Samsung yana Apple’ni kalaka qildi: iPhone 12 Pro Max kamerasiga zarba! (ikkita video)

Yaqinda Microsoft yangi – Surface Laptop 4 noutbukining reklama videosida Apple’ni masxara qilgan edi. Endi esa kupertinolik korporatsiyaning asosiy raqibi uning ustidan kulib ikkita videorolik chiqardi.

Milliard martadan ko‘p o‘rnatib olingan navbatdagi Samsung ilovasi

Shu paytgacha janubiy koreyalik gigantning Samsung Internet, Samsung Email, Samsung Voice Recorder va boshqa ayrim dasturiy ta’minot mahsulotlari milliard martadan ziyod ko‘chirib olingan edi.

Galaxy A22 5G hamda Galaxy A22 4G suratlari va xususiyatlari chiqdi

Galaxy A22 smartfonini Samsung ikki xil – 5G hamda 4G versiyalarda tayyorlamoqda. 91mobiles nashri ularning render suratlari hamda ayrim texnik xususiyatlarini e’lon qildi.

Kutilmagan Galaxy F52 5G: ilk «jonli» suratlari va texnik xususiyatlari

Yoqiq ekranida aks etgan texnik xususiyatlariga ko‘ra, ushbu qurilma SM-E5260 model raqamiga ega. Uning yassi displeyida old kamera uchun tirqish, plastik korpusida USB-C porti hamda quloqchin tirqishi mavjud.

Galaxy Buds Pro quloq kasalliklarini keltirib chiqaryapti

Samsung rasmiy saytining ta’kidlashicha, naushniklar tarkibida akrilat va nikel mavjud, shu sababli allergiyadan aziyat chekuvchi insonlarga uni uzoq vaqt taqmaslik tavsiya etiladi.

Samsung’ning eng oshkor siri: insayderlar allaqachon Galaxy A82 5G rasmiy videosini ham tarqatishdi!

Garchi Samsung kompaniyasining o‘zi uni rasman e’lon qilmagan ham bo‘lsa-da, biz allaqachon uning anboksing videosini ham namoyish etganmiz.

Yozda chiqayotgan Galaxy Z Flip 3 birinchi «jonli» va sifatli suratlarda!

Samsung yaqinda Galaxy Z Flip buklamafonini atigi 200 dollardan sotayotgani haqida yozgan edik. Ushbu saxiylik sabablaridan biri shundaki, kompaniya tez orada ushbu turkumning yangi vakilini taqdim etadi.

Galaxy S21 FE allaqachon surati bilan Samsung rasmiy saytiga chiqdi!

Standart Galaxy S21 hamda Galaxy S21+ flagmanlarida selfi uchun 10 megapiksellik sensor qo‘llangan bo‘lsa, Galaxy S21 FE modeli 32 megapiksellik old kameraga ega bo‘ladi.

Viloyatlardagi «O‘zbektelekom» ofislarida Galaxy smartfoni xarid qilib, sovg‘aga Samsung poverbanki oling!

2021 yil 24 maygacha bo‘lgan davr mobaynida smartfonlardan biri xarid qilganda, har bir abonent sovg‘a sifatida Samsung poverbankini qo‘lga kiritadi.

Galaxy S21 flagmanlari tannarxi hatto Galaxy S20’larnikidan ham past ekan: nimalarda tejashgan?

Umuman olganda, janubiy koreyalik texnogigantning yangi avlod flagmanlari tannarxi 400 – 600 dollarga to‘g‘ri kelmoqda.

«Eng qudratli Galaxy gadjetlari»ning narxlari ma’lum: 14 dyuymlik noutbuk atigi 350 dollardan!

14 dyuymlik Full HD displey, 4/128 GBlik xotira, Snapdragon 7c protsessori hamda Windows 10 Home tizimi bilan jihozlangan noutbuk o‘rtacha smartfondan ham arzon narxda!

Samsung «eng qudratli Galaxy qurilmasi»ning taqdimot kunini e’lon qildi

Mazkur anjumanda taqdim etilishi kutilayotgan devayslar kuchli apparat ta’minoti hamda OLED-ekranlarga ega bo‘lib, 5G texnologiyasi va S-Pen stilusini ham qo‘llab-quvvatlaydi.

Galaxy S20 olishga shoshilmang – Galaxy S21’lar undan arzon chiqadi!

Koreyadagi insayderlarning xabar berishlaricha, yetakchi smartfonsoz navbatdagi flagmanlariga kelib, narx siyosatini o‘zgartirmoqchi.

Samsung smartfon va planshetlariga Android 11 (One UI 3.0) kelishining rasmiy yo‘l xaritasi

Qarang-chi, bu ro‘yxatda siz ishlatayotgan yoki olmoqchi bo‘lib yurgan modeli ham bormikan?

Galaxy M41 o‘rniga Samsung ikkita arzon smartfon chiqaradi

Samsung arzon smartfonlar turkumida Galaxy M41 modelini tayyorlab, negadir oxirida undan voz kechgan edi. Uning o‘rniga chiqqan Galaxy M51 esa kompaniyaning eng sig‘imdor akkumulyatorga ega telefoni bo‘ldi.

Facebook rahbari bir necha yildan beri faqat shu kompaniya smartfonlarini ishlatadi (video)

Taniqli bloger Markus Braunli (Marques Brownlee) yaqinda Facebook asoschisi Mark Sukerberg bilan intervyu uyushtirdi. Suhbatda bu milliarderning qanday smartfon ishlatishi haqida ham savol berilgan.

O‘g‘irlangan Samsung smartfonlarini endi internetga ulanmagan bo‘lsa ham topa olasiz!

Bundan tashqari, agar oxirgi marta ushbu smartfonga ulangan bo‘lsa, aqlli soat va quloqchinlarni ham topish mumkin.

Android 10’gacha allaqachon yangilangan smartfonlar hamda undagi o‘zgarishlar ro‘yxati – Galaxy A50 misolida

2019 yilning eng mashhur smartfonlaridan bo‘lgan Galaxy A50 ham 9 apreldan aynan O‘zbekistonga mo‘ljallangan One UI 2 bilan Android 10’ni qabul qila boshladi. Undagi ba’zi yangi imkoniyatlar bilan tanishamiz.

Samsung smartfonlari va planshetlarida bepul TV Plus servisi paydo bo‘ladi

Kompaniya o‘zining «aqlli» televizorlarida Samsung TV Plus servisini ishga tushirgan. Turli yo‘nalishlardagi yuzdan oshiq telekanallarni o‘z ichiga olgan bu bepul xizmat endi mobil qurilmalarga ham chiqadi.

Jahon smartfon bozorida naq 50 foizgacha pasayish!

Savdoning pasayishi barcha smartfonsozlarda kuzatilyapti, ammo Samsung yangi flagmanlari borasida ahvol chatoq: Galaxy S20 lineykasining sotilishi o‘tgan yilgi Galaxy S10 modellaridan salgina yuqori!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш