Bunaqasi bo‘lmagan: g‘isht o‘rniga iPhone’lardan devor qurishdi! (+video)

Antiqa «qurilish materiali»ning ranglari ham, o‘lchamlari ham turlicha. Ayfon terib qurilgan devor qiziq ko‘rinishidan tashqari, mustahkam ham bo‘lsa kerak.

394 dollarlik Redmi K30 Pro ming dollarlik iPhone 11 Pro Max’ni jangga chorladi! («jonli» video)

Eng kuchli Android-protsessorli eng arzon flagmanning samaradorligini zamonamizning eng kuchli mobil chipsetiga ega bo‘lgan ayfon bilan solishtirib ko‘rishdi. Natijadan Stiv Jobs ham hayratga tushgan bo‘lardi!

To‘rt yil avvalgi smartfon barcha iPhone va iPad’lardan ustun keldi! (AnTuTu reytingi, 2020 yil may)

AnTuTu benchmarki turli qurilmalardan egalarining rozilik, qoniqqanlik darajasi bo‘yicha ham reytinglar e’lon qilib keladi. Ularning navbatdagisi Apple smartfonlari va planshetlariga bag‘ishlangan.

Apple qancha chiranmasin, iPhone 12’lar taqdiri baribir Samsung’ga bog‘liq!

Ularning hatto iPhone 11’dan ham arzon bo‘lishi uchun BOE Technology taqdim etgan arzonroq matritsa qo‘llanishi ham aytilgan. Ammo Samsung’dan boshqasi bunaqa hajmda displey yetkazib bera olmaydi-da!

2019 yilning eng xaridorgir smartfoni 200 dollargacha chegirma bilan sotilyapti!

Uning xaridida, modifikatsiyasiga qarab, 100 dollardan 200 dollargacha (dastlabki narxiga nisbatan) tejash mumkin. Tejamkorlik tanlangan modelning narxiga mos ravishda o‘sib boradi.

Narkobaronning akasi Apple’ni sudga berib, o‘zi atigi 499 dollardan tilla iPhone 11 Pro sotyapti!

FaceTime’dagi zaiflik sababli iPhone X himoyasini buzib kirib, Roberto Eskobarga tahdid qilishgan. Chiqimlar va ma’naviy zararni ham hisoblab, u Apple’dan 2,6 milliard dollar kompensatsiya talab qilyapti.

Yangi reyting: iPhone 11 – shunchaki bestseller emas!

Bu galgi yetakchilar ro‘yxatida arzon smartfonlar yo‘q hisobi. Shuningdek, reytingda uchtagina smartfonsozning turli modellari mavjudligini ham ta’kidlash kerak.

iPhone «operativka»sini tezda tozalashning eng oson yo‘li topildi! (+video)

O‘zingiz sinab ko‘ring va bu usuldan yaqinlaringiz ham boxabar bo‘lishlari uchun ularga mazkur xabarni tavsiya eting!

Apple – AQSh g‘ururi, lekin reytingda kuchli uchlikni boshqa kompaniya smartfonlari band etdi!

American Customer Satisfaction Index tashkiloti foydalanuvchilarning o‘z smartfonlaridan qoniqqanlik darajasini aniqlovchi yillik tadqiqot natijasini e’lon qildi. Unda kutilmagan ko‘rsatkichlar aks etgan.

iOS 14 proshivkasigacha yangilanuvchi iPhone’lar ro‘yxati chiqdi

Trend Digital Station nashri yozishicha, 15 xil modeldagi iPhone hamda yettinchi avlod iPod Touch ushbu proshivkagacha yangilanadi.

Suv tubida sakkiz oy jon saqlagan smartfon o‘z egasini ham hayratga soldi!

Daryo suvi pasayganidan so‘ng smartfonni tasodifan topib olgan odam insofli ekan: g‘ilofi ichidagi vizitkasi orqali uning egasi bilan bog‘lanib, pochta orqali jo‘natgan. Eng qizig‘i – devays ishlayotgan edi!

7 xil iPhone egalariga Apple naq 500 million dollar to‘lamoqchi, lekin...

Apple yangi smartfonlari savdosini jonlantirish maqsadida eski rusumlardagi ayfonlarini sekinlashtirishi fosh etilgan. Xaridorlari bir necha bor sudlashgan bo‘lsa-da, kompaniya shu qilig‘ini qo‘ymagan.

Xiaomi rahbari «o‘z kompaniyasiga xiyonat» bilan qo‘lga tushdi!

Weibo ijtimoiy tarmog‘ida post chiqarayotib, Ley Szun bitta ehtiyotsizlikka yo‘l qo‘ygan. Unda top-menejer shunchaki o‘zi xarid qilgan kitoblar haqida yozgan, ammo gap boshqa yoqda...

iPhone SE 2’ning yana bitta salbiy jihati fosh bo‘ldi

Hamyonbop ayfon 18 vattlik zaryadlana oladi, ammo shunday adapterni ham, unga tushadigan kabelni ham alohida sotib olish kerak. Lekin iPhone SE 2’ni tezkor quvvatlash borasidagi yagona kamchilik bu emas ekan.

Yangi reytingda iPhone 11’dan keyingi – ikkinchi o‘rinni atigi 140 dollarlik smartfon egalladi!

Ushbu ro‘yxatga yana iPhone 11 Pro va 11 Pro Max, Samsung Galaxy A51, Galaxy A10S, Redmi Note 8 Pro, Galaxy A20S, Galaxy A01, Redmi 8A kabi smartfonlar ham kirgan.

Nokia: «Azizim, dunyoga bevaqt kelibmiz...»

Yilning 1-choragida dunyo bo‘ylab 300 milliontadan kam smartfon sotilgan. Bu o‘tgan yilning shu davridagiga nisbatan 13 foizga pastdir. Xitoyda esa ahvol yanada chatoq – pasayish 27 foizga yetgan!

iPhone SE 2’dan qo‘rqqan Samsung eng yangi flagmanlarini 50% chegirma bilan sotyapti!

To‘g‘ri, iPhone SE 2 narxiga va xususiyatlariga ko‘ra Galaxy S20’larga to‘g‘ridan-to‘g‘ri raqib emas. Lekin Samsung aynan u sotila boshlashi bilan bu flagmanlarini bozorda ilgari surishga zo‘r bermoqda.

iPhone SE 2020 kuchliroqmi yoki 2018 yilgi iPhone XS? «Jonli» testda taqqoslaymiz!

Tim Kuk da’vosicha, iPhone SE 2 modeliga birorta ham Android-smartfon bas kela olmaydi. Xo‘sh, boshqa ayfonlarga solishtirganda, ikkinchi avlod iPhone SE qanaqa ko‘rsatkichlar namoyon etadi?

Yetti oydan buyon yetakchilikni qo‘ldan bermayotgan smartfon!

Kuni kecha kupertinoliklar rahbari iPhone SE 2020 modelining istalgan Android-smartfondan asosiy afzalligini aytib maqtangan. Ammo uning bozordagi real muvaffaqiyatlarini hali keyingi oylarda ko‘ramiz.

Apple rahbari iPhone SE 2020’ning istalgan Android-smartfondan asosiy afzalligini ma’lum qildi

Korporatsiya rahbariga ko‘ra, iPhone SE 2020 aholining o‘rtacha daromadi pastroq bo‘lgan mamlakatlarda yaxshi sotilishi kerak. Bu model ko‘plab Android-smartfonlar egalarining ayfonga o‘tishlarini ta’minlaydi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш