinlari taqdim etildi

Quloqchinda shovqinni bekor qilish funksiyasi yoniq bo‘lsa, u olti soat ishlab bera oladi. Agar ushbu funksiya o‘chiq bo‘lsa, avtonomlik vaqti bir soatga oshadi.

11 avgustda Samsung taqdim etgan barcha gadjetlar oltita rasmiy videoda!

Galaxy Unpacked 2021 tadbirini tomosha qila olmaganlar uchun Samsung unda ko‘rsatilgan devayslarining rasmiy roliklarini chiqardi.

Quloqda portlagan quloqchin o‘limga sabab bo‘ldi

Mazkur fojia bo‘yicha tergov-surishtiruv ishlarini olib borayotgan mutaxassislar toki barchasiga oydinlik kiritmaguncha quloqchinning ham, smartfonning ham qaysi brendlarga mansubligini aytishmayotir.

Rasmiy namoyishidan avval Samsung Galaxy Buds 2 anboksing videosi chiqdi!

11 avgustda Galaxy Z Fold 3 va Galaxy Z Flip 3 smartfonlari, Galaxy Buds 2 quloqchini hamda Galaxy Watch 4 Classic soati taqdim etiladi. Biz bulardan dastlabki uchtasining narxlarini e’lon qilganmiz.

11 avgustda Samsung taqdim etadigan TWS-quloqchin va ikki xil buklamafon narxlari ma’lum bo‘ldi

Bulardan tashqari, Samsung mazkur tadbirida Galaxy Watch 4 Classic rusumli yangi aqlli soatini ham namoyish etishi kutilmoqda. Uning narxi hozircha noma’lum.

Apple tibbiy uskunalardan uzoqroq tutish shart bo‘lgan gadjetlari ro‘yxatini e’lon qildi

Ro‘yxat juda katta: unga smartfon, planshet, noutbuk, kompyuter, smart-soat, quloqchin va hatto ularning g‘iloflari, zaryadchiklariyu boshqa aksessuarlar ham kirgan. Bir tekshirib qo‘yavering – zarar qilmaydi.

AirPods Pro’ning keragi yo‘q: uning Siri va Bluetooth 5.0’li kloni atigi 12 dollardan sotilyapti!

Eng qizig‘i – xitoyliklar Air Pro 3 modeliga ham Siri ovozli yordamchisini integratsiya qila olishgan! Quloqchin sensor panellar yordamida boshqariladi va Android-smartfonlar bilan ham ishlaydi.

Faol shovqin to‘suvchi Beats Studio Buds butkul simsiz quloqchini chiqdi

AirPods Pro’ga nisbatan sezilarli arzon bo‘lgan bu quloqchinda ikkita rejim mavjud — atrof-muhitdagi shovqinlari maksimal bloklovchi va «shaffof» rejim (atrofdagi narsalarni eshitish talab etilganida).

Sony yangi quloqchin reklamasida 2022 yilgi flagman smartfonini ko‘rsatdi (uchta video)

Orqa tomonidan u eng ommabop smartfonlar reytingiga kirgan Sony Xperia 1 III modeliga o‘xshab ketadi. Biroq e’tibor bersangiz – reklamadagi qurilmaning old yuzasida selfi-kamera yo‘q.

Pixel Buds A chiqdi: avtonomligi 24 soatlik, IPX4 himoyali hamyonbop TWS-quloqchin! (+video)

Garchi arzon versiyasi bo‘lsa-da, uning qiyofasi oddiy Pixel Buds bilan bir xil: o‘sha 12 mm.lik drayverlar, korpusi IPX4 standartida himoyaga, o‘zi Fast Pair funksiyasi va Adaptive Sound texnologiyasiga ega.

Simsiz quvvatlanib, 28 soat avtonom ishlovchi Redmi AirDots 3 Pro chiqdi

Shovqinlarni tahlil etish va telefondagi suhbat chog‘ida foydalanuvchining ovozini sifatli yetkazish uchun quloqchinning har bir pallasida uchtadan – jami oltita mikrofon o‘rnatilgan.

Realme to‘rt xil yangi gadjetining namoyish kunini va suratlarini e’lon qildi

Joriy yilning 1-choragida Yevropa bozorida smartfon sotish hajmini eng ko‘p – naq 183 foizga oshirgan brend Realme bo‘ladi. Mazkur kompaniya boshqa devayslar yo‘nalishida ham o‘zini ko‘rsatmoqda...

Bojxonada jami $7 millionlik – salkam 40 ming juft qalbaki AirPods musodara etildi!

Agarda haqiqiy AirPods qulochinining bir jufti 200 dollar turishini hisobga olsak, kontrabandachilar ushbu bir partiya tovardan taxminan 7 million AQSh dollari miqdorida noqonuniy foyda olishlari mumkin edi.

Galaxy Buds Pro quloq kasalliklarini keltirib chiqaryapti

Samsung rasmiy saytining ta’kidlashicha, naushniklar tarkibida akrilat va nikel mavjud, shu sababli allergiyadan aziyat chekuvchi insonlarga uni uzoq vaqt taqmaslik tavsiya etiladi.

10 daqiqa quvvatlanib, 8 soat ishlovchi simsiz quloqchin chiqdi

Mazkur gadjet Bluetooth 5.2 interfeysini qo‘llab-quvvatlashi aytilmoqda, ammo faol shovqin so‘ndirgichlari bo‘lish-bo‘lmasligi hozircha noma’lum.

«Fikrlarni o‘qishga» qodir quloqchin yaratildi

Neurable bosh direktori va neyrobiologiya sohasidagi fan doktori Ramzes Alkaydning ma’lum qilishicha, uni yaratishga uni avtohalokatda oyog‘idan ayrilib, o‘rniga protez yasagan amakisi ilhomlantirgan.

20 aprelda chiqayotgan Apple AirPods 3 dizayni butkul yangicha! («jonli» surat)

Nisbatan qimmatroq AirPods Pro modelidagi faol tarzda shovqin to‘sish imkoniyati bu quloqchinga ham joriy etilishi kutilmoqda.

Atigi 10 dollardan «Xitoycha AirPods Max» sotuvga chiqdi

AirPods Max quloqchini uchun Apple hattoki 2020 yilgi iPhone SE’dan ham yuqori narx belgilagan. Nomdor gadjetlarni klonlashtiruvchi xitoyliklarning e’tiboridan bu mahsulot ham chetda qolgani yo‘q.

Rekord darajadagi chegirma bilan iPhone 12 va iPhone 12 mini zo‘r sotilyapti

Shu bilan birga, butkul simsiz AirPods quloqchinini ham 190 dollar o‘rniga 120 dollardan sotilyapti. Uning xaridorlariga yana Apple Music servisidan 4 oy bepul foydalanish imkoni ham taqdim etiladi.

AirPods 3 narxi va ilk «jonli» rasmlari: uni AirPods, AirPods 2 hamda AirPods Pro bilan taqqoslab ko‘rsatishdi!

Insayderlar bergan xabarlarga ko‘ra, AirPods 3 yangi protsessorga ega bo‘lib, ovozni yanada sifatli uzatadi. Hattoki uning taxminiy narxini ham aytishmoqda...

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш