Telegram Desktop 4.3.3 versiyaga yangilandi!

Ushbu yangilanish avvalgi versiya bilan bog'liq muammolarni bartaraf qiladi.

Kompyuter uchun Telegram'ga uzoq kutilgan yangilanish chiqarildi!

Biroq yangilanish dasturda bir qancha muammolarni keltirib chiqardi va ushbu maqolamizda ularni qanday to'g'rilanishni ko'rib chiqamiz.

Telegram ilovasi 8.6 versiyaga yangilandi

Yuklanmalar menejeri, yangi biriktirmalar menyusi, Android uchun yarim shaffof interfeys va boshqalar.

Telegram Desktop’da yangi imkoniyatlarni qarshi oling!

Agar akkauntingiz parolini unutgan bo‘lsangiz va uni tiklash uchun qo‘llanuvchi elektron pochtangizga kirish imkoningiz bo‘lmasa, endi ikki bosqichli autentifikatsiya yordamida akkauntga kirishni tiklasa bo‘ladi.

O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq chatbot ishga tushdi

Telegram’dagi HealthBuddy+ chatboti – nafaqat SOVID-19, balki emlashlar haqida aniq ma’lumot beruvchi yangi platforma. Shuningdek, uning ilovasini iOS va Android tizimli qurilmalarga o‘rnatib olish mumkin.

Telegram yangilandi: 1000 tagacha tomoshabinli video chaqiruvlar, video ijro tezligi, videoxabarlar 2.0 va boshqalar

Videokonferensiyalar rejimida 30 tagacha foydalanuvchi kamera va ekranidan video translyasiya qila oladi. Ularda 1000 tagacha tomoshabin onlayn leksiya, konsert, debatlar va boshqalarni tomosha qilishi mumkin.

Abituriyentlarga onlayn ruxsatnomalar berish boshlandi – Telegram’dan ham olsa bo‘ladi!

Test sinovlari 5 avgust sanasidan boshlanishini inobatga olgan holda abituriyentlardan ruxsatnomalarni 4 avgust sanasiga qadar yuklab olishlarini so‘raymiz, deyiladi xabarda.

Telegram’da rasman xayriya mablag‘larini yig‘ish funksiyasi ishga tushdi

Kanal, guruh yoki bot uchun «Tasdiqlangan» belgisini olish yaqinda osonlashgan edi. Operatorlardan biri esa bir yilga cheksiz Telegram, YouTube, Tas-IX, qo‘ng‘iroqlar yoki ijtimoiy tarmoqlarni taklif etadi.

Yangilangan Telegram’da animatsiyali fonlar va boshqa yangi imkoniyatlar

Guruhli videochatdan tashqari fonlarda va xabar yuborishda animatsiyalar, yangi botlar uchun menyu tugmasi, stiker import qilishning yangi usullari, akkaunt xavfsizligi eslatmalari va boshqalar taqdim etilgan.

Telegram’da guruhli videochat: yangi imkoniyatlarni qarshi oling!

Bu yangilanish sizga guruhlardagi ovozli chatlar davomida barcha qurilmalarda, jumladan, planshetlar va kompyuterlarda kamerangizni yoqish yoki ekraningizni ulashish imkonini beradi.

«Kasperskiy laboratoriyasi» ogohlantiradi: «Telegram endi xavfsiz emas!»

Telegram messenjerining foydalanuvchilariga tarkibida ziyonkor dasturiy ta’minot mavjud bo‘lgan ommaviy tarqatmalar kelmoqda. Bu to‘g‘rida «Kasperskiy laboratoriyasi» ogohlantiryapti.

Mijozlarini sotmagani uchun Telegram bloklanishi va €55 mln.gacha jarimaga tortilishi mumkin

Ichki ishlar vazirligidagi yetakchi lavozim egalaridan birining so‘zlariga ko‘ra, agar Telegram hamkorlik qilmasa, messenjer mazkur mamlakatda bloklanishi ehtimoli yuqori.

Telegram foydalanuvchilari, qiyin vaziyatga tushishdan oldin buni bilib qo‘ying!

Messenjer ma’muriyati rasman Telegram Desktop ilovasiga va messenjerning Web-versiyasiga endi SMS orqali kira olmasligingizni tasdiqlangan va buning muqobil yo‘llarini ko‘rsatgan.

Telegram asoschisining farzandlari allaqachon Forbes reytingiga kirdi!

Durovning bir qizi va bir o‘g‘li bor bo‘lib, u sobiq sevgilisi bilan birga ularning borligini yashirib kelgan. Ammo Forbes o‘rganishlar davomida milliarderning o‘g‘lining ismi Mixail ekanini aniqlagan.

Telegram rahbariga shaxsiy assistent kerak: BAA yoki Shveysariyaga ko‘chib o‘tishga tayyormisiz?

Ariza berish uchun bot bilan dialogni boshlash lozim; bunda ism, tug‘ilgan vaqti, qayerda yashashi, ma’lumoti ko‘rsatiladi. Nomzod boshqa mamlakatga, masalan, BAA yoki Shveysariyaga ko‘chib o‘tishga tayyor bo‘lishi kerak.

Telegram’da kanal, guruh yoki bot uchun «Tasdiqlangan» belgisini olish osonlashdi!

Messenjer foydalanuvchilari tez-tez beradigan savollardan biri – kanalga «Tasdiqlangan» belgisini qanday olish mumkinligidir. Telegram endi TikTok, Snapchat va «VKontakte» bilan ham «do‘stlashdi».

IT yo‘nalishidagi beshta Telegram-kanal

Pavel Durov messenjerining tematik kanallari ko‘pchilik uchun ijtimoiy tarmoqlardagi lentalarning o‘rnini bosgan. Quyida dasturlashga qiziqqanlar uchun mos keladigan kanallar to‘plami bilan tanishing.

Siz kutgan imkoniyat Telegram’ga may oyida qo‘shiladi!

«May oyida ovozli chatlarimizga video qo‘shamiz... Siz videokonferensaloqaning zamonaviy vositasidan kutgan barcha narsa tezlik va shifrlash bilan birgalikda Telegram’da», – deydi Pavel Durov.

Telegram O‘zbekistonda guruh va kanallarda to‘lovlarni qabul qilishga ruxsat berdi

To‘lov botlari 2017 yildan beri mavjud, ammo ular bilan foydalanish noqulay edi. Yangilangan Telegram’da to‘lovlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri qabul qilish imkoniyati tufayli botlar bilan ishlash osonroq bo‘ladi.

Telegram’ni yangilab oling: To‘lovlar 2.0, rejalashtirilgan ovozli chatlar va yangi veb-versiyalar

Bu galgi yangilanishda istalgan chatda to‘lash uchun to‘lovlar 2.0, ovozli chatlar uchun rejalashtirish va mini profillar, brauzerlar uchun Telegramning yangi versiyalari va boshqalar taqdim etilmoqda.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш