Windows 10 tizimli kompyuter yoki noutbuk «qotib» qolsa...

Kompyuterning «qotib qolishi» deganda, aslida, turli texnik muammolar nazarda tutiladi: biror ilovaning ishlamasdan, ekranda «osilib» turishidan tortib tizimning ishlamay qolib, ko‘k ekran chiqishigacha...

Putin xavfli operatsion tizim ishlatishi ma’lum bo‘ldi

Buni Kremldan olingan suratga qarab The Guardian nashri jurnalistlari payqab qolishgan.

Windows 10 o‘rnatgandan so‘ng qilish shart bo‘lgan 7 ish

Kompyuter yo noutbukingizga ilk bor Windows 10 o‘rnatdingiz yoki o‘rnatilgan yangisini xarid qildingiz. Tizim tayyor, lekin hali unda ayrim sozlashlarni amalga oshirish, kerakli dasturlarni o‘rnatish ham lozim.

Windows 10’da avtomatik tozalashni sozlab qo‘yamiz – kompyuter xotirasi ancha bo‘shaydi

Kompyuterda o‘chirilgan fayllar odatda dastlab Korzina – Savatchaga tushishini bilasiz. Lekin undagi aksariyat fayllar umuman keraksiz bo‘lib, agar vaqtida tozalab turilmasa, mazkur papka to‘lib ketadi...

Mushtday ham chiqmaydigan x86-protsessorli kompyuter taqdim etildi! (+video)

Ushbu mini-kompyuter Gemini Lake turkumidagi to‘rt yadroli Intel Celeron N4100 protsessori bazasiga qurilgan. Uning 4 GB tezkor va 64 GB ichki xotirasi, shuningdek, kichkina ventilyatori bor – bo‘ldi!

Microsoft’ning yangi ilovasi bilan yaqinda smartfonsiz ham qo‘ng‘iroq qila olasiz!

Endi ushbu ilova yordamida kompyuteringizdan turib nafaqat smartfoningizdagi fayllarni ko‘rishingiz, balki telefoningizni cho‘ntakdan chiqarmay turib qo‘ng‘iroq qilishingiz ham mumkin bo‘ladi!

Microsoft kishilarni yangi Windows’ga o‘tishga majburlashning antiqa yo‘lini topdi

Kompaniya kompyuterlar egalarini yangi – Windows 10 tizimiga o‘tkazish yo‘lida hatto o‘zgacha yo‘l tutishdan ham tap tortmayapti – u Windows 7 va undan avvalgi talqinlarda ayrim loyihalarni to‘xtatyapti.

Microsoft kompaniyasi 50 milliondan ziyod Windows 10 foydalanuvchilarini ogohlantirdi

Oxirgi paytlarda ushbu OT bilan ko‘plab muammolar yuzaga kelmoqda, ustiga ustak, Microsoft'dagilar foydalanuvchilarga asosiy xizmatlar xavf ostida ekanligi haqida berayotgan ma’lumotlari ham noto‘g‘ri bo‘lib chiqmoqda.

Windows 10’da kompyuter va noutbukni tungi rejimga avtomatik o‘tadigan qilamiz

Operatsion tizimda yorqin va to‘qrang rejimning biridan ikkinchisiga o‘tish uchun «Personalizatsiya» parametrlariga kirish kerak. Auto-Night-Mode nomli utilita esa ushbu ishni kerakli paytda o‘zi amalga oshiradi.

Windows’ni fleshkaning o‘ziga o‘rnatib olib, istalgan kompyuterda ishga tushiramiz!

Fleshkaga Windows’ni o‘rnatib qo‘ysangiz, uni istalgan kompyuter yoki noutbukka tiqib, foydalanaverasiz – o‘zingiz bilan noutbuk ko‘tarib yurishga hojat bo‘lmaydi.

Windows 10 tizimini o‘rnatiluvchi ISO-fayl sifatida Microsoft rasmiy saytidan bepul ko‘chirib olamiz

Rasmiy va legal ISO-faylni kompyuteringizga saqlab olasiz, keyin uni kompakt-diskka ko‘chirib, boshqa kompyuter va noutbuklarga o‘rnataverasiz!

Windows 10’da yangilanishlar o‘rnatilishini osongina cheklab qo‘yamiz

Bu dasturda ikkitagina opsiya bor: «Enable Service» (yangilanishlar yoqiq) va «Disable Service» (yangilanishlar o‘chiq). Keragini tanlab, «Apply Now» tugmachasini bosasiz – kompyuterni o‘chirib-yoqish ham shartmas.

Windows 10 tizimidan Internet Explorer’ni olib tashlashning ikki usuli

Internet Explorer brauzeri allaqachon iste’moldan chiqib bo‘lgan esa-da, baribir hozirgacha Windows 10 tizimining standart jamlanmasida mavjud. Uni tizimdan o‘chirib tashlashning esa ikkita usuli bor...

Kompyuter va noutbukni fleshka va qattiq disklarni xavfsiz sug‘uriladigan qilib sozlaymiz

Kompyuter va noutbuklardan tashqi xotira qurilmalari – fleshka va qattiq disklarni birdaniga uzib qo‘yish xavfli. Quyida shuni xavfsiz qilib qo‘yish va uni tezlashtirish yo‘lini bilib olamiz.

Windows 10 May 2019 Update taqdim etildi: yangilanishlarni endi o‘zingiz boshqara olasiz!

Endi foydalanuvchiga yangilanish tayyor ekanligi haqida bildirishnoma keladi; uni hozir o‘rnatish yoki 35 kungacha pauza qilib turish har kimning o‘z ixtiyorida bo‘ladi.

JOSUSLARDAN SAQLANING: Windows 10 tizimida veb-kamerani o‘chirib qo‘yamiz

AQSh Federal qidiruv byurosi direktori – 2016 yili bir terrorchining iPhone’ini blokdan chiqarib berishlari uchun xakerlarga millionlab dollar to‘lagan kishi ham, veb-kameralarni yopib qo‘yishni maslahat bergan.

Xbox One o‘yinlarini endi Windows 10’da o‘ynash mumkin bo‘ladi

Xbox hamda Xbox One o‘z arxitekturasiga ko‘ra kompyuterlarga juda yaqin. Windows 10 tizimining keyingi jamlanmalarida Microsoft chindan ham geymerlarga shunday imkoniyatni taqdim etadigan ko‘rinadi.

Xaker to‘laqonli Windows 10 tizimini va Fallout o‘yinini eski rusumdagi smartfonga o‘rnatdi!

Windows 10 nisbatan zamonaviy – Snapdragon 835 chipli qurilmalarga mo‘ljallangan. Shunga qaramay, Wall SoGB buni uddalabgina qolmasdan, yana Windows’ga mo‘ljallangan o‘yinni ham Lumia 950 XL’ga o‘rnatgan.

Hatto kuzatuv funksiyasi o‘chirilganda ham Windows 10 ayg‘oqchilik qiladi, ammo bunga chek qo‘yishning osongina yo‘li topildi!

Sizning faoliyatingiz ustidan Windows 10 kuzatuvini butkul cheklash uchun bittagina reyestr faylini yuklab olib, ishga tushirish kifoya!

Avval Apple, endi  Microsoft... ularga sizning biometrik ma’lumotlaringiz kerak!

Microsoft yaqinda Windows 10 foydalanuvchilari uchun “Windows Hello” dasturini ishga tushirishini ma’lum qildi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш