Samsung birinchi galda Android 12’ga o‘tuvchi smartfonlarini rasman aytdi

Bu haqda rasmiy forumda e’lon qilgan kompaniya vakilining ta’kidlashicha, mazkur apdeyt yangi avlod – Samsung One UI 4.0 foydalanuvchi interfeysini ham o‘z ichiga oladi.

Narxi naq 6750 dollargacha boruvchi Galaxy S21 Carbon smartfonlari chiqdi

Kompaniyaning ta’kidlashicha, orqa panelning «V» shaklidagi dizayni «qurilmaga erkaklik va dinamizm bag‘ishlagan».

Samsung noiloj Galaxy S21 flagmanlari kamerasidagi nuqsonni tan oldi (+video)

Butun dunyo bo‘ylab Galaxy S21, Galaxy S21+ hamda Galaxy S21 Ultra smartfonlarining foydalanuvchilari turli forumlarda va tarmoqlarda ulardan shikoyat qilishmoqda.

Galaxy S21 flagmanlari tannarxi hatto Galaxy S20’larnikidan ham past ekan: nimalarda tejashgan?

Umuman olganda, janubiy koreyalik texnogigantning yangi avlod flagmanlari tannarxi 400 – 600 dollarga to‘g‘ri kelmoqda.

Galaxy S21 vs iPhone 12: qaysi smartfonlar tezroq arzonlashmoqda?

iPhone egalarini Android’ga o‘tishga majbur qilayotgan Xitoy flagmanlari haqida ma’lumot bergan edik. Ularni Android-smartfonga o‘tishga undayotgan uchta asosiy sabab ham siz uchun qiziq bo‘lsa kerak.

Dunyo bo‘yicha eng qudratli Android-flagmanlar (AnTuTu reytingi, 2021 yil mart)

Reytingda eng ko‘p – naq uchta o‘rin Samsung’ga tegishli, lekin g‘olib boshqa. Asus va Oppo kompaniyalari ikkitadan o‘rin olgan bo‘lsalar, Huawei, Vivo hamda Xiaomi vakillariga bittadan joy nasib etgan.

TOP-10: Eng qudratli Android-flagmanlar (AnTuTu global reytingi, 2021 yil fevral)

Xitoychasidan farqli ravishda, global reytingda eng ko‘p – naq to‘rtta o‘rinni Samsung vakillari zabt etgan (lekin lider boshqa). Qolgan pog‘onalardan esa oltita kompaniyaning bittadan flagmanlari joy olgan.

Galaxy S21'larning oldindan buyurtmasi rekord darajada bo‘ldi

Yangi flagmanlarning buyurtmasi Galaxy S20 va Galaxy S10 seriyasinikidan ham ko‘proq bo‘lgan.

Samsung yangi flagmanlarini uch kunga ijaraga beryapti!

Galaxy To Go nomi ostidagi ushbu ijara-servis muddati tugagach, mijozlar kompaniyadan sovg‘alar olishlari, qimmatbaho yutuqlarga ega bo‘lishlari mumkin.

Samsung Galaxy S21 va Galaxy S20 smartfonlari o‘rtasidagi farqlar bilan tanishamiz

Yangi flagman smartfonlar orasida standart Galaxy S21 smartfoni, standart model bilan deyarli bir xil bo‘lgan Plus modeli hamda eng zo‘r kamerafonlikka haqiqiy nomzod bo‘lishi mumkin bo‘lgan Ultra modellari bor.

Galaxy Unpacked’нинг барча роликлари битта жойда: Galaxy S21, Galaxy Buds Pro ҳамда Galaxy SmartTag билан тўлиқ танишамиз!

Қуйида биз ушбу маросимда тақдим этилган 21 та видеолавҳани жамладик. Улар орқали Samsung янги гаджетлари билан батафсил танишиш, энг сўнгида эса яхлит тадбирнинг видеосини кўриш мумкин.

Galaxy S21 hamda Galaxy S21+ taqdim etildi: videosi, narx va jihatlari

Flagmanlar Android 11 tizimi ustiga qurilgan eng yangi – One UI 3.1 grafik qobig‘i bilan taqdim etilgan. Tabiiyki, flagmanlar 5G tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlaydi va kontaktsiz to‘lovlar uchun NFC chipiga ega.

Galaxy S21 flagmanlarining protsessori – Snapdragon 888 raqibi taqdim etildi! (+video)

Exynos 2100 chipseti allaqachon ommaviy ishlab chiqarishga joriy etilgan va u Galaxy S21 turkumida debyut qiladi. Hozircha esa Snapdragon 888 chipli uchta flagman AnTuTu benchmarkida ketma-ket rekord o‘rnatdi.

Galaxy S21 smartfoni va qadog‘i aks etgan «jonli» video tarqaldi (+narxlari)

Keng jamoatchilikka rasman ko‘rsatilishiga uch kun qolganida insayderlar Galaxy S21 smartfonining «jonli» videosini e’lon qilishdi. Unda qurilmaning o‘zi hamda sotuvga chiqariladigan qutisini ko‘rish mumkin.

Samsung chiqarmagan Galaxy S21+ hamda S21 Ultra allaqachon Xitoyda sotila boshladi! (+«jonli» suratlar)

Tinib-tinchimagan xitoyliklar allaqachon Samsung Galaxy S21+ va Galaxy S21 Ultra modellarining klonlarini yaratib, bozorga chiqarishibdi.

Galaxy S21'lar xotirasini kengaytirsa bo‘ladimi?

S21 Ultra'ning 512GB doimiy xotiraga ega talqini 16GB tezkor xotiraga ega bo‘lishi ham ma’lum bo‘ldi. 256GBlik versiya esa 12GB operativ xotiraga ega bo‘ladi.

Samsung rasman Galaxy S21’lar taqdimot kunini aytdi – ulardan birini yutib olish mumkin! (+video)

Kompaniyaning va’da berishicha, tegishli sahifa orqali o‘z elektron pochta manzilini qoldirib, «yangi Galaxy’ning ilk egalaridan biri bo‘lish» mumkin.

Galaxy S flagmanlarining evolyusiyasini Samsung qisqa videoda ko‘rsatdi

«Yangi Galaxy’ni kutib» (A new Galaxy awaits) deb nomlangan 30 soniyalik lavhada Galaxy S turkumidagi flagmanlar evolyusiyasi – har birining dizaynidagi o‘zgarishlar ko‘rsatib berilgan.

Galaxy S21 flagmanini Samsung naq $700 chegirma bilan taklif etyapti!

Oldindan buyurtma berganlarga 50 dollarlik kupon ham bor – uni boshqa Samsung gadjetlari xaridida qo‘llash mumkin. Shop Samsung ilovasi orqali buyurtma qilinsa, kompaniya bularga yana 10 dollar qo‘shib beradi.

Barcha variantlardagi Galaxy S21, S21 Plus va S21 Ultra narxlari chiqdi: chindanam Galaxy S20’lardan arzon!

WinFuture nashri yangi avlod Samsung flagmanlarining Yevropadagi aniq narxlarini e’lon qildi. Ular rostdan ham tegishlicha Galaxy S20, S20+ va S20 Ultra modellaridan arzonroq ekan!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш