To‘qqiz xil POCO smartfonlari uchun global MIUI 12.5 testi boshlanyapti (qo‘shilish uchun havola)

Yangi grafik qobiqning global talqini asosidagi proshivkani sinab ko‘rish dasturida qatnashish uchun shu smartfonlar egalari xabardagi havola orqali o‘tib, ariza to‘ldirishlari lozim.

Poco M2 Reloaded chiqdi: brendning eng arzon smartfoni yanada arzon versiyada!

Bultur sentyabrda Poco M2 modelini taqdim etgan Xiaomi bugun uning yangi talqini – Poco M2 Reloaded modelini namoyish qildi. Xo‘sh, bu smartfonning oddiy Poco M2 telefonidan farqi nimada?

Xiaomi, Redmi, Poco hamda Black Shark smartfonlari egalariga xushxabar!

MIUI grafik qobig‘i har bir yangilanish bilan takomillashishda davom etmoqda. Jumladan, navbatdagi apdeyt bilan undagi standart videopleyer – Xiaomi Mi Video juda foydali funksiyaga ega bo‘ldi.

ENDI RASMAN: jami 47 rusumdagi Xiaomi, Redmi va Poco smartfonlari uchun global MIUI 12.5 testi ochildi!

Global MIUI 12.5 asosidagi 25 xildagi smartfon proshivkalari beta-testerlarga tarqatilayotgan edi. Xiaomi ushbu beta-test dasturini kengaytirib, ro‘yxatga yana 22 xildagi mobil qurilmalarni kiritdi.

Global MIUI 12.5 proshivkasini 25 xil Xiaomi, Redmi va Poco smartfonlariga hoziroq yuklab olish mumkin!

Xiaomi.EU portali jamoasi global proshivkani kutishni istamaganlar uchun xitoychasini «globallashtirib» tarqatmoqda. Ularning barchasi Android 11 operatsion tizimi ustiga qurilgan.

Xiaomi smartfonlari va boshqa gadjetlarini 3 martgacha 40% chegirma bilan olish mumkin!

Shuningdek, Xiaomi Mi Band 4 NFC aqlli bilaguzugi va Xiaomi Mi AirDots Pro simsiz quloqchini uchun 40 foiz, Xiaomi Mi Band 5 hamda Mi True Wireless Earbuds 2 uchun esa 30% chegirmalar belgilangan.

25 xildagi Xiaomi, Redmi va Poco smartfonlarida global MIUI 12.5 beta-sinovi boshlandi!

Xiaomi allaqachon Xitoydan tashqaridagi o‘z smartfonlari uchun ham MIUI 12.5 beta-test dasturini e’lon qildi. 25 xil smartfon egalaridan unda qatnashish uchun arizalar 1 martgacha qabul qilinadi.

Ushbu 22 xil Xiaomi, Redmi va Poco smartfonlariga MIUI 12.5 proshivkasini hoziroq o‘rnatishingiz mumkin!

Beta-sinovlar faqat Xitoydagi foydalanuvchilar uchun joriy etilgan, ammo XDA Developers dasturchilar hamjamiyati proshivkalarni ko‘pchilik bilan baham ko‘ra boshladi.

Xiaomi ishqibozlari uchun ikkita noxush xabar

Buni fosh etgan Ice Universe yozishicha, Xiaomi Mi 11 ekrani nafaqat ikki yonidan, balki har to‘rtala tomonidan qayrilgan bo‘ladi.

TOP-15: Rekord darajada tez quvvatlanuvchi smartfonlar

Ro‘yxatda birorta ham iPhone yo‘q, kuchli o‘ntalikdan esa faqat xitoylik kompaniyalarning vakillari o‘rin olgan! Yarim soatga ham yetmasdan quvvatlanib ulguruvchi bittagina smartfon bor ekan.

Bayram arafasida Xiaomi, Redmi va Poco smartfonlari egalariga xushxabar bor!

MIUI 12.5 grafik qobig‘ining taqdimot vaqti haqida kompaniya dasturiy ta’minot bo‘limi rabari Jin Fan ma’lumot berdi. Bu proshivka esa 80 xildagi Xiaomi, Redmi va Poco smartfonlariga keladi!

Yangi yil oldidan Xiaomi, Redmi va Poco smartfonlari arzonlashdi, sovg‘alari ham bor!

23 dekabr kunining so‘ngigacha davom etuvchi «Yangi yilga uy bezaymiz» aksiyasida robot-changyutgich, smart-braslet, o‘yinbop monitor kabilarga ham chegirmalar, ayrim modellar xaridorlariga sovg‘alar ham bor.

80 xildagi Xiaomi, Redmi va Poco smartfonlariga MIUI 12.5 proshivkasi keladi!

Ularning ayrimlariga ushbu apdeyt Android 11 operatsion tizimi bilan birga keladi, ba’zilarining proshivkasi «o‘zagi» esa oldingi versiyadagi Android’da qoladi.

Xiaomi smartfonlariga MIUI 12.5 keladi: nimalari bor?

MIUI 12.5 apdeytini Xiaomi Mi 11 flagmanlari bilan birgalikda rasman namoyish etishlari mumkin. Shu bilan birga, ushbu smartfonlar oraliq grafik qobiqdagi ilk barqaror proshivkaga ega bo‘ladi.

6000 mAs batareyali, 129 dollarlik Xiaomi smartfoni yarim soatda 70 mingta sotildi!

Axir, 6000 mA/soatlik akkumulyatorining quvvati besh kunga yetuvchi, Full HD+ ekranli, asosiy datchigi 48 MPlik uchtalik kameraga yetuvchi smartfonni 129 dollarga boshqa hech kim taklif eta olmaydi-da!

MIUI 13 proshivkasini oluvchi Xiaomi, Redmi va Poco smartfonlarining kengaytirilgan ro‘yxati

MIUI 13 beta-testi keyingi yil yozida boshlanadi, deyishayotgan edi. Biroq rasmiy Mi Community moderatori beta-sinovlar bu gal ancha erta, ehtimol, apreldagi taqdimotidan keyinoq boshlanishini aytgan.

Quvvati 5 kunga yetuvchi nostandart smartfon – Poco M3 namoyish qilindi

Xiaomi ta’kidlashicha, yengilroq yuklama bilan ishlatganda uning avtonomligi 5 kungacha boradi! O‘rtacha foydalanganda Poco M3 akkumulyatorining quvvati 3 kunga, ayamasdan ishlatganda ham bir yarim kunga yetadi.

24 noyabrda chiqayotgan hamyonbop Xiaomi smartfoni – Poco M3 xususiyatlari va videosi!

Xiaomi ushbu smartfonida barmoq izi datchigini korpusning yon qirrasiga o‘rnatmoqda. Uning akkumulyatori esa 6000 mA/soatlik tok sig‘imiga ega bo‘lyapti.

Xiaomi yangi rekordi bilan Realme’ni «joyiga o‘tirg‘izib» qo‘ydi!

Realme kompaniyasini aynan Xiaomi kompaniyasining arzonchi Redmi brendi bilan raqobatlashish uchun Oppo tashkil etgan edi. Uning shashti baland va «Xitoycha Apple»ga munosib raqib bo‘layotir. Ammo...

Xiaomi, Redmi va Poco smartfonlarini 22 noyabrgacha arzonroq olsa bo‘ladi!

Shuningdek, ayrim mahsulotlar xaridida turli aksessuarlar ham qo‘shib berilmoqda. Ba’zi aksessuarlarni esa rasmiy saytdan boshqa biror gadjetni xarid qilganda chegirma bilan olish imkoni mavjud.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш