Xiaomi’dan ajralib chiqayotgan Pocophone ikkinchi smartfonini tasdiqladi! (+video)

«Poco’ni biz Xiaomi tarkibidagi bo‘linma sifatida yaratgan edik, ammo endi uning o‘z shaxsiyati mavjud... Biz endi, Poco mustaqil brend tarzida ishlashiga imkon berish vaqti keldi, deb hisoblaymiz.»

Yaqin orada Android 10’gacha yangilanayotgan oltita Xiaomi smartfoni bilan tanishing

Android 10 ustiga qurilgan MIUI 11 proshivkalari dastlab Xitoydagi smartfonlarga tarqatiladi, keyin esa bir necha hafta mobaynida dunyo bo‘ylab global proshivkalar ham uzatiladi.

Yana to‘rtta ommabop Xiaomi smartfoniga global barqaror MIUI 11 kela boshladi!

Xitoydan tashqarida yangi talqindagi global proshivkagacha yangilanayotgan modellar soni yana to‘rttaga ko‘paydi.

Xiaomi eng baquvvat protsessorli eng arzon flagmanni endi Lite-versiyada chiqaryapti!

Android 9 operatsion tizim talqini ostida ishlovchi Xiaomi Pocophone F1 Lite yakka yadroli sinovda 1341 ball, ko‘p yadroli testda esa 4830 ball olgan.

150 dollarlik Redmi Note 7 qaysi reytingda 1800 dollarlik Galaxy Fold buklama smartfonidan ustun keldi?

Buni qarangki, mazkur reytingning ikkinchi pog‘onasini «xitoycha Apple»ning hali rasman namoyish etilib ulgurmagan yana bitta – Redmi Note 7 Pro modeli zabt etgan!

Xiaomi Pocophone F2 ham tayyor – u allaqachon Geekbench’da imtihon topshirdi!

Ikkinchi avlod «tezkorlik ustasi» – Pocophone F2 smartfoni Qualcomm’ning eng yangi va kuchli – Snapdragon 855 protsessoriga ega eng arzon flagman bo‘lishi kutilmoqda.

Pocophone F2 o‘rniga yangi versiyada Pocophone F1 taqdim etgan Xiaomi baribir Mi Play bilan rekord o‘rnatdi

Pekindagi savdo markazida 8 metrlik archa shaklida terilgan 1005 ta Mi Play smartfoni ekranida ulkan mozaika yaratilib, Xiaomi yana Ginnessning Rekordlar kitobiga kirdi.

Xiaomi’ning eng ommabop smartfonini yangi proshivka ishdan chiqarmoqda

Bu model yaqindagina Android 9.0 Pie’ga asoslangan barqaror MIUI 10 proshivkasiga yangilana boshlagan. Ammo u foydalanuvchilarni xursand qilgani yo‘q: apdeyt bilan birga yangi muammolar ham paydo bo‘ldi.

Yana bir Xiaomi smartfoni barqaror global MIUI 10 bilan yuz skaneriga ega bo‘ldi!

Xiaomi kompaniyasi ushbu smartfoni yaqinda taqdim etilgan OnePlus 6T flagmanidan aslo qolishmasligini, tag‘in arzon turishini e’lon qilgan edi.

Xiaomi’ning «masxaraviy» reklamasi: u OnePlus 6T xaridorlariga kalkulyator tarqatyapti!

Mazkur aksiya «Do the Math» shiori ostida o‘tkazilgan bo‘lib, OnePlus 6T olmoqchi bo‘lganlar «ikkiga ikkini qo‘shish» va o‘zlari xulosa qilishlari mumkinligiga ishora qiladi.

Black Shark, Pocophone F1 va boshqa Xiaomi smartfonlarining Terashop.uz’dagi narxlari (2018 yil 25 oktyabr) – xaridingiz O‘zbekiston bo‘ylab bepul yetkaziladi!

2018 yilning aprelidan buyon benchmarklarda birinchi o‘rinni qo‘lan bermay kelayotgan Xiaomi Black Shark geymerofoni hamda «Tezkorlik ustasi» – Pocophone F1 hamyonbop flagmani ham Terashop.uz’da bor!

“Arzonning shurvasi tatimas”: foydalanuvchilar Pocophone F1 ekranidan shikoyat qilishmoqda

Pocophone F1, shubhasiz bozordagi eng arzon flagman hisoblanadi, tag‘in chipi ham flagmancha – Snapdragon 845.

EKSKLYuZIV VIDEO: Xiaomi Mi Max 3’ni ilk bor qadog‘idan olib, ishlatib ko‘ramiz!

Xiaomi’ning ulkan ekran, baquvvat batareya va metall korpusli Mi Max 3 smartfoni «mobil kinoteatr» deya tavsiflanmoqda. Uning rus tilida tayyorlangan videotavsifini tomosha qiling.

Xiaomi eng arzon flagmanini «o‘q o‘tkazmas» korpusda sotuvga chiqardi (+video)

«Zirhli» modifikatsiyadagi Pocophone F1 bo‘lsa 8 gigabaytlik tezkor va 256 gigabaytlik doimiy xotiraga ega. Uni faqat kompaniyaning rasmiy sayti orqali 419 dollar evaziga buyurtma bilan olish mumkin.

Xushxabar: Xiaomi Pocophone F1 yetib keldi, Terashop.uz’dan xarid qiling!

Qimmat flagmanlar – OnePlus 6, Mi 8 va hatto Galaxy S9+’larni ham Geekbench’da ortda qoldirgan Pocophone F1 smartfoni uchun O‘zbekistonning istalgan joyidan buyurtma bering!

Xiaomi Pocophone F1 flagmani Rossiyada chegirma bilan sotila boshladi (+video)

6/64 GB xotirali Pocophone F1 uchun kompaniya 356 dollar, 6/128 GB xotirali talqini uchun esa 386 dollar so‘ramoqda. Ammo oldindan buyurtma berish orqali uni deyarli 311 dollarga olish mumkin.

Pocophone F1 xaridorlari uchun Xiaomi’dan xushxabar bor!

Pocophone F1 smartfonining proshivkasi Project Treble loyihasi bo‘yicha yangilanadi. Bulardan tashqari, unga boshqa – muqobil proshivkalarni ham o‘rnatish mumkin bo‘ladi va bunda kafolat bekor qilinmaydi.

Nihoyat, Xiaomi atigi 300 dollarlik Pocophone F1 flagmanini taqdim etdi! (video)

Pocophone F1 yakka kristalli Snapdragon 845 protsessori, 6/8 GB tezkor hamda 64/128/256 GB doimiy xotira bilan ta’minlangan. Xiaomi uni «Master of Speed» – «Tezkorlik ustasi» deya da’vo qilmoqda.

Xiaomi’ning hamyonbop Pocophone F1 flagmani Geekbench’da OnePlus 6, Mi 8 va Galaxy S9+’larni ortda qoldirdi!

Pocophone F1 yakka yadroli rejimdagi sinovda ham 2467 ballik ko‘rsatkichni namoyon etgan, bu esa faqat Samsung Galaxy S9+ flagmanining natijasidangina pastdir.

22 avgustda taqdim etiladigan Xiaomi Pocophone F1’ni hozirdanoq OLX onlayn bozoridan olish mumkin! (+video)

Taqdimotdan avval sotilayotgan 6/64 GB xotirali Pocophone F1 smartfoni Android 8.1 bazasidagi MIUI 9.6 grafik qobig‘i boshqaruvi ostida ishlaydi va AnTuTu’da 270 ming balldan oshiq natija ko‘rsatgan.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш