Xiaomi yana 16 xil smartfonida Android 11 proshivkasini sinab ko‘rmoqda

Yangi ro‘yxatda endi «tasdiqlangan modellar» ustuni yo‘q – undagi barcha smartfonlar «Android 11 ichki tekshiruvi ketayotgan qurilmalar» ustuniga ko‘chirilgan.

Xiaomi smartfonlari, televizorlari va boshqa gadjetlariga 10 noyabrgacha chegirma va sovg‘alar bor

Nafaqat bular, balki Xiaomi ekotizimiga kiruvchi boshqa mahsulotlar – aqlli tarozi, skuter, router va hokazolar uchun ham chegirmalar belgilangan.

Bizni aldashibdi: MIUI 13’ga yangilanuvchi Xiaomi, Redmi va Poco smartfonlarining katta ro‘yxati

Avvalroq tarqalgan, MIUI 13 grafik qobig‘ining interfeysidan olingan skrinshotlar va video soxta bo‘lib chiqdi. Lekin unga yangilanuvchi modellar ro‘yxati o‘shandagidan ancha kengroq ekan – naq 46 xil smartfon!

Xiaomi va Redmi smartfonlarini 20 sentyabrgacha chegirma bilan olish mumkin!

Eng qizig‘i – foydalanuvchilar ayrim tovarlarning chegirmalariga ta’sir ko‘rsata oladilar. Ya’ni, muayyan modeldagi qurilma qanchalik ko‘p layk to‘plasa, uning yakuniy chegirmasi ham shunchalik katta bo‘ladi.

POCO X3 NFC namoyish qilindi: 120 Gs displeyli, IP54 himoyali, 5160 mAh batareyali va stereodinamikli hamyonbop smartfon

Kompaniyaning keyingi qurilmalaridan farqli ravishda, bu – Xiaomi yoki Redmi brendi ostida oldin chiqqan biror modelning kloni emas, balki chindan ham yap-yangi rusumdagi smartfondir.

Poco M2 Pro taqdim qilindi, lekin u original smartfon emas!

Unga global versiyadagi Redmi Note 9 Pro gadjetidan kamera blogining dizayni hamda 33 vattlik tezkor quvvatlash texnologiyasi meros bo‘lib o‘tgan. Hindcha smartfondan esa u 48 MPlik bosh kamerani olgan.

4 iyulgacha barqaror MIUI 12’ga yangilangan va tez orada yangilanadigan barcha Xiaomi, Redmi va Poco smartfonlari ro‘yxati

Androidcentral nashri global va barqaror MIUI 12 asosidagi proshivkalar allaqachon tarqatilayotgan hamda ushbu apdeytni yaqin orada qabul qiladigan smartfonlarning to‘liq ro‘yxatini e’lon qildi.

Hamyonbop va kuchli flagman – Poco M2 Pro surati hamda namoyish kuni rasman e’lon qilindi (video)

Smartfon Redmi Note 9 turkumi hamda Redmi 10X modeli dizaynidagi kvadrokameraga ega. Flipkart do‘konidagi uning sahifasida esa tezkor quvvatlash va yuksak samaradorlik haqida yana ikkita video mavjud.

Xiaomi yoki Redmi smartfoningizga MIUI 12 kelishini hoziroq tekshirishingiz mumkin!

MIUI 12 grafik qobig‘idan olingan ilk skrinshotlarni, ungacha yangilanuvchi Xiaomi hamda Redmi smartfonlari ro‘yxatlarini allaqachon e’lon qilganmiz. Endi esa Google Play katalogida maxsus ilova paydo bo‘ldi.

Xiaomi’ning uzoq kutilgan flagmani shunchaki klon bo‘lib chiqdi!

Redmi smartfonlarining qayta nomlangan holda Poco brendi ostida qayta taqdim etilishi – yangilik emas. Poco X2 ham aslida Redmi K30 4G modelining Hindiston bozori uchun rebrending qilingan versiyasidir.

Redmi K30 4G’dan ham arzon Poco X2 taqdimot kuni rasman e’lon qilindi! (+«jonli» surat)

Xiaomi Poco X2 modeli hali o‘tgan yilning avgustida namoyish qilingan 300 dollarlik Pocophone F1 smartfonining davomchisi emas – unisi boshqa bo‘lib, keyinroq chiqadi.

Xiaomi’dan ajralib chiqayotgan Pocophone ikkinchi smartfonini tasdiqladi! (+video)

«Poco’ni biz Xiaomi tarkibidagi bo‘linma sifatida yaratgan edik, ammo endi uning o‘z shaxsiyati mavjud... Biz endi, Poco mustaqil brend tarzida ishlashiga imkon berish vaqti keldi, deb hisoblaymiz.»

EKSKLYuZIV: Xiaomi Pocophone’ning ilk «jonli» videosi – Face Unlock evaziga barmoq izi skaneridan voz kechilganmi?

Android 8.1 Oreo tizimli smartfon Snapdragon 845 chipi va 6 GB tezkor xotira bilan ta’minlangan. Orqa panelida qo‘shaloq kamera, displeydagi «o‘yiq»da esa old kamera va Face Unlock datchigi joylashadi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш