Xiaomi dunyodagi ilk shaffof televizorning asosiy sirini oshkor etdi

Xiaomi’ning ta’kidlashicha, suyuq kristalli displeylarni ham, OLED-ekranlarni ham shaffof qilsa bo‘ladi. Kompaniya aynan ikkinchi variantni tanlagan, chunki OLED-displeyda yoritish kerak bo‘lmaydi.

Ikkinchi partiyasi ham sotuvga chiqiboq tugagan, 7200 dollarlik shaffof televizorni rasmiy videoda ko‘ramiz!

Xiaomi bu inqilobiy mahsulotining dizayni bilan faxrlanadi – Mi TV Lux Transparent Edition ekrani qanchalik shaffof ekanligi yaqqol aks etgan. Rolik so‘ngida televizorni o‘yin uchun ishlatib ko‘rsatishgan.

Xiaomi dunyodagi ilk shaffof televizorni yaratdi va u bir soniyadayoq sotilib ketdi! («jonli» video)

Televizorning asosiy afzalligi – uning paneli mutlaqo shaffof. Taqdimot suratlarida ko‘rinishicha, hatto ekranida tasvir namoyon bo‘lganda ham, tomoshabin uning ortida nima borligini ko‘rib turishi mumkin.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш