Samsung o‘z smartfonlari egalarini Android 11 asosidagi One UI 3.0 proshivkasining ochiq sinoviga chaqiryapti!

Kompaniya odatda o‘z grafik qobiqlari beta-sinovlariga faqat dasturchilarni kiritar edi. One UI 3.0 talqiniga kelganida esa taktika o‘zgardi – uning testlarida oddiy foydalanuvchilar ham qatnasha oladilar!

Eng qimmat Samsung flagmani ham DxOMark reytingida uni sharmanda qildi – Xiaomi, Vivo, Honor, Huawei va Oppo smartfonlaridan pastda!

Kompaniyaning eng so‘nggi va eng qimmat flagmani nafaqat past ball oldi, balki hatto Galaxy S20 Ultra’dan ham, xitoylik smartfonsozlarning bundan arzon modellaridan ham ortda qoldi!

Samsung har bir sotilgan Galaxy Note 20 Ultra’dan bitta flagman smartfon pulicha foyda qilyapti!

2020 yilning eng qimmat smrtfonlaridan biri Galaxy Note 20 Ultra bo‘ladi. Xo‘sh, hech qiziqib ko‘rganmisiz – uni ishlab chiqarish o‘zi kompaniyaga qanchaga tushyapti?

Videotest: 4 GB «operativka»li iPhone 11 Pro Max tezkormi yoki 12 GBlik Galaxy Note 20 Ultra?

PhoneBuff kanali Samsung kompaniyasining eng zo‘r fabletini ham tezkorlik borasida Apple’ning bir yil avvalgi flagmani bilan taqqoslab ko‘rsatdi.

Master Lu reytingida Galaxy Note 20 Ultra arzon smartfonlarga ham yengildi, g‘olib esa Xitoydan!

Huawei haqida-ku umuman gapirmasa ham bo‘ladi – Master Lu reytingida uning birortayam vakili yo‘q!

Videobloger barcha avlod Galaxy Note smartfonlarini, ularning kameralari va narxlarini taqqoslab ko‘rsatdi

Buning uchun u barcha avlod Galaxy Note smartfonlarining har biridan bitta sotib olgan. Har birini qadog‘ini ochib (anboksing qilib), qurilmaning o‘zini olib, asosiy xususiyatlarini sanab ko‘rsatgan.

Drop-test videosi: Galaxy Note 20 Ultra mustahkamroqmi yoki iPhone 11 Pro Max?

Eng qizig‘i bonus-test bo‘lib chiqdi: unda smartfonlarni taxminan 2 metrlik yuksaklikdan 10 marta tashlab ko‘rishgan.

Galaxy Note 20 Ultra kamerasi iPhone 11 Pro Max va boshqa Samsung flagmanlariga qarshi

Zamonaviy smartfonlar, xususan, flagman modellarga qo‘yiladigan asosiy talablardan biri – kamerasi zo‘r bo‘lishidir. Xo‘sh, Samsung kompaniyasining eng so‘nggi va zo‘r fableti bu borada qanaqa ekan?

Apple’dan ham avval Samsung xasislikni boshladi: Galaxy Note 20 qadog‘idan muhim aksessuarni olib qolishyapti!

Samsung yangi smartfonlar qadog‘iga zaryadnik qo‘shmasligi haqida xabar bergan edik. Lekin janubiy koreyaliklr xasislikni allaqachon – yaqinda namoyish qilingan fabletlaridanoq boshlab yuborishibdi!

Galaxy Note 20 hali sotuvga chiqmasdanoq bulturgi Galaxy Note 10’ga mag‘lub bo‘ldi!

Galaxy Note 20 Ultra ommaboproq – oldindan buyurtmalarning 65 foizi aynan shu smartfonga to‘g‘ri kelyapti. Tahlilchilar zamonaviy me’yorlarga ko‘ra ayni shu modelni to‘laqonli flagman, deb hisoblashyapti.

VIDEO: Galaxy Note 20’larning bulturgi flagmandan ham qolishuvchi jihatini Samsung sir tutgan ekan!

Samsung kompaniyasi taqdimotda Galaxy Note 20 hamda Galaxy Note 20 Ultra smartfonlarining ushbu jihatiga oydinlik kiritmay ketganligi bejiz emas ekan...

Galaxy Note 20 va Galaxy Note 20 Ultra taqdim etildi! (+video)

Samsung kompaniyasi, nihoyat, Galaxy Unpacked tadbirini onlayn rejimda o‘tkazdi. Uning eng kutilgan qahramonlari Galaxy Note 20 hamda Galaxy Note 20 Ultra smartfonlari bo‘ldi.

Reklama videotizeri Galaxy Note 20’larning asosiy funksiyalarini oshkor etdi

AT&T uyali aloqa operatori tomonidan reklama kampaniyasida qo‘llash uchun tayyorlangan videorolikda planshetofonlarning nafaqat dizayni, balki asosiy texnik xususiyatlari ham aks ettirilgan.

Yaxshi yangilik: Galaxy Note 20'larga o‘rnatiladigan Exynos chipi SD865+ dan samaraliroq bo‘ladi!

Koreys texnogiganti marketing jarayonida Exynos 990+ ga kiritgan o‘zgarishlari haqida batafsil to‘xtalib o‘tishi kutilmoqda.

Xotirjam bo‘lavering: Galaxy Note 20 fabletlari va Galaxy Buds Live kutilganidan arzonroq ekan!

Samsung mazkur smartfonlarni naq 1 249 yevrodan boshlab sotishi aytilayotgan edi. Lekin endi ishonchli insayder bu fabletlar va Galaxy Buds Live simsiz quloqchini narxlari borasida yangi ma’lumot e’lon qildi.

Samsung ichni qizdira boshladi: Galaxy Unpacked’ning ilk treylerini ko‘ramiz!

E’lon qilingan videoda ta’kidlanishicha, bu – Samsung Galaxy Unpacked marosimining birinchi treyleridir; demak, keyin boshqalari ham chiqadi.

Smartfonlar endi sinmaydigan bo‘ladi! (+video)

Victus shishasi smartfonning 2 metrdan tushib ketganida ham ekrani sinmasligini ta’minlaydi. Taqqoslash uchun: bu ko‘rsatkich Gorilla Glass 6 uchun 1,6 metr, Gorilla Glass 5 uchun esa 1,2 metrni tashkil etadi.

Samsung fanatlarining hafsalasini pir qiluvchi xabar

Amerikalik chipsoz kuni kecha yangi flagmani – Snapdragon 865+ chipsetini taqdim qildi. Samsung endi fabletlarida uni qo‘llashi kutilmoqda, ammo o‘zi Exynos 990 o‘rniga yangi, kuchli protsessor chiqargani yo‘q.

«Jonli» video: Galaxy Note 20 Ultra’ni ilk bor ishlatib, xususiyatlarini tushuntirib ko‘rsatishdi!

Galaxy Note 20 Ultra bu lavhada Galaxy Note 10+ bilan taqqoslab ko‘rsatilgan. S Pen o‘rni o‘zgargan, o‘lchami avvalgidek qolgan. Endi ekrandagi kursorni stilus yordamida masofadan turib siljitish mumkin.

Galaxy Note 20 va boshqa gadjetlar taqdimot sanasini Samsung rasman e’lon qildi! (+video)

Galaxy Unpacked 2020 rasmiy taklifnomasiga ko‘ra, uning asosiy qahramonlari Galaxy Note 20 fabletlardir. Lekin Samsung bu tadbirda Galaxy Fold 2 buklamafoni va boshqa mahsulotlarini ham namoyish etadi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш