Xiaomi Mi 10 seriyasi uchun hayot davom etadi!

Smartfonlar MIUI 14 versiyasiga yangilanishi tasdiqlandi.

To‘qqizta Xiaomi smartfoni MIUI 12.5 Enhanced'ga o‘tmoqda

Nomidan ham ko‘rinib turganidek, mazkur interfeys o‘tgan yili dekabrda taqdim qilingan MIUI 12.5'ning kuchaytirilgan versiyasidir.

MIUI 12.5 yakuniy proshivkasi yettita Xiaomi smartfoniga muddatidan oldin kela boshladi!

Rasmiy grafikka ko‘ra, bu proshivkalarning birinchi to‘lqini 30 aprelda uzatila boshlashi kerak edi. Lekin Xiaomi beshta emas, balki yetti xil smartfonlariga ularni muddatidan bir hafta oldin tarqatyapti!

Xiaomi’ning yangi flagmani hatto bulturgi Mi 10 Pro va Mi 10 Ultra’larga ham yeta olmadi!

Yangi flagman 108 MPlik bosh kameraga ega, ammo u bor-yo‘g‘i 12 va 16 MPlik qo‘shaloq kamerali Google Pixel 5 smartfoni bilan bir xil ball to‘plagan va reytingda 22-o‘rinnigina olgan!

TOP-10: Narxini eng sekin yo‘qotadigan smartfonlar (2020 yil reytingi)

Ro‘yxatdagi naq yettita o‘rinni bittagina kompaniya vakillari band etgan, ammo birinchi va ikkinchi pog‘onalar boshqasiga nasib etgan!

Mi 11 taqdimoti arafasida ikki xil Xiaomi flagmanini ishlab chiqarish to‘xtatildi

Kompaniya rahbari so‘zlariga ko‘ra, yubiley superflagmani juda oz qolgan va tugaganidan keyin boshqa partiya chiqarilmaydi. Yana bitta zo‘r flagman esa allaqachon savdoda uchramayapti.

iPhone 12’lar geymerlarga yoqmaydi: o‘yin, internet va video uchun eng zo‘r smartfonlar (uchta reyting)

O‘yin uchun iPhone 12 olmoqchi bo‘lgan do‘stlaringizga ham buni yetkazib qo‘yganingiz ma’qul. Lekin har uchala testda ham reyting yetakchisi aynan bitta, tag‘in arzon flagman bo‘lib chiqqaniga nima deysiz?

Bu kompaniya eng kuchli flagmanlar reytingini ostin-ustun qilib yubordi! (AnTuTu, 2020 yil sentyabr)

Kutilmagan Xitoy kompaniyasi vakillari shohsupani hamda yana ikkita yuqori o‘rinni zabt etdi, Xiaomi Mi 10 Ultra – uchinchi pog‘onada. O‘tgan oy reytingining lideri esa bu gal zo‘rg‘a oltinchi o‘rinni oldi!

Xiaomi flagmanlarida yashirin bir funksiya bor...

Ushbu texnologiyani hozir ilg‘or televizorlardan tashqari, ayrim smartfonlar – Black Shark 3, Oppo Find X2 va OnePlus 8 flagmanlari, shuningdek, ularning Pro-versiyalari ham qo‘llab-quvvatlaydi.

Xiaomi tarixidagi eng zo‘r uchta smartfon (kompaniya rahbari nazdida)

Balki ishonmassiz, lekin Ley Szyunga eng ma’qul kelgan Xiaomi smartfonlaridan ikkitasi uch yil avvalgi modellar ekan!

DxOMark eng zo‘r kamerofon, selfifon va audiosmartfonlarni e’lon qildi

Jami o‘nta yo‘nalish, lekin reytingdagi barcha o‘rinlarni uchtagina kompaniyaning beshtagina flagmani egallab olgan! Yanayam qizig‘i – naq oltita yo‘nalishda bitta flagman g‘olib bo‘lgan!

Xiaomi shu kunlarda Android 11’gacha yangilanuvchi smartfonlarini rasman aytdi

Google kuni kechagina Android 11 Beta 1 versiyasini sakkizta smartfon uchun tarqata boshlagandi. Xiaomi esa mazkur apdeyt yaqin orada o‘zining qaysi modellariga yetib kelishini ma’lum qildi.

Yer yuzidagi eng tezkor smartfonlar (AnTuTu global reytingi, 2020 yil may)

TOP-o‘ntalikda Samsung’ning 4, Xiaomi’ning 3 flagmani bo‘lsa, Realme, OnePlus hamda ASUS’larning bittadan smartfonlari bor. Huawei’ning esa birorta ham modeli bu gal kuchlilar safiga kirmagan!

AnTuTu’ga ko‘ra eng kuchli Android-flagmanlar (2020 yil may)

Reytingda Huawei kompaniyasining yoki unga qarashli Honor brendining birorta ham modeli yo‘q. Shuningdek, ro‘yxatda Samsung kompaniyasining Galaxy S20 turkumi flagmanlarini ham uchratmaymiz.

Xiaomi chemodan xaridida Mi 10 Pro, konditsioner, kir yuvish mashinasi va boshqa gadjetlar qo‘shib beryapti!

Kompaniyaning istalgan bir modeldagi chemodanini xarid qilganlar uning ichidagi syurpriz – kompaniyaning kutilmagan yana bitta devaysini ham hadya sifatida oladilar.

Xiaomi kutilmaganda MIUI’dan reklamani olib tashlayapti!

Kompaniya 8 may sanasiga Hindistonda yangi flagmanlarining namoyishini rejalashtirgan. Kutilayotgan taqdimot oldidan Xiaomi jurnalistlarni to‘plab, qiziq bayonot berdi.

Eng qimmat Huawei hamda Xiaomi flagmanlarining kamera jangi! («jonli» video)

Xiaomi bu yil yarim narxida flagmanlar chiqarishni to‘xtatdi. Mi 10 Pro modeli Yevropada 1000 yevro turadi; ya’ni u endi Huawei P40 Pro smartfoniga to‘g‘ridan-to‘g‘ri raqibdir. Xo‘sh, uning kamerasi shunga yarashami?

Redmi K30 Pro olgan yaxshimi yoki Xiaomi Mi 10 Pro? «Jonli» videoda taqqoslaymiz!

Modomiki arzonchi brendning Redmi K30 Pro flagmani Xiaomi Mi 10 Pro bilan bir xil protsessorga va o‘zaro yaqin texnik xususiyatlarga ega ekan, samaradorlik bobida ham u bilan bellasha oladimi?

To‘rtta modeldagi Xiaomi va Redmi smartfonlari egalariga noxush xabar bor

Buning bitta sababi koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq bo‘lsa, ikkinchi sabab – Xiaomi o‘z dasturchilarini navbatdagi – MIUI 12 proshivkasi ustida ishlashga jalb etgan bo‘lishi mumkin.

Xiaomi yana bir shaffof flagmanini namoyish etdi! («jonli» rasmlar)

Xiaomi o‘zining Mi 8 modelidan boshlab, flagmanlarining shaffof versiyalarini chiqara boshlagan. Jumladan, Mi 8 Explorer Edition va Mi 9 Explorer Edition modellari ilg‘or va shunga yarasha qimmat bo‘lib chiqqan.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш