Yangilangan bestseller – Redmi Note 8 2021 sotuvga chiqdi: narxlari va farqlari

Yangicha «yurak» bilan «qayta tug‘ilgan» bu smartfonini Xiaomi qadog‘idanoq eng so‘nggi – Android 11 operatsion tizimi bazasidagi MIUI 12.5 grafik qobig‘i bilan chiqargan.

Redmi Note 8 smartfoni yangilangan talqinda chiqyapti

Redmi bir necha kun oldin butun dunyo bo‘ylab 25 million dona Redmi Note 8 smartfonini sotganini ma’lum qilgandi. Ushbu muvaffaqiyatni nishonlash uchun kompaniya smartfonning yangilangan talqini —  Redmi Note 8 2021 modelini chiqarishga qaror qildi.

Smartfon bozoridagi tengsiz lider ikkinchi o‘rin egasidan uch yarim marta o‘zib ketdi!

Reyting shohsupasini va naq yarmini bitta vakillari band etgan bo‘lsa, faqat ikkinchi o‘rinda janubiy koreyaliklar smartfoni turibdi, qolgan to‘rtta o‘rinni Xitoy brendi egallagan.

Dunyo bo‘yicha eng ko‘p sotilgan 10 smartfon (2020 yilning 1-yarmi)

Top-o‘ntalikning naq yarmini bitta kompaniya smartfonlari zabt etgan, reyting g‘olibining ko‘rsatkichi esa keyingi uchta o‘rinni egallagan modellar sotuvlarining umumiy yig‘indisidan ham ko‘p!

Yangi reyting: iPhone 11 – shunchaki bestseller emas!

Bu galgi yetakchilar ro‘yxatida arzon smartfonlar yo‘q hisobi. Shuningdek, reytingda uchtagina smartfonsozning turli modellari mavjudligini ham ta’kidlash kerak.

TOP-6: eng ko‘p sotilgan Android-smartfonlar (2020 yil 1-chorak)

Yilning ilk choragida jami 275 millionta smartfon sotilgan bo‘lib, ularning 86 foizi «yashil robotchali» ekan. Android-smartfonlar orasida kuchli flagmanlardan ko‘ra arzonlarining bozori chaqqon.

Yangi reytingda iPhone 11’dan keyingi – ikkinchi o‘rinni atigi 140 dollarlik smartfon egalladi!

Ushbu ro‘yxatga yana iPhone 11 Pro va 11 Pro Max, Samsung Galaxy A51, Galaxy A10S, Redmi Note 8 Pro, Galaxy A20S, Galaxy A01, Redmi 8A kabi smartfonlar ham kirgan.

Redmi ikkita bestselleriga Android 10 bazasidagi MIUI 12 chiqish vaqtini aytdi

Atigi uch oy ichida 10 million dona sotilgan ushbu qurilmalardan biriga may oyining o‘zidayoq barqaror Android 10 proshivkasi tarqatiladi!

Diqqat! Xiaomi foydalanuvchilari, ogoh bo‘ling!

Redmi Note 8, Mi 10 va Mi Mix 3 smartfonalarida jiddiy muammo borligi aniqlangan, ammo boshqa qurilmalarda ushbu zaiflik mavjud emasligiga kafolat yo‘q.

TeraTaqqos: Redmi Note 8 hamda Galaxy A20s smartfonlarini ochib, ishlatib ko‘ramiz

Xiaomi’ning Redmi Note 8 hamyonbop modelini Samsung Galaxy A20s smartfoni bilan o‘zaro qiyoslab yana bitta videotavsif tayyorladik. Unda har ikkalasining xususiyatlari va narxlari solishtirilgan.

TeraTaqqos: Redmi Note 8 Pro’ning global va Hindiston versiyalari – farqlari va narxlari bilan tanishing! (video)

Redmi Note 8 Pro ikki xil versiyada chiqyapti; model nomi bir xil bo‘lsa-da, ularning ayrim juz’iy farqlari mavjud. Shu bois global va Hindiston versiyalarining o‘zaro farqlarini videotavsifda qiyosladik.

To‘rtta modeldagi Xiaomi va Redmi smartfonlari egalariga noxush xabar bor

Buning bitta sababi koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq bo‘lsa, ikkinchi sabab – Xiaomi o‘z dasturchilarini navbatdagi – MIUI 12 proshivkasi ustida ishlashga jalb etgan bo‘lishi mumkin.

Xiaomi uchta arzon smartfoniga Android 10 tayyorlayapti, yana biriga barqaror global proshivka tarqatyapti ham!

Yangi proshivkaning «havo orqali» kelishini kutmayman, desangiz, xabarda berilgan havolalar orqali smartfoningizga yuklab olib, ko‘rsatilgan usulda o‘zingiz o‘rnatishingiz mumkin.

Redmi buni uddaladi: ekranosti daktiloskopga ega LCD-displeyli ilk smartfonni qarshi oling! (+video)

Ya’ni, bundan keyin Xiaomi’ning arzon smartfonlarida ham yuksak texnologiya yutug‘i joriy etiladi!

Boshlandi: Xiaomi ommabop Redmi smartfonini qimmatlashtirdi

Mutaxassislar buning sababi – Xitoyda avj olayotgan koronavirus epidemiyasi sababli zavodlarning to‘xtab turganidir, deya taxmin qilishdi va Xiaomi vakillari buni tasdiqlashdi.

Redmi bestsellerini Antarktidaga nega jo‘natishyapti?

Mazkur arzon smartfon hatto qahratonda ham o‘zini ko‘rsata olishini kompaniya sayyoramizning eng janubiy materigida isbotlab ko‘rsatmoqchi.

Atigi uch oy ichida 10 million dona Redmi Note 8/8 Pro smartfoni sotildi

Kompaniya yana shuni aytib o‘tdiki, bu qurilmalar uch oy davomida kuniga 110 000 donadan sotilgan!

Redmi’ning ikkita arzon flagmani rekord o‘rnatdi

Xiaomi shu yilning sentyabrida Redmi Note 8 hamda Redmi Note 8 Pro smartfonlarini Xitoyda namoyish etgandi. Ular dunyo bo‘yicha trenddagi telefonlar reytingida eng yuqori o‘rinlarni egallab kelishayotir.

Redmi Note 8T namoyish qilindi – uning oddiy Redmi Note 8’dan farqlari qanday?

Bu model Redmi Note 8’ning yangilangan varianti bo‘lib, NFC chipi qo‘shilgan, akkumulyatori 18 vattlik tezkor quvvatlanish texnologiyasiga ega. Tashqi ko‘rinishidagi farqlarini esa videoda ko‘rsatganmiz.

Taqdimotidan avval sotilayotgan Redmi Note 8T’ni ishlatib, Redmi Note 8 bilan taqqoslab ko‘ramiz! («jonli» video)

NFC moduli qo‘shilganini aytmasa, bu smartfon original Redmi Note 8 modelining aynan o‘zi bo‘lishini aytishayotgan edi. Lekin videolavha ularning boshqa farqlarini ham namoyon etdi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш