To‘qqizta Xiaomi smartfoni MIUI 12.5 Enhanced'ga o‘tmoqda

Nomidan ham ko‘rinib turganidek, mazkur interfeys o‘tgan yili dekabrda taqdim qilingan MIUI 12.5'ning kuchaytirilgan versiyasidir.

Xiaomi ikkita flagmaniga global MIUI 12.5 proshivkasini tarqatmoqda

Har ikkala smartfon uchun yangi apdeyt Android 11 operatsion tizim talqini bazasida tayyorlangan bo‘lib, v12.5.1.0 RJDMIXM raqami ostida tarqatilmoqda.

Xiaomi rasmiy videoda eng so‘nggi flagmanining «ichak-chovog‘ini ag‘darib» ko‘rsatdi

Xiaomi Mi 10T ham deyarli shunaqa qismlardan tuzilgan, faqat uning kamerasida asosiy modul Pro-versiyadagi kabi 108 emas, balki 64 megapiksellik aniqlikka ega.

Dunyodagi eng yirik operator navbatdagi Redmi flagmanining nomi va ilk suratini ko‘rsatdi

Flagmanlar taqdimoti yaqin kunlarda bo‘lib o‘tishi va Redmi uni o‘z yurtida har yili 11 noyabr (11.11) sanasida o‘tkaziladigan «Bo‘ydoqlar kuni» – chegirmalar pallasigacha bozorga chiqarishi kutilmoqda.

Redmi K30S – ushbu turkumdagi so‘nggi flagman!

Xitoy bozoriga mo‘ljallangan Redmi K30S shu oy oxirida yoki keyingi oy boshida taqdim etiladi. Zero, mamlakatdagi «Bo‘ydoqlar kuni» – 11 noyabr sanasigacha kompaniya uni bozorga chiqarib ulgurishi kerak.

Mi 10T hamda Mi 10T Pro flagmanlari taqdim etildi: narx va jihatlari, rasmiy anboksing videosi

Ikkala flagman ham Snapdragon 865 protsessori bazasida ishlaydi va Yevropa bozoridagi mazkur chipsetga tayanuvchi eng arzon smartfonlardan bo‘ldi.

Xiaomi yangi flagmanlarining taqdimot kunini rasman aytdi

Ishlab chiqaruvchi ularning xususiyatlarini aytmayapti, lekin biz allaqachon uchalasining ham asosiy jihatlari, narxlari va hatto «jonli» rasmlarini e’lon qilganmiz.

Xiaomi hali taqdim etilmagan Mi 10T’larni allaqachon o‘z do‘koniga ham chiqardi!

Mi Store do‘konlaridan birida suratga olingan bannerdagi sloganga ko‘ra, mazkur modellar sifatli displeyga va yuqori avtonomlikka ega bo‘lgan samarador kamerofon sifatida targ‘ib etilmoqda.

Xiaomi Mi 10T hamda Mi 10T Pro taqdim etilmay turib do‘konga chiqdi: narx va xususiyatlari

Standart Xiaomi Mi 10T modelida kvadrokameraning asosiy datchigi 64 megapiksellik, Pro-versiyada esa 108 megapiksellik bo‘lishini aytishmoqda.

Xiaomi Mi 10 turkumining 300 yevrodan arzon yangi 5G-modeli shu oydayoq chiqadi!

Kompaniya bu haqda o‘zining Twitter’dagi rasmiy sahifasida yozishicha, uning «boshlang‘ich narxi €2XX» ekan.

Xiaomi sir tutayotgan Mi 10T Pro kamerofonini ilk «jonli» suratlarda ko‘ramiz!

Yangi turkumda uchta smartfon chiqadi: Xiaomi Mi 10T, Mi 10T Pro hamda Mi 10 Lite. Ularning «katta»si 144 gerslik displey, 108 megapiksellik kvadrokamera va 5000 mA/soatlik akkumulyator bilan jihozlangan.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш