ASUS’ning 18 GB «operativka»li yangi geymerofoni tayyor: ROG Phone 5’dan farqlari

ASUS geymerofonlari hamisha AnTuTu servisining eng qudratli Android-flagmanlar reytinglarida yuqori o‘rinlarni olib keladi.

Har daqiqada 1733 dollar ishlab topayotgan yetti yillik bu o‘yin sizni ham qiziqtiradi!

Tarixdagi eng muvaffaqiyatli ko‘ngilochar loyihaga aylangan bu o‘yinni 2020 yilning o‘zidayoq 20 millionlik tirajda sotishgan. Taqdim etilganidan buyon sotilgan jami nusxalari esa 140 milliondan oshib ketgan.

Bir umr bepul o‘ynash uchun fazoviy sarguzasht o‘yinini butkul olib qo‘yishga ulguring!

Kuni kecha biz PlayerUnknown's Battlegrounds nomi o‘zgargani va bir hafta bepul bo‘lgani haqida yozgan edik. Endi esa...

Eng ko‘p «soqqa» keltirgan mobil o‘yinlar: iyulda g‘olib naq $299 mln ishlab olgan!

Mobil o‘yinlar bozorida iyulda $7,6 mlrd aylangan. Bunda AQSh geymerlari lider: shu pulning 29 foizi aynan ularning cho‘ntagidan chiqqan. Kuchli uchlikka Yaponiya (19,8%) va Xitoy (17,4%) geymerlari ham kirgan.

PUBG Mobile, TikTok, Instagram, YouTube va Telegram uchun operator alohida trafik beryapti

«Trafik+» xizmati doirasida ikkita yangi opsiya ishga tushirilgan – «YouTube, Telegram, PUBG Mobile» hamda «TikTok, Instagram, YouTube, Telegram, PUBG Mobile» opsiyalari.

Ajoyib poyga simulyatori – Forza Horizon 5 xaritasi va 12 daqiqalik geympley videosini tomosha qilamiz!

Bu qism xaritasi Forza Horizon 4’nikidan bir yarim baravarga katta bo‘lib, geymerlar unda tog‘lar va changalzorlar, jarliklar va plyajlar, qadimiy inshootlar va zamonaviy shaharlarni ham ko‘rishadi.

PUBGB kutilmaganda nomini o‘zgartirdi va bir hafta bepul bo‘ldi!

Bu o‘yin tez orada «free-to-play» modeli bo‘yicha tarqatila boshlashini yozgandik. Aftidan, loyiha mualliflari shunga tayyorgarlik ko‘rmoqda – uni bir hafta davomida bepul o‘ynash imkonini taqdim etishmoqda.

Uchta ommabop jangari o‘yinni 8 sentyabrdan o‘ynay olmaysiz, agarda...

7 sentyabrdanoq Call of Duty: Black Ops Cold War o‘yinini ushbu qurilmalarda o‘ynab bo‘lmaydi. 8 sentyabrdan Call of Duty: Modern Warfare hamda Call of Duty: Warzone o‘yinlarini ham shu qismat kutmoqda.

Ommabop mobil o‘yin ortiqcha vazndan, kasalliklardan va ichkilikbozlikdan qutulishga sabab bo‘ldi!

Bir necha oy orasida u tanib bo‘lmas darajada o‘zgargan – ko‘p terlaydigan, nafasi qisadigan, semiz, mudroq boboy go‘yoki yosharib, tetik erkakka aylangan.

5 avgustgacha ikkita o‘yinni bepul olib qo‘yib, bir umr bemalol o‘ynang!

Kuni kecha biz Google Play hamda App Store do‘konlari turli janrlardagi to‘qqizta o‘yin hamda beshta dasturni tekinga ulashayotgani haqida ham yozgan edik.

Google Play hamda App Store bir nechta o‘yin va ilovalarni vaqtincha bepul tarqatyapti!

Android uchun Mystic Pillars nomli syujetli boshqotirmaning vaqtincha bepul tarqatilayotgani haqida yozgan edik. Mobil ilovalar do‘konlari yana to‘qqizta o‘yin hamda beshta dasturni tekinga ulashyapti.

PUBG ishqibozlari uchun kutilmagan xushxabar!

Keyingi oydanoq PUBG ijodkorlari o‘yinni bir hafta mobaynida taqdim etishmoqchi; bunda ular geymerlarning reaksiyasini kuzatishadi

Pokemon GO chiqqanidan buyon qancha pul ishlab olganini tasavvur ham qilolmaysiz!

Hozir ham eng ommabop o‘yinlar o‘ntaligiga kirib turgan Pokemon GO o‘z yaratuvchilariga pul ishlab berishda davom etmoqda. 2021 yilning 1-yarmida bu o‘yin o‘z mualliflariga $642 million keltirgan.

Uch yillik hamyonbop smartfonga Windows 11 o‘rnatib, unda afsonaviy shuterni o‘ynab ko‘rsatishdi! (video)

Windows 11 o‘rnatish uchun kompyuterga qo‘yiladigan talablar ro‘yxati chiqqan. Microsoft’ning bu injiqligiga qaramasdan, havaskorlar allaqachon uni smartfonlarga ham o‘rnatib, hattoki o‘yinlar o‘ynashyapti!

Al-Azhar universiteti Ka’ba buzilishini o‘z ichiga olgan o‘yinlardan ogohlantiradi (+video)

Ro‘yxatga qo‘shilgan ommabop videoo‘yinlardan biri qurollarni yutib olish va keyingi bosqichga o‘tish uchun o‘yinchilarni Ka’bani buzishga undaydi.

7 iyuldan chiqayotgan PUBG yangi xaritasida sizni nimalar kutmoqda? (+video)

Ushbu apdeyt bilan o‘yinga «8 ga 8» o‘lchamidagi, Taego nomli yangi xarita qo‘shiladi. Geymerlarni unda biryo‘la bir nechta betakror mexanikalar kutmoqda – hatto «o‘lgan»lar ham o‘yinga qaytishlari mumkin!

Beshta Android-o‘yin vaqtincha bepul bo‘ldi – o‘rnatib olishga ulguring!

Google Play ilovalar katalogi mobil geymerlar uchun beshta o‘yinni tekinga tarqatmoqda. Ularni bepul payti smartfoningizga o‘rnatib olsangiz, keyin ham istalgan payt bemalol o‘ynayverasiz.

Qiziqarli poyga va yana bir pulli o‘yinni bir umr tekinga o‘ynash uchun 1 iyulgacha bepul olib qo‘ying!

Horizon Chase Turbo loyihasining yaxshi jihatlaridan biri shundaki, uni yakka holda ham, ko‘p foydalanuvchi rejimi tufayli do‘stlar bilan ham o‘ynash mumkin.

Jeyms Kemeronning «Avatar» filmi asosida o‘yin chiqdi! (treyler)

Avatar: Frontiers of Pandora o‘yinining birinchi treylerida o‘sha kinodagi manzaralarni ko‘ramiz: ko‘k tanli Navi odamlari, g‘aroyib jonivorlar, harbiy texnikali yovuz bosqinchi askarlar...

2021 yilning 1-yarmidagi eng ommabop o‘nta o‘yin (Twitter reytingi)

Xo‘sh, siz bulardan qaysilarini o‘ynab turasiz, qay birlarining muhokamalariga qo‘shilib kelyapsiz?

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш