Xiaomi, Redmi, Poco va Black Shark smartfonlaridan qaysilari va qachon barqaror Android 11’gacha yangilanadi?

Mazkur ro‘yxatda ham jami 43 ta rusumdagi telefon sanab o‘tilgan – ushbu modellardagi smartfonlar egalari xursand bo‘lsalar arziydi.

Hali chiqmagan iOS 14 hamda Android 11’dagi zo‘r funksiya Xiaomi smartfonlariga allaqachon qo‘shilyapti!

«Xitoycha Apple» deya tavsiflauvchi Xiaomi kompaniyasi hatto o‘zi taqlid qiladigan korporatsiyadan ham ilgarilab ketmoqchi.

Global barqaror MIUI 12 proshivkasi tarqatilayotgan Xiaomi, Redmi va Poco smartfonlarining to‘liq ro‘yxati!

Xiaomishka sayti hozirgacha Android 10 operatsion tizimi bazasidagi barqaror global MIUI 12 grafik qobig‘i allaqachon tarqatila boshlagan modellarni e’lon qildi.

Xiaomi tayyorlagan yana bitta arzon smartfon fosh bo‘ldi!

Kompaniyaning yana bitta smartfoni Bluetooth SIG tashkilotining sertifikat ma’lumotlari bazasida uchrab qoldi. Uning nomi Poco C3 bo‘lib, M2006C3MI model raqami ostida tayyorlangan.

Xitoycha va global MIUI 12 proshivkalari iyul-avgust oylarida keladigan Xiaomi, Redmi va Poco smartfonlari ro‘yxatlari chiqdi

Xiaomi ushbu grafik qobiq asosidagi barqaror proshivkalar tarqatilishining ikkinchi to‘lqinini e’lon qildi. Undagi xitoycha ro‘yxatda 12 ta, global ro‘yxatda esa naq 23 ta smartfon bor.

Poco M2 Pro taqdim qilindi, lekin u original smartfon emas!

Unga global versiyadagi Redmi Note 9 Pro gadjetidan kamera blogining dizayni hamda 33 vattlik tezkor quvvatlash texnologiyasi meros bo‘lib o‘tgan. Hindcha smartfondan esa u 48 MPlik bosh kamerani olgan.

4 iyulgacha barqaror MIUI 12’ga yangilangan va tez orada yangilanadigan barcha Xiaomi, Redmi va Poco smartfonlari ro‘yxati

Androidcentral nashri global va barqaror MIUI 12 asosidagi proshivkalar allaqachon tarqatilayotgan hamda ushbu apdeytni yaqin orada qabul qiladigan smartfonlarning to‘liq ro‘yxatini e’lon qildi.

Hamyonbop va kuchli flagman – Poco M2 Pro surati hamda namoyish kuni rasman e’lon qilindi (video)

Smartfon Redmi Note 9 turkumi hamda Redmi 10X modeli dizaynidagi kvadrokameraga ega. Flipkart do‘konidagi uning sahifasida esa tezkor quvvatlash va yuksak samaradorlik haqida yana ikkita video mavjud.

Faqat mana shu smartfonlargina MIUI 12’ning turli yangi imkoniyatlariga ega bo‘lar ekan!

MIUI 12’dagi eng innovatsion yangiliklar – yangicha kamera ilovasi, superoboylar va animatsiyali belgilardir. Ushbu imkoniyatlarga ega bo‘luvchi Xiaomi, Redmi va POCOPHONE modellari ro‘yxatlari bilan tanishing.

Xiaomi shu kunlarda Android 11’gacha yangilanuvchi smartfonlarini rasman aytdi

Google kuni kechagina Android 11 Beta 1 versiyasini sakkizta smartfon uchun tarqata boshlagandi. Xiaomi esa mazkur apdeyt yaqin orada o‘zining qaysi modellariga yetib kelishini ma’lum qildi.

Poco M2 Pro smartfoni ham tayyor – u qaysi modelning klon ekan?

Insayderlarga ko‘ra, Poco M2 Pro texnik xususiyatlari: Qualcomm Snapdragon 720G protsessori, 6,67 dyuymlik displey, 5020 mA/soatlik akkumulyator, 16 MPlik old va to‘rt modulli (48+8+5+2 MP) bosh kameralar.

67 xil Xiaomi, Redmi va Poco smartfonlariga chiqadigan MIUI 12 global taqdimotini «jonli» ko‘ramiz! (modellar ro‘yxati va havola)

MIUI 12 grafik qobig‘i tarqatiladigan 67 modeldagi smartfon va ularning modifikatsiyalaridan tashqari, MIUI 11 proshivkasi bilan qoladigan o‘nta smartfon ro‘yxati ham keltirilgan.

«Flagmanlar kushandasi qaytdi!» – Poco F2 Pro kutilganidan arzon narxda taqdim etildi!

Uning xususiyatlarini eng nufuzli flagmanlardan bo‘lmish Galaxy S20+ hamda OnePlus 8 Pro bilan taqqoslab ko‘rsatishdi. Ko‘rinib turibdiki, hatto narxini hisobga olmaganda ham Poco F2 Pro raqiblaridan ustun.

Xiaomi yoki Redmi smartfoningizga MIUI 12 kelishini hoziroq tekshirishingiz mumkin!

MIUI 12 grafik qobig‘idan olingan ilk skrinshotlarni, ungacha yangilanuvchi Xiaomi hamda Redmi smartfonlari ro‘yxatlarini allaqachon e’lon qilganmiz. Endi esa Google Play katalogida maxsus ilova paydo bo‘ldi.

Xiaomi’ning uzoq kutilgan flagmani shunchaki klon bo‘lib chiqdi!

Redmi smartfonlarining qayta nomlangan holda Poco brendi ostida qayta taqdim etilishi – yangilik emas. Poco X2 ham aslida Redmi K30 4G modelining Hindiston bozori uchun rebrending qilingan versiyasidir.

Uzoq kutilgan Poco X2 arzon narxda taqdim etildi: siz uni «taniysiz»!

Ushbu qurilmani MIUI 11 grafik qobig‘ining Poco brendiga moslab qayta dizayn qilingan versiyasi bilan chiqarishgan.

Redmi K30 4G’dan ham arzon Poco X2 taqdimot kuni rasman e’lon qilindi! (+«jonli» surat)

Xiaomi Poco X2 modeli hali o‘tgan yilning avgustida namoyish qilingan 300 dollarlik Pocophone F1 smartfonining davomchisi emas – unisi boshqa bo‘lib, keyinroq chiqadi.

Qarshi oling: Xiaomi rasman Poco brendini e’lon qildi

Yangi brend – Poco haqida anchadan buyon tarqalib kelayotgan mish-mishlarni, nihoyat, Xiaomi’ning o‘zi rasman tasdiqladi. Ushbu marka ostidagi smartfonlar global MIUI proshivkasi bilan chiqariladi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш