AliExpress: Rossiyaliklar eng ko‘p olayotgan o‘nta smartfonning dastlabki beshtasi bitta kompaniyaga tegishli

TOP-o‘ntalikka jami beshta brend mahsulotlari kirgan. Qanchalik g‘alati tuyulmasin, ular orasida dunyo bo‘yicha yetakchi smartfonsoz – Samsung kompaniyasining birorta ham telefoni yo‘q!

Xitoycha talqindagi Redmi Note 10 Pro chiqdi: global va hindcha versiyalaridan o‘zgacha!

Mahalliy Redmi Note 10 Pro na global bozorga va na Hindistonga mo‘ljallab shu nomda chiqarilgan smartfonga o‘xshamaydi. Uning tashqi qiyofasi ko‘proq Xiaomi Mi 10 Ultra va Mi 10S flagmanlarini eslatadi.

24–25 may kunlari Xiaomi, Redmi hamda Poco smartfonlari va boshqa devayslarini 40% gacha chegirma bilan olish mumkin!

Bunda eng katta arzonlashuv yap-yangi Redmi Note 10 smartfoni xaridida amal qiladi – barcha chegirmalar va kuponlardan foydalangan holda, uni naq 40 foizga arzon olsa bo‘ladi.

Redmi Note 10 Ultra ham tayyor: namoyish kuni, narx va xususiyatlari

Xiaomi uni MediaTek Dimensity 1100 platformasi bazasida tayyorlab, diagonaliga 6,53 dyuymlik AMOLED-ekran bilan ta’minlagan.

Poco brendi ostidagi 185 dollarlik 5G-smartfon tayyor!

Dimensity 700 chipli Poco M3 Pro 5G akkumulyatori 5000 mA/soatlik bo‘lib, 18 vattlik tezkor quvvatlana oladi. 6,5 dyuymlik, 90 gerslik ekrani esa FHD+ formatida tasvir uzatishga qodir.

Redmi Note 10S taqdimot kuni, rasmiy sahifasi, suratlari va qadoq tarkibi e’lon qilindi

Kompaniya mobil fotografiya ishqibozlari uchun Redmi Note 10S ajoyib tanlov bo‘lishini ta’kidlagan. Unda 64 MPlik kvadrokamera, Helio G95 chipi, 33 Vt tezkor quvvatlanuvchi 5000 mA/s akkumulyator qo‘llanmoqda.

Xiaomi tan olishga majbur bo‘ldi: Redmi’ning yangi smartfonlarida «ishkal» bor!

Garchi muammo mavjudligini tan olgan bo‘lsa-da, kompaniya kishilarni vahima qilmaslikka chaqirgan va bu nuqsonlar juda kam sonli Redmi Note 10 smartfonlarida uchrayotganini ta’kidlagan.

165 dollardan boshlanuvchi Redmi Note 10, Note 10 Pro va Note 10 Pro Max taqdim etildi!

MIUI 12 grafik qobig‘i ostidagi Android 11 tizimli ushbu uchta smartfonda ham AMOLED-matritsali ekran qo‘llangan. Ikkitasining korpusi shishadan ishlangan va IP52 standartiga ko‘ra muhofaza etilgan.

Redmi Note 10 taqdimotidan oldin uni 10 daqiqalik anboksing videosida batafsil tomosha qilamiz!

Kompaniya allaqachon Hindistondagi do‘konlarga va uyali aloqa operatorlariga smartfonlarni jo‘nata boshlagan. Qo‘shni Pokistondagi bloger esa ulardan birini qo‘lga kiritib, anboksing videosini e’lon qildi!

AMOLED ekranli Redmi Note 10’ni ilk bor yoqiq holatida «jonli» ko‘ramiz!

«Telefon haqida» bo‘limida aks ettirilgan yozuvlarga ko‘ra, smartfon 128 gigabaytlik doimiy xotiraga ega hamda MIUI 12 grafik qobig‘i boshqaruvi ostida ishlaydi.

4-mart kuni Xiaomi'ning sizga tayyorlagan yana bir sovg‘asi bor!

Ushbu sovg‘a sizni xursand qilishi aniq.

RASMAN: Redmi Note 10’lar kutilganidan oldinroq chiqadi!

Realme kuchayib borayotgani sababli, Xiaomi yangi avlod kamerofonlarini «tajovuzkor» narxlarda chiqaryapti. Taxminlarga ko‘ra, ular 108 megapiksellik kameraga ega eng arzon smartfonlar bo‘lishi kerak.

To‘rt xil Redmi Note 10 hamyonbop kamerofoni taqdimot kuni bilan do‘konga chiqdi!

Realme kuchayib borayotgani sababli, Xiaomi yangi avlod kamerofonlarini «tajovuzkor» narxlarda chiqarishi ma’lum bo‘lgan.

108 MPlik eng arzon kamerofon namoyish kunini Redmi rasman aytdi

Xiaomi India boshqaruvchi direktori hamda global vitse-prezident Manu Kumar Jayn o‘zining Twitter-akkauntida Redmi Note 10 turkumidagi kamerofonlarning tizer videoini e’lon qildi.

Redmi Note 10’ning ilk tizeri: «yong‘oqchaqar»ning munosib izdoshi!

«Kichkina King-Kong»ning qaytishi haqidagi poster ushbu turkumdagi yangi smartfonning taqdimoti yaqin ekanligidan dalolat beradi. Demak – RedmI Note 10 modeli ham Redmi Note 7 kabi pishiq bo‘lishi kutilmoqda!

«Tajovuzkor» narxli Redmi Note 10 hamda Note 10 Pro: taqdimot kuni, ranglari va texnik xususiyatlari

Smartfonlar 700-seriyadagi Qualcomm protsessori bilan chiqariladi; katta ehtimol bilan, bu Snapdragon 750G modelidir. Lekin ularning 5G tarmog‘ini qo‘llamaydigan versiyasi ham bo‘lishi kutilmoqda.

Redmi Note 10 xususiyatlari va «jonli» rasmlarini TENAA fosh etdi!

Qurilmaning bosh kamera blogi umuman o‘zgacha – Honor smartfonlarini eslatadi. Ular bilan chalkashtirib yubormaslik uchunmi, yangi smartfonning orqa panelida yirik qilib Redmi brendining nomi tushirilgan.

Redmi 10X o‘ta arzonlashdi, chunki... tez kunlarda Redmi Note X chiqadi!

Redmi Note X yaqinda taqdim qilingan «yengillashtirilgan» flagman – Xiaomi Mi 10T Lite modelining rebrending qilingan, shu bilan birga yanada kuchaytirilgan varianti bo‘ladi.

150 dollarlik Redmi Note 10 – arzonlashtirilgan Xiaomi flagmanining yaxshilangan versiyasi!

Insayder xabari o‘z tasdig‘ini topsa, bu model 108 megapiksellik kamerali ilk Redmi smartfoni bo‘ladi. Kutilayotganidek 150 dollari atrofida baholansa, uning ommabop telefonlardan biri bo‘lishi aniq.

Atigi 150 dollarlik Redmi Note 10 bilan Redmi Note 10 Pro’ning asosiy farqi nimada?

Redmi Note 10 ham, uning Pro-versiyasi ham yaxshi kamera, sig‘imdor akkumulyator va diagonaliga 6,67 dyuymlik ekranga ega bo‘lishini aytishmoqda. Ularda kadr yangilanish chastotasi 120 gersga teng. Lekin...

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш