TOP-10: Eng ommabop smartfonsozlar reytingida Apple’ni ikkinchi o‘rindan tushirishdi!

Apple’ni quvib o‘tgan smartfosoz 49,9 millionta mobil qurilma sotib, bir yilda eng yirik – naq 72,9 foizlik sakrashga erishgan. Ammo bu borada Realme barchadan o‘zib ketgan – 174,5 foizlik o‘sish!

MIUI+ texnologiyasini qo‘llab-quvvatlovchi 34 xil Xiaomi, Redmi va Poco smartfoni

MIUI 12.5 grafik qobig‘i yangi – MIUI+ texnologiyasini ham o‘z ichiga olgan. Ammo ushbu grafik qobiq bazasidagi proshivkani olgan (yoki oladigan) smartfonlarning hammasi ham uni qo‘llab-quvvatlamaydi.

Huawei P50 hamda P50 Pro chiqdi: Snapdragon 888 va Kirin 9000, ilg‘or kameralar, yangi dizayn va HarmonyOS 2.0

Har ikkala flagman ham stereodinamiklar, NFC, IP68 standartidagi himoya hamda HarmonyOS 2.0 operatsion tizimi bilan taqdim etilmoqda.

TOP-10: Eng sekin arzonlashuvchi smartfonlar (2021 yil iyun)

Kuchli o‘ntalikka uchtagina smartfonsozning mahsulotlari kirgan. Reyting shohsupasini hamda umuman ro‘yxatdagi naq oltita pog‘onani bitta kompaniyaning vakillari band etgan.

Uch kunda ikkinchi yangi smartfon: Poco X3 GT taqdim etildi! (+anboksing videosi)

Xiaomi korporatsiyasining Poco subbrendi 26 iyulda Poco F3 GT smartfonini namoyish qilgan edi. Oradan ikki kun o‘tib, ya’ni 28 iyul sanasida u Xiaomi Poco X3 GT rusumli telefonining ham taqdimotini o‘tkazdi.

Samsung birinchi galda Android 12’ga o‘tuvchi smartfonlarini rasman aytdi

Bu haqda rasmiy forumda e’lon qilgan kompaniya vakilining ta’kidlashicha, mazkur apdeyt yangi avlod – Samsung One UI 4.0 foydalanuvchi interfeysini ham o‘z ichiga oladi.

iOS’dan ma’lumotlarni Andriod’ga o‘tkazish osonlashadi

Google muhim ma’lumotlarni va sozlamalarni iPhone’dan Android-smartfonga osongina uzatadigan dastur ishlab chiqdi. Unda hattoki dasturlarni ham o‘tkazish mumkin bo‘ladi.

Xiaomi ikkita flagmaniga global MIUI 12.5 proshivkasini tarqatmoqda

Har ikkala smartfon uchun yangi apdeyt Android 11 operatsion tizim talqini bazasida tayyorlangan bo‘lib, v12.5.1.0 RJDMIXM raqami ostida tarqatilmoqda.

Axon 30 5G chiqdi: umuman ko‘rinmas selfi-kamerali smartfon 340 dollardan!

Snapdragon 870 chipli Axon 30 5G modeli 64 MPlik kvadrokamera, UFS3.1 toifali doimiy xotira, NFC moduli hamda tezkor xotirani kengaytiruvchi Memory Fusion Technology texnologiyasi bilan ham ta’minlangan.

Magnitli simsiz quvvatlantirgichli ilk Android-smartfon – Realme Flash suratlari tarqaldi

Android tizimli smartfonlar orasida birinchi bo‘lib Realme kompaniyasi o‘z qurilmalari uchun xuddi Apple kabi magnitli simsiz quvvatlantirgich — Flash’ni taqdim etdi.

iPhone 14 Pro: zanglamas po‘lat o‘rniga titan!

iPhone 13 turkumi taqdim etilmay turib, allaqachon iPhone 14 seriyasi haqida ma’lumotlar tarqalmoqda. Jumladan, biz ularning ayrim xususiyatlari va iPhone 14 Pro Max modelining narxini e’lon qilganmiz.

«Xavfli sozlama»: smartfondagi bu funksiyani darhol o‘chirib qo‘ying!

Ekspertning ta’kidlashicha, soxta ulanish nuqtalariga login va parol orqali kirishda foydalanuvchilar o‘z qurilmalariga zararli dasturlarni yuqtirib olishlari hech gap emas.

Mobil fotografiya tanlovida 2013 yilgi smartfon sovrindor bo‘ldi

Bu modelning kamerasida BSI texnologiyali bittagina datchik bo‘lib, u atigi 8 MPlik aniqlikka hamda f/2.2 aperturaga ega. Lekin mazkur smartfon tarixdagi eng zo‘r iPhone modellari ro‘yxatiga kirgan.

Redmi K40 Gaming Edition yangi versiyada chiqdi – 30 dollarga qimmat!

Redmi K40 Gaming Edition Inverse Scale tezkor/doimiy xotira hajmiga ko‘ra faqat bir xil – 12/256 gigabaytlik konfiguratsiyada taqdim etilgan. Xo‘sh, uning farqi faqat narxidami?

Nokia naq Android 14’gacha yangilanuvchi «o‘lmas» 5G-smartfon chiqardi!

Nokia XR20 smartfonining texnik xususiyatlari o‘rtacha, ammo u beshinchi avlod uyali aloqa tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlaydi. HMD Global buning uchun uni Qualcomm Snapdragon 480 5G protsessori bazasida tayyorlagan.

«Jonli» surat Xiaomi Mi Mix 4’ning bir nechta «fishka»sini fosh etdi

Xiaomi korporatsiyasi Mi Mix 4 smartfonini ko‘rinmas ekranosti kamera hamda orqa panel displeyi bilan ta’minlashi aytilgan. Biz mazkur flagmanni har tomonidan ko‘rsatuvchi videoni ham e’lon qilganmiz.

Huawei P50 Pro taqdimotidan avval kompaniya rasmiy do‘konida uni ko‘rsatishdi (video)

Mazkur video Huawei kompaniyasining rasmiy chakana savdo do‘konida suratga olingan. Qisqa lavhada do‘konchi Huawei P50 Pro smartfonini aylantirib ko‘rsatgan va operatorga uzatgan.

Avgustda chiqayotgan yangi flagman GeekBench’da rekord o‘rnatdi

AnTuTu servisining eng baquvvat flagmanlar reytinglarida ketma-ket uch oydan beri yetakchilik qilib kelayotgan geymerofondan ham kuchli model!

IMEI-kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazishdagi noroziliklarga rasmiy munosabat bildirildi

Ijtimoiy tarmoqlarda fuqarolarning shaxsiy ma’lumotlari o‘g‘irlanishi, ro‘yxatdan o‘tishda byurokratik va mantiqsiz to‘siqlar qo‘yilishi kabi tizimga ayb qo‘yilmoqda. Xo‘sh, ushbu fikrlar qanchalik asosli?

UzIMEI: «Jallod choychaqasi» va «tishsiz» Parlament haqida

Bu tizimdagi to‘lovni bekor qilish haqidagi petitsiyani 10 mingdan ortiq kishi imzoladi, ammo Parlamentning qo‘lidan hech vaqo kelmadi. Na Senat, na Qonunchilik palatasining «tishi o‘tmadi».

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш