O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq chatbot ishga tushdi

Telegram’dagi HealthBuddy+ chatboti – nafaqat SOVID-19, balki emlashlar haqida aniq ma’lumot beruvchi yangi platforma. Shuningdek, uning ilovasini iOS va Android tizimli qurilmalarga o‘rnatib olish mumkin.

Android-smartfondan tezda o‘chirmasa bo‘lmaydigan 11 ta ilova

Bu ilovalar Google Play’dan olib tashlagan. Biroq shungacha o‘rnatilgan smartfonlarda ular qing‘ir faoliyatini davom ettirmoqda. Shunday ekan, ulardan birortasi sizda ham bo‘lsa, zudlik bilan o‘chirib qutuling.

«Eng yomoni hali oldinda» – Apple bosh aksioneri yangi pandemiyadan ogohlantirdi

Milliarder koronavirus pandemiyasining favqulodda notekis iqtisodiy ta’siriga ishora qilgan. Millionlab kichik korxonalar dahshatli zarba ostida qolishdi, yirik korxonalarga esa omad kulib boqdi.

Telegram tomonidan «Tasdiqlangan» kanal – «Koronavirus Info» o‘z nomi va yo‘nalishini butkul o‘zgartirdi

U O‘zbekistondagi eng ommabop kanal edi – obunachilar soni 1,4 millionga yetgandi. E’tiborli jihati, kanalda 15 martdan 22 aprelgacha bo‘lgan barcha postlar (Maxsus komissiya qarorlari ham) o‘chirilgan.

Pullaringizni o‘g‘irlayotgan bu sakkizta Android-ilovani tezda o‘chirib tashlang!

Google allaqachon ushbu xavfdan ogoh qilingan va Google Play do‘konidan mazkur ilovalarni o‘chirib tashlagan. Ammo shungacha smartfonlarga o‘rnatib olinganlari foydalanuvchilarga zarar yetkazishda davom etmoqda.

«Kasperskiy laboratoriyasi» ogohlantiradi: «Telegram endi xavfsiz emas!»

Telegram messenjerining foydalanuvchilariga tarkibida ziyonkor dasturiy ta’minot mavjud bo‘lgan ommaviy tarqatmalar kelmoqda. Bu to‘g‘rida «Kasperskiy laboratoriyasi» ogohlantiryapti.

Blogerlarga pul evaziga koronavirus vaksinasini yomonlash taklif etildi

Maktub yo‘llagan noma’lum shaxslar koronavirusga qarshi keng miqyosda qo‘llanayotgan Pfizer/BioNTech vaksinasi haqida salbiy fikrlar bildirish va buning evaziga esa jaraq-jaraq daromad topishni taklif etgan.

Koronavirusni bir daqiqadayoq aniqlovchi ilovani yuklab oling!

AI Resp ilovasi koronavirusga chalingan uch mingdan ortiq bemordan yozib olingan ovozlar yordamida kasallikni aniqlashga o‘rgatilgan sun’iy ong modeliga asoslangan.

2021 yilning boshidagi eng xavfli kompyuter virusi ma’lum bo‘ldi

Qizig‘i shundaki, hozirda eng xavfli bo‘lib turgan ushbu ziyonkor dastur ilk bor 2014 yili aniqlangan. Keyingi yetti yil mobaynida bu troyan faol tarzda rivojlanib va yangilanib kelgan.

Bill Geyts: «Pandemiyadan so‘ng insoniyat yana ikkita xavfga duch keladi!»

«Zarar keltirishni istagan biror kishi virusni yarata oladi, demak, kelajakda bunga duch kelishimiz ehtimoli hozirgiga o‘xshash tabiiy epidemiyalarga qaraganda yuqoriroq», – dedi Geyts.

Bill Geytsning koronavirus pandemiyasiga qanday aloqasi bor? Bunga o‘zi javob berdi

«Poliomiyelitga qarshi kurash vaqtida Pokiston yoki Nigeriya kabi davlatlarda vaksina xavfsiz emasligi va ayollarda bepushtlikka olib kelishi haqida gaplar yurgandi», deb qo‘shimcha qilgan Geyts.

Twitter koronavirus vaksinasi akkauntini bloklab qo‘ydi

Vaksina haqida xabar tarqatuvchi «Sputnik V» akkauntini Twitter bloklab qo‘ydi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiyaning to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya jamg‘armasi buning sabablarini aniqlamoqda.

Sud qarori: «Koronavirus pandemiyasini Bill Geyts va Jorj Soros yaratgan!»

Biroq sud hokimiyati ustidan nazorat uchun javob beruvchi davlat muassasasi ushbu qarorni chiqargan sudyalarning o‘zlariga qarshi tekshiruv boshladi.

Nihoyat, yapon olimlari koronavirusni atigi 30 soniyada o‘ldiruvchi gadjet yaratishdi

Nichia kompaniyasi allaqachon mazkur texnologiyani qo‘llovchi qurilmalarni ishlab chiqish va sotish rejalarini yaponiyalik ishlab chiqaruvchilar bilan muhokama qilmoqda.

Olimlar koronavirus vaksinasi turlari aks etgan videoni ulashishdi

«Koronavirusga qarshi kurash vaksinani yaratish ustidagi ishlarning rekord darajada ilgarilab ketishiga olib keldi va ayni vaqtda 170 dan ortiq turli vaksinalar sinovdan o‘tkazilmoqda», – deyiladi izohda.

Shifokorlar koronavirusning smartfon va pulda necha kun saqlanib turishigacha aniq aytishdi

Mazkur muddat nisbiy bo‘lib, bir qator tashqi omillarga bog‘liq. Lekin asosiysi – 17 kunda o‘lib ketadigan oddiy grippga nisbatan koronavirusning ancha joni qattiq.

Shifokor ogohlantiradi: ofis yoki uyda virus yuqtirish xavfi eng yuqori bo‘lgan buyum...

Uning yuzasida hamda tashqi detallari orasida kasallikka olib keluvchi bakteriyalar, viruslar va mikroblar to‘planib yotadi, shu jumladan koronavirus yo‘qligiga hech kim kafolat bera olmaydi.

Bill Geyts butun dunyoda koronavirusdan qutulishning yagona yo‘lini aytdi

Bill & Melinda Gates Foundation xayriya jamg‘armasi koronavirusga qarshi kurashga 650 million AQSh dollari ajratgan. Bu esa mustaqil fondlar tomonidan amalga oshirilgan eng yirik mablag‘ bo‘ldi.

Ilon Mask nega koronavirus vaksinasi qabul qilishni rad etdi?

«Umuman olganda, odamlarning mantiqsizligi tufayli bu holat mening insoniyatga bo‘lgan ishonchimni pasaytirdi», – dedi Mask podkastda.

Bill Geyts: «Mana shu yilgacha koronavirus pandemiyasining tugashidan umid qilmay qo‘yavering!»

U yana bir xavotirli holatga urg‘u berdi: pandemiya davrida boshqa kasalliklarga qarshi vaksinalash darajasi dunyo bo‘ylab 14% ga pasayib ketgan. Bu esa oxirgi 20 yilda erishilgan natijalarni yo‘qqa chiqargan.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш