iPhone 11’lar uchun «homilador» g‘iloflar chiqdi – naq bitta Redmi 8 narxida!

Smart Battery Case g‘iloflariga akkumulyator ham qo‘shilgani bois ular «bukri» yoki «ikkiqat» ko‘rinishda. Qo‘shimcha batareya sharofati bilan iPhone 11’larga 50 foizgacha qo‘shimcha quvvat baxsh etish mumkin.

«Homilador» g‘iloflar: Apple ayfonlar uchun Smart Battery Case – g‘ilof-batareya sota boshladi!

Apple avval iPhone 7 va iPhone 6/6s uchun ham «ikkiqat» g‘iloflar chiqargan edi. Yangilari 2018 yilgi modellarga mos, Qi simsiz quvvatlash texnologiyasiga ega bo‘lib, ikki xil: oq va qora ranglarda.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш