11 avgustda Samsung taqdim etgan barcha gadjetlar oltita rasmiy videoda!

Galaxy Unpacked 2021 tadbirini tomosha qila olmaganlar uchun Samsung unda ko‘rsatilgan devayslarining rasmiy roliklarini chiqardi.

11 avgustda Samsung taqdim etadigan TWS-quloqchin va ikki xil buklamafon narxlari ma’lum bo‘ldi

Bulardan tashqari, Samsung mazkur tadbirida Galaxy Watch 4 Classic rusumli yangi aqlli soatini ham namoyish etishi kutilmoqda. Uning narxi hozircha noma’lum.

Bolalarga mo‘ljallangan Watch Phone Z1 «telefon-soati» chiqdi

Watch Phone Z1’ning o‘ziga xosligi uning videoqo‘ng‘iroqlar uchun mo‘ljallangan frontal kamerasida. Yangi soat butun dunyo bo‘ylab 13 diapazonda 4G aloqa tarmog‘iga ulanishni ta’minlaydi.

28 iyunda namoyish etiladigan Galaxy Watch 4 ilk rasmiy suratlarda

Galaxy Watch 4 xaridorlarga ikki xil – diametri 40 va 44 millimetrlik korpuslarda taklif etiladi. Mish-mishlarga ko‘ra, mazkur smart-soatda yangicha funksiya – tanadagi yog‘ foizini aniqlash imkoni ham bo‘ladi.

4G chipli, videoqo‘ng‘iroq funksiyali smart-soat 58 dollardan sotuvga chiqdi!

Qurilma namlikdan himoyalangan, akkumulyator sig‘imi 900 mA/soat. Shuningdek, u o‘z egasiga turgan joyni aniq kuzatish va XiaoAI ovozli yordamchisidan foydalanish imkoniyatini beradi.

20 yoshli ayolning qotilini «aqlli» soat va smartfon topib berdi

Mash’um voqeadan so‘ng uning eri politsiyaga ma’lum qilishicha, uyga uch nafar shaxs o‘g‘rilikka tushgan. Ular taxminan 15 ming yevroni o‘g‘irlashgan, uy egasini bog‘lab qo‘yib, xotinini o‘ldirib ketishgan.

Bu yil chiqayotgan Apple Watch Series 7 xususiyatlari

Yaqinda biz Apple Watch Series 6 o‘z tannarxidan necha baravar qimmatga sotilayotgani haqida xabar bergan edik. Endi esa Bloomberg nashri uning keyingi avlodi to‘g‘risida ma’lumotlarni e’lon qildi.

Apple Watch 6 o‘z tannarxidan necha baravar qimmatga sotilayotganini bilasizmi?

Tag‘in nafaqat soatning butlovchi qismlari, balki uni terish xarajatlari, sinash jarayoni va hatto dasturiy ta’minotni tayyorlashga ketgan xarajatlar ham ushbu summaga kiritilgan!

Meizu Watch chiqdi: flagman Snapdragon chipi, eSIM va NFC (+video)!

eSIM texnologiyasi sharofati bilan Meizu Watch smartfonga bog‘lanmasdan, to‘liq avtonom rejimda ham ishlay oladi – uning o‘zidanoq qo‘ng‘iroq qilish mumkin!

HarmonyOS tizimida ishlayotgan Huawei Watch 3 ilk «jonli» videoda!

Huawei Watch 3 ikki xil versiyada chiqishi ma’lum bo‘lgan, standart talqini Bluetooth interfeysiga ega. Yanada ilg‘or Watch 3 Pro esa eSIM texnologiyasiga hamda to‘laqonli avtonom ishlash imkoniyatiga ega.

HarmonyOS tizimli ilk qurilmani Huawei’dan ham oldin boshqasi chiqaryapti!

31 may kuni namoyish qilinadigan gadjetning tizerida «Hello, HongMeng» yozuvi ham aks ettirilgan. «HongMeng» – bu Harmony OS tizimining xitoycha nomidir.

TOP-5: Dunyo bozorida qaysi aqlli soatlar eng ko‘p sotilyapti? (2021 yil 1-chorak)

Counterpoint Research hisobotiga ko‘ra, mazkur muddatda jahon bo‘yicha sotilgan aqlli soatlar soni 2020 yilning shu davriga nisbatan 35 foizga oshgan.

HarmonyOS tizimli gadjetlar namoyishini Huawei videotizerda e’lon qildi

Huawei korporatsiyasi ularning taqdimot kunini Weibo ijtimoiy tarmog‘idagi o‘z sahifasida hamda rasmiy YouTube-kanalidagi videoda tasdiqladi.

Avtonomligi 14 kunga boruvchi, GPS chipli va IP68 himoyali Realme Watch 2 Pro chiqdi (video)

Realme Watch 2 Pro smartvotchi katta – 1,78 dyuymlik, tasvir aniqligi 32x285 piksellik ekranga ega. Displeyning maksimal yorqinligi 600 nit, kadr yangilanish chastotasi esa 30 gersga teng.

Realme to‘rt xil yangi gadjetining namoyish kunini va suratlarini e’lon qildi

Joriy yilning 1-choragida Yevropa bozorida smartfon sotish hajmini eng ko‘p – naq 183 foizga oshirgan brend Realme bo‘ladi. Mazkur kompaniya boshqa devayslar yo‘nalishida ham o‘zini ko‘rsatmoqda...

13 may kuni Xiaomi yana bir gadjetini namoyish etadi (+video)

Xiaomi kompaniyasi Hindiston bozoriga Redmi Note 10S smartfonini taqdim etayotgani haqida yozgan edik. Ma’lum bo‘lishicha, o‘sha tadbirning o‘zida Redmi brendi navbatdagi aqlli soatini ham namoyish qilar ekan.

Yangi smart-soat qon bosimini ham, qondagi shakar va alkogol miqdorini ham ayta oladi!

Uchta yangi ko‘rsatkich sensorlari salomatlikni monitoring qilish imkoniyatlarini kengaytiradi. Ular yordamida diabet, gipertoniya va boshqa xastaliklar rivojlanishining oldini olish mumkin bo‘ladi.

2020 yilgi ikki xil Apple Watch ham 100 dollargacha arzonlashib sotuvga chiqdi

Apple Watch Series 6 smart-soati hamda arzonlashtirilgan smartvoch – Apple Watch SE modeli 2020 yil 15 sentyabrdagi onlayn marosimda namoyish qilingan edi.

Bitta quvvatda 12 kun ishlay oluvchi Realme Watch 2 taqdim etildi

Smartvotch boshida 14 xil sport rejimini qo‘llab-quvvatlaydi, biroq ishlab chiqaruvchi keyinroq unga yangilanishlar orqali 90 ta rejim yetkazib berishni va’da qilmoqda.

Namoyishidan avval anboksing videosida Realme Watch 2 texnik jihatlari bilan tanishing!

IP68 standartiga ko‘ra suv va chang kirishidan himoyalangan Realme Watch 2 avtonomligiga 305 mA/soatlik akkumulyator mas’ul – uning to‘la quvvati qurilmaning 12 kungacha ishlashiga yetadi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш