Google xodimlari sirni ochishdi: xomtama bo‘lmang – undan yashirina olmaysiz!

Hatto foydalanuvchilar joylashuvdan birgalikda foydalanish sozlamalarini o‘chirishganidan so‘ng ham kompaniya ularning qayerda ekanliklari haqida ma’lumot to‘plashda davom etadi.

Prezident jonli efirda Instagram foydalanuvchisini haqoratladi va uni topib yo‘q qilishga va’da berdi (video)

«Men seni topaman... Kechalari uxlay olmaydigan qilib qo‘yaman, hozirdan vasiyatingni yozib qo‘yaver, o‘lsang, oilangga qarashib turishadi. Men juda ko‘p shaytonlarni yo‘q qildim, seni ham yo‘q qilaman», degan u.

Shaxsiy ma’lumotlaringizni qaysi messenjer eng kam, qaysilari ko‘proq «kavlashtiradi»?

Eng ommabop bir ilova sizning brauzerlaringiz tarixi, elektron pochtangiz, manzilingiz, hozirgi joylashuvingiz, qurilmangiz ID raqami, telefon raqamingiz va yana bir qator ma’lumotlaringizga qiziqadi!

Facebook va Instagram siz haqingizda nimalarni biladi?

Signal ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilar haqida nimalarni bilishini ularning o‘zlariga ko‘rsatish uchun Instagram’da targeting reklamasini ishga tushirdi.

Kun.uz mas’ul xodimining Telegram-akkauntiga buzib kirishdi

Ajablanarlisi, bu jarayonda Telegram messenjerining majburiy qoidalariga zid ravishda akkaunt egasi (Kun.uz xodimi)ning telefoniga SMS orqali tasdiqlash kodi yetib kelmagan.

«Parda ortida yomon niyat bor» – TikTok’ni sudga berishdi!

«U og‘ir kechgan yilda bolalarga o‘z do‘stlari bilan bog‘lanishda yordam bergan, keng tarqalgan ijtimoiy media platformasidir. Ammo komik qo‘shiqlar yoki raqslarning parda ortida juda ko‘p yomon niyatlar bor»...

Facebook Messenger’ingiz bormi? Kiberhujumga tayyor turing!

Kiberhujumlarni bartaraf etishga ixtisoslashgan Group-IB kompaniyasi Facebook’ni 84 ta mamlakatdagi Messenger foydalanuvchilariga uyushtirilgan keng ko‘lamli kiberhujum haqida ogohlantirdi.

Tekshirib ko‘ring: Facebook’dan sizning telefon raqamingiz ham o‘g‘irlanganmi?

Maxsus sahifaga telefon raqamingiz yoki elektron pochta manzilingizni kiritish orqali shaxsiy ma’lumotlaringiz tarqatib yuborilgani yoki tarqatib yuborilmaganini o‘zingiz tekshirib ko‘rishingiz mumkin.

Facebook Messenger hamda WhatsApp egasining o‘zi raqobatchi messenjerni ishlatishi fosh bo‘ldi!

Mark Sukerberg nega raqobatchi messenjeridan foydalanishini Facebook’dagilar izohlashmagan. Buyog‘iga Telegram asoschisi Pavel Durovning ushbu holat bo‘yicha kinoyali chiqishini kutish mumkin.

Qo‘shni mamlakatdagi 3 million Facebook foydalanuvchisining shaxsiy ma’lumotlari tarqalib ketdi

«Odamlar «Ok» tugmachasini bosadi, xolos, aslida u hech qanday e’tirozi yo‘qligi haqida shartnomaga rozi bo‘ladi. Hech kim shartnomani o‘qimaydi, shu sababli bu narsa Facebook’ning o‘zigagina ayon», deydi vazir.

Ogoh bo‘ling: WhatsApp’da firibgarlikning yangi turi tarqaldi!

Sizga oldin tasdiqlash kodini va havolani o‘z ichiga olgan matn SMS-xabarda keladi. Keyin esa WhatsApp orqali kontaktlaringizdan birining profilidan xabar keladi...

Facebook foydalanuvchilari ma’lumotlari bilan birga, Mark Sukerbergning telefon raqami ham tarqalib ketdi!

Yaqinda xakerlardan biri Facebook foydalanuvchisining telefon raqamini ozgina to‘lov evaziga olish imkonini beruvchi Telegram botini reklama qilgan edi...

2020 yilning eng yomon parollari ikkita ro‘yxatda

Data Leakage & Breach Intelligence kompaniyasi 2020 yilda internetda keng tarqalgan parollarni o‘rgandi. Ekspertlar 30 mln akkauntdan iborat baza asosida eng ommalashgan parollar ro‘yxatini taqdim etishdi.

Sadir Japarovning Facebook-sahifasini buzishdi

«Davlat rahbari o‘zining Facebook sahifasida joylashtirilgan so‘nggi sharhlar bilan hech qanday aloqasi yo‘q», dedi davlat rahbarining matbuot kotibi Galina Bayterek.

Samsung’ning barcha smartfon va planshetlari egalariga zo‘r xushxabar bor!

Ro‘yxatda ko‘rish mumkinki, Samsung nafaqat Galaxy A10 va M10s kabi eng arzon modellar, balki korpusi mustahkam himoyali Galaxy Xcover seriyasidagi smartfonlarni ham e’tibordan chetda qoldirmagan.

Telegram yaralganidan beri hali bunaqa shuhratga erishmagan edi!

Pavel Durovning ta’kidlashicha, bularning bariga asosiy sababchi – Telegram servisida foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlari va xavfsizligi mustahkam himoyalanganligidir.

Telegram buzilganmidi? Daryo.uz bilan bog‘liq ish bo‘yicha Telegram Uzbekistan bayonoti

Daryo nashrining rasmiy Telegram-kanallari va boshqa bir qator kanallarda administratorlik qiladigan profildan spam-xabarlar tarqatilgan. Shu masala yuzasidan Telegram Uzbekistan rasmiy bayonot berdi.

Ekspert Trampning Twitter-akkaunti parolini besh urinishdayoq topib, e’lon qildi!

2016 yili ham u AQSh prezidentining Twitter-akkaunti paroli «yourefired» ekanligini aniqlagan edi. Yaqinda aniqlangan parol – «maga2020!» esa «Make America Great Again» shiorining qisqartmasidir.

Snouden o‘z gonorarini AQSh hukumati bilan bo‘lishishga rozi

Amerika OAVlariga ko‘ra, Snouden o‘z kitobini sotishdan shu paytgacha 4,2 million dollar, maxfiy ma’lumotlar ochiqlangan chiqishlaridan esa bir million dollardan ko‘proq ishlagan.

O‘zkomnazorat: «Telegram’da tarqatilayotgan fayl ichidagi viruslardan ogoh bo‘ling!»

SCR fayl ochilganida, odatda, antivirus dasturlarini ko‘p hollarda bloklab qo‘yadigan buyruqlar ishga tushadi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш