TOP-10: Dunyo bozoridagi eng zo‘r smartfonlar (AnTuTu reytingi, 2020 yil mart)

Kuchli o‘ntalikdagi dastlabki to‘rtta, jami naq oltita o‘rinni bittagina smartfonsoz flagmanlari egallagan, tag‘in ularning aksariyati shu kompaniyaning o‘z protsessoriga asoslangan!

Realme yangi turkumdagi arzon smartfonlar taqdimotini bekor qildi

Kompaniya Narzo seriyasidagi smartfonlari yordamida Xiaomi korporatsiyasining Redmi hamda Poco (POCOPHONE) kabi arzonchi brendlariga qarshi raqobatni kuchaytirishni ko‘zlagan.

Redmi va Pocophone’lar kushandasi – Narzo 10 hamda Narzo 10A taqdimot kuni rasman ma’lum!

Realme rahbari Madhav Shet e’lon qilgan posterga ko‘ra, yangi smartfonlar Narzo 10 va Narzo 10A deb nomlangan. Bulardan birinchisi Poco X2 (yoki Pocophone X2) devaysiga raqobatchi bo‘ladi.

Narzo smartfonlari – Redmi va Pocophone’larning yangi kushandasi!

Realme kompaniyasi Narzo seriyasidagi smartfonlari yordamida Xiaomi korporatsiyasining Redmi hamda Poco (POCOPHONE) kabi arzonchi brendlariga qarshi raqobatni kuchaytiradi.

180 dollarga «beli baquvvat», 48 MP kamerali «to‘rtko‘z» smartfon chiqdi!

Realme 6i modeli MediaTek Helio G80 protsessorli dunyodagi ilk smartfon hamdir. Kompaniya uni ikki xil – oq hamda yashil ranglardagi chipor korpus hamda Android 10 operatsion tizimi bilan ta’minlagan.

Hali chiqmagan ikki hamyonbop – Redmi Note 9 Pro va Realme 6 Pro flagmanlarining ilk jangi!

Ikkala model ham Snapdragon 720G chipseti bazasida ishlaydi. Ammo benchmarkda tekshirib ko‘rilgan Realme 6 Pro tezkor xotirasi 8 gigabaytlik bo‘lsa, Redmi Note 9 Pro modeli 6 gigabaytlik «operativka»ga ega.

«Chetroq tur, Xiaomi!» – Realme yana bir turdagi ilk devaysini taqdim etyapti

Oppo korporatsiyasi aynan Xiaomi’ning Redmi turkumidagi mahsulotlari bilan raqobatlashish uchun RealMe brendini tashkil etgan edi. Chindan ham, uning shiddatidan «Xitoycha Apple» cho‘chisa arziydi.

Realme X50 Pro 5G sotuvda: Xiaomi Mi 10 raqibi undan arzon va atigi 35 daqiqada quvvatga to‘ladi!

Realme X50 Pro 5G old kamerasi qo‘shaloq – 32 va 8 megapiksellik datchiklardan iborat. Bosh kamera esa to‘rttalik bo‘lib, 20 karra zumga ega va asosiy moduli 64 MPlik sensordir.

RASMAN: Xiaomi Mi 10’ning asosiy raqibi ringga tushyapti!

Realme X50 Pro’ning ba’zi jihatlari undan kuchli ham: Xiaomi Mi 10 selfi-kamerasi yakka modulli bo‘lsa, raqibining ekranida ochilgan tirqishda qo‘shaloq old kamera bor.

AnTuTu rekordchisining nafaqat protsessori, balki akkumulyatori ham zo‘r ekan!

Ushbu rekordchi flagman va yana ikkita Realme smartfoni AQShning Aloqa federal komissiyasi (Federal Communications Commission, FCC) tashkilotida, shuningdek, NXTC va IMDA regulyatorlarida ro‘yxatdan o‘tdi.

AnTuTu’da yangi rekord, lekin bu Galaxy S20 ham, Mi 10 ham emas!

Xitoylik kompaniya ushbu rekordchi flagmanini fevraldagi MWC 2020 ko‘rgazmasi arafasida ko‘rsatishi mumkin. Balki uni birinchilik borasida talashayotgan raqiblaridan ham oldin taqdim etib yuborishar...

Realme to‘rttalik kamerali arzon smartfonini va Xiaomi’ning uch xil gadjeti «kushanda»larini namoyish etdi

Oppo aynan Xiaomi korporatsiyasining Redmi turkumidagi mahsulotlari bilan raqobatlashish uchun RealMe brendini tashkil etgan edi. Uning faolligidan ko‘rish mumkinki, «Xitoycha Apple» cho‘chisa arziydi...

Bir yilda 500 foizga o‘sgan rekordchi brend birinchi bo‘lib 4G-smartfonlardan voz kechadi!

2018 yilning 3- choragida sotilayotgan smartfonlar soni bo‘yicha 47-o‘rinda bo‘lgan kompaniyasi 4-chorakdayoq 15-o‘ringa ko‘tarilib olgach, 2019 yil 2-chorakda eng muvaffaqiyatli smartfonsozlar o‘ntaligiga kirgan.

Xiaomi: «Samsung’dan biz 44 foizga oldinmiz!»

O‘tgan chorak yakunlariga ko‘ra smartfonlar onlayn bozorining 40 foizini Xiaomi egallagan, eng ommabop smartfonlar beshtaligida esa uning to‘rtta modeli bor.

Eng ommabop smartfonsozlar ro‘yxatidagi yangi brend naq 808% o‘sish qayd etdi!

Ommabop smartfonsozlar reytingida u faqat eng kuchli brendlar –Samsung, Apple, Huawei, Xiaomi, Oppo hamda Vivo’dan keyin turibdi, xolos.

Realme smartfondan boshqa gadjetlar bozorida ham Xiaomi’ga hamla qilyapti!

Mazkur gadjet shu yilning dekabrida birinchi bo‘lib Hindiston bozoriga chiqariladi, bu yerda arzon modellar juda xaridorgir. Ammo uning texnik xususiyatlari haqida hozircha ma’lumot yo‘q.

Realme X2 Pro haqida yangi ma’lumot e’lon qilindi

Qurilmaga 90Hz yangilanish chastotasiga ega displey o‘rnatiladi.

Yirik smartfon bozorida Samsung allaqachon uchinchi o‘rinda. Undan zo‘rlari kimlar?

Atigi bir yarim yil avval asos solingan xitoylik brendga qoyil qolmay iloj yo‘q – Samsung’dan o‘zib, ikkinchi o‘ringa chiqib olgan! Eng ko‘p sotilgan modellar beshligida ham shu ikkitagina brend vakillari!

Realme tez orada 90 gers ekranli smartfon chiqaradi

Realme'ning Mahsulotlar bo‘yicha menejeri Uang Derek kompaniyaning 90Hz displeyli smartfoni o‘zini uzoq kuttirib qo‘ymasligi haqidagi ma’lumotni Weibo orqali tasdiqladi.

Realme Q Snapdragon 712'ga ega bo‘ladi

Realme brendi 5-sentyabr kuni Xitoydagi taqdimot marosimida o‘zining Q seriyasidagi yangi smartfonlarini taqdim etishga shay turibdi. Kompaniya endilikda ma’lum qilishicha, ushbu gadjetlar Snapdragon 712 protsessorida ishlaydi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш