Xiaomi aytadiyam, qaytadiyam: to‘rtta Redmi smartfoniga MIUI 12 kelmaydigan bo‘ldi!

Kompaniya MIUI 12 proshivkasini qabul qiluvchi gadjetlarining ro‘yxatini kuni kecha yangiladi. Afsuski, Redmi brendiga mansub bo‘lgan to‘rtta rusumdagi smartfon undan chiqarib tashlangan.

Xiaomi smartfonlaridan oltitasiga barqaror MIUI 11 proshivkasi tarqatilmoqda, orasida arzon modellar ham bor!

Kompaniya MIUI 11 grafik qobiq talqiniga asoslangan proshivkalarni turli smartfonlariga tezkorlik bilan tarqatmoqda. Ular orasida O‘zbekistonda ommabop bo‘lgan hamyonbop modellar ham borligi quvonarlidir.

Terashop.uz’dagi eng xaridorgir 10 smartfon

Bugun mazkur onlayn do‘konimizda eng ko‘p buyurtma qilinayotgan smartfonlar ro‘yxatini e’tiboringizga taqdim etmoqdamiz.

AnTuTu rekordchisi Mi 9 va yap-yangi Redmi 7 ham Terashop.uz’ga keldi! Xiaomi smartfonlari yanada arzonlashdi! (2019 yil 26 mart)

Bugungi narxnomamizda biz uchun yangi ikkita model – AnTuTu rekordchisi Mi 9 flagmani hamda arzon Redmi 7 smartfoni ham bor. Umuman, Xiaomi smartfonlari narxlari pasaydi, ro‘yxatda naq 58 ta model bor!

Redmi 7 namoyish etildi, to‘liq xususiyatlari va narxlarini ko‘rib chiqamiz!

Xiaomi mazkur modelida kutilganidek Snapdragon 625/630 emas, balki nisbatan yangi va kuchliroq bo‘lgan Snapdragon 632 protsessorini qo‘llagan va smartfonga 18 oylik muddatda kafolat bergan!

Redmi 7’ning eng muhim jihati nimada? Xiaomi vitse-prezidenti aniqlik kiritdi

Corning Gorilla Glass 5 himoya shishasi 150 dollargacha narx toifasiga mansub qurilmalarda ilk bor Redmi 7 modelida qo‘llanilmoqda.

105 dollarlik Redmi 7 namoyish kunini Xiaomi vitse-prezidenti rasman tasdiqladi

Xiaomi rahbari avvalroq Weibo foydalanuvchilari bilan yozishmalarida ushbu smartfonning narxini ham aytgan edi.

Xiaomi rahbari hamyonbop Redmi 7 narxi va jihatlarini ma’lum qildi

Ley Szun ushbu smartfonda quloqchin uchun standart audiotirqish, infraqizil port hamda sig‘imdor akkumulyator ham bo‘lishini aytgan.

Redmi 7’ni taqdimotidan avval Redmi Note 7 bilan «jonli» videoda taqqoslab ko‘rsatishdi!

Redmi 7 modelining nafaqat texnik xususiyatlari, balki qiyofasi ham farqli: ekranining romlari hamda «o‘yig‘i» kattaroq. Videolavha muallifi uning protsessorini ham fosh etgan – Snapdragon 625.

Ertagayoq namoyish etilayotgan Redmi 7 bilan batafsil tanishamiz!

Xitoyning mobil qurilmalarni ro‘yxatga oluvchi TENAA tashkiloti saytida hamyonbop Xiaomi Redmi 7 smartfonining texnik xususiyatlari batafsil e’lon qilindi.

Xiaomi yana bitta arzon smartfon – Redmi 7 taqdimot kunini e’lon qildi!

Twitter ijtimoiy tarmog‘idagi o‘z rasmiy sahifasida Xiaomi mazkur bannerga #48MpforEveryone heshtegini ilova qilgan.

Xiaomi Redmi 7 hamyonbop smartfoni «jonli» suratlari bilan TENAA’ga chiqdi

TENAA regulyatori ma’lumotlar bazasida Xiaomi’ning yangi smartfoni paydo bo‘ldi. Manbalarga ko‘ra, bu – Redmi brendi ostida 10 yanvarda taqdim etiladigan gadjetdir.

Redmi 7 yoki Redmi Pro 2: Xiaomi bu yilgi ilk taqdimotini bugunoq o‘tkazyapti!

Posterda «Forever believe that good things are about to happen» shiori bitilgan, buni esa quyidagicha o‘girish mumkin: «Biror yaxshi voqea hoziroq yuz berishiga hamisha ishoning».

Xiaomi Redmi 7, Redmi 7A va Redmi 7 Pro allaqachon sertifikatlandi – ularning taqdimoti yaqin!

Xitoyning sertifikatsiya agentligi – China Compulsory Certificate (3C) tashkilotida Xiaomi’ning M1901F7C, M1901F7E va M1901F7T model raqamli uchta yangi telefoni ro‘yxatga olindi.

Xiaomi’ning sirli Redmi smartfoni suratlarda: uch modulli kamera va daktiloskopli ekran!

Magic Screen turidagi romsiz ekran 6,1 dyuymlik bo‘lib, barmoq izi skaneri ham unga integratsiya qilinadi. Snapdragon 710 chipli Redmi 7’ning 4-6 GBlik tezkor va 64-128 GBlik ichki xotirali bo‘lishi aytilgan.

120 dollardan boshlanuvchi Xiaomi Redmi 7 xususidagi birinchi ma’lumotlar va rasmlari bilan tanishing!

Xiaomi Redmi 7 dekabr-yanvar oylarida taqdim etilishi mumkin. Internetda uning xususiyatlari, dizayni haqidagi ilk ma’lumotlar va taxminiy suratlari paydo bo‘ldi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш