Nihoyat, Honor Watch Magic smart-soati rasman namoyish etildi

NFC, GPS, Beidou va GLONASS molullari, barometr va kompasga ega Honor Watch Magic to‘la quvvat bilan bir haftagacha ishlay oladi, 50 metrgacha suv tubiga tushganida ham unga shikast yetmaydi.

iPhone va Apple Watch’larni «o‘ldirgan» gaz Android-smartfonlarga ta’sir etmadi!

Mazkur gaz iPhone yoki Apple Watch qurilmalarini ishdan chiqarish uchun o‘n daqiqalik teginish yetarli bo‘ladi. Gadjetlarni keyin yana o‘z holiga qaytarish mumkin, ammo bunga bir haftadan ko‘proq vaqt ketadi.

Hali taqdim etilmagan Honor Watch’ni ilk suratlarda ko‘ramiz!

Lite OS operatsion tizimli Honor Watch yurak urishini o‘lchovchi TrueSeen 3.0 skaneriga, GPS va NFC modullariga va kuchli akkumulyatorga ega bo‘lib, barcha funksiyalari yoqiq holida ham quvvati 7 kunga yetadi.

RASMAN: Xiaomi 27 sentyabrda birdaniga beshta «aqlli» devays taqdim etadi!

Kompaniya e’lon qilgan animatsiyali suratda yangi mahsulotlarga ishora qiluvchi beshta bir xil belgicha takrorlanadi.

Apple Watch Series 4 – dunyodagi ilk romsiz smart-soat taqdim etildi! (+video)

EKG funksiyali Apple Watch Series 4 kishining salomatligini yanada yaxshiroq yanglaydi va mustaqil holda «Tez yordam» chaqiradi ham! IP68 standartidagi himoya evaziga u bilan 50 metr suv ostiga sho‘ng‘isa bo‘ladi.

«Vaqti keldi»: Qualcomm smart-soatlar protsessorining ikkinchi avlodini taqdim etyapti!

Qualcomm kompaniyasi 10 sentyabrga belgilangan taqdimot marosimi uchun taklifnoma tarqatmoqda. Unda faqatgina doirasimon shaklli «aqlli» soat tasviri hamda «It's Time» («Vaqti keldi») yozuvi mavjud.

Apple Watch yana bir «qahramonlik» ko‘rsatdi!

Ayni kunlarda o‘z uyida salomatligini tiklash bilan mashg‘ul Mayk Lavning ta’kidlashicha, agar Apple Watch ishlatmaganida, u hozir qabrda bo‘lishiyam mumkin edi.

Google kuzda qanday gadjetlarini taqdim etadi?

Insayderlar bergan ma’lumotlarga ko‘ra, Google’ning barcha yangi qurilmalari joriy yilning oxirigacha savdoga ham chiqariladi.

Samsung bexosdan Galaxy Watch’ning surat va jihatlarini e’lon qilib yubordi

Sayt ma’murlari bu xatolikni payqab qolib, tezda ma’lumotlarni o‘chirishgan, ammo shungacha saytdan olingan skrinshotlar ham yetarli...

Galaxy Watch «aqlli» soatining taqdimot va savdoga chiqish vaqti ma’lum bo‘ldi

Samsung Galaxy Watch o‘lchamiga ko‘ra ikki xil variantda chiqishini ham aytishmoqda. Tabiiyki, ularning narxida ham farq bo‘ladi.

Ckyrin S10 – quvvati 4 kunga yetuvchi, 5 metr suv tubida ishlovchi, 3G-modem va kameraga ega «aqlli» soat

Smart-soatda NanoSIM-karta uyachasi mavjud – 3G tarmoqlarida so‘zlashish va SMS-xabar almashish imkoni bor. Shuningdek, u Wi-Fi, Bluetooth 4.0, GPS modullari hamda 2 megapikselli kamera bilan jihozlangan.

Apple Watch’larda endi tugmacha ham o‘zgacha bo‘ladi!

Apple smart-soatlarining yon qirrasidagi moddiy tugma o‘rniga sensor tugmacha qo‘llanadi. Bu shunchaki sensor bo‘lmasdan, balki xuddi smartfonlardagi kabi Taptic Engine funksiyasiga ega bo‘ladi.

Ikkita ekranli, bitta quvvatda 30 kungacha ishlay oladigan «aqlli» soat yaratildi!

Mobvoi TicWatch Pro’ning asosiy – OLED-ekrani ustiga yana bitta displey o‘rnatilgan va u monoxrom – oq-qora bo‘lishdan tashqari, shaffof ham bo‘lib, asosiy ekrandagi ma’lumotni o‘qishga aslo xalaqit bermaydi.

Tim Kukka maktub: «Apple Watch meni bir o‘limdan saqlab qoldi!»

D’Akuino qo‘lidagi Apple Watch xavotirli signal chalib, uning yurak urishi tezlashgani haqida xabar bergan. Holbuki, bu paytda u o‘zini mutlaqo sog‘lom his etayotgan edi...

Pixel Watch: nihoyat, Google ham o‘zining ilk smart-soatini chiqaryapti!

Pixel Watch «qidiruv giganti»ning birinchi smart-soati bo‘lib, Wear OS operatsion tizimi boshqaruvi ostida ishlaydi, «sun’iy ong» texnologiyalari hamda Google Assistant bilan o‘zaro integratsiyalashgan bo‘ladi.

Apple Watch ham endi kamera va Face ID’ga ega bo‘ladi

Apple Watch uchun yangicha dizaynga patent olindi: endi bu «aqlli» soatlar «ko‘zli» ham bo‘ladi, ya’ni ularga kamera hamda egasining yuzini tanib blokirovkani ochuvchi Face ID tizimi joriy etiladi.

Qaynonasini o‘ldirgan kelinni Apple Watch fosh etdi

Kelinning aytishicha, qaynonasi to‘polonchilar bilan 20 daqiqa janjallashgan; ammo Apple Watch ko‘rsatkichlaridan ma’lum bo‘lishicha, ayolning o‘ldirilishi bir lahzadayoq yuz bergan.

Xushxabar: Xiaomi smartfonlari arzonlashdi, shu va boshqa devayslarining narxlari bilan tanishing! (2018 yil 29 mart)

Xiaomi’ning bir yillik va bir oylik kafolatga ega smartfonlariga, fabletlari, «aqlli» bilaguzuklari va smart-soatlariga so‘mda belgilangan narxlar bilan tanishing!

Apple Watch’lar bu yil jiddiy o‘zgarishga uchraydi

Apple Watch Series 4 joriy yilning uchinchi choragida taqdim etiladi. Korporatsiya uning displeyini 15 foizga kattaytirishi kutilmoqda, ammo buning aynan nima evaziga qilinishi hozircha ma’lum emas.

Toshkentda Xiaomi smartfonlari va boshqa gadjetlari narxlari (2018 yil 26 mart)

«Xitoycha Apple»ning bir yillik va bir oylik kafolatga ega smartfonlariga, fabletlari, «aqlli» bilaguzuklari, smart-soatlari hamda televizor pristavkasiga so‘mda belgilangan narxlar bilan tanishing!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш