Barcha Mi 9’lardan kuchli Redmi 855 flagmani taqdimot oldidan Xiaomi rasmiy saytida!

Xitoylik manba tarqatgan suratda Xiaomi sayti ochilgan holdagi monitor tasvirlangan. Veb-sahifada esa Snapdragon 855 protsessorli Redmi smartfoni rasmi va asosiy xususiyatlari bilan aks ettirilgan.

Redmi K20 Pro tezkorligi Xiaomi vitse-prezidentini cho‘chitib yubordi: u barcha Mi 9’lardan kuchli!

Mi 9 flagmani AnTuTu testida 380 000 ball olayotgan bo‘lsa, kuzatuvchilarning taxminicha, Redmi K20 Pro bemalol 400 000 ballik ko‘rsatkichdan oshgan.

RASMAN: Keyingi haftadayoq chiqayotgan Redmi K20 Pro’ning ekrani daktiloskopli va «beli baquvvat»!

7 may kuni Lu Veybing ushbu smartfonning ekranidan olingan skrinshotni e’lon qildi. Eng qizig‘i – unga ko‘ra, Redmi K20 Pro barmoq izi skaneri ekranning o‘ziga integratsiyalangan ekan!

Xiaomi’ning Snapdragon 855 chipli arzon flagmani Redmi K20 Pro ekan! («jonli» rasm va video)

Videolavhada orqa qopqog‘i bo‘lmagan Redmi K20 Pro modelining old kamerasi mexanizmi qanday ishlashi ko‘rsatib berilgan.

Xiaomi kamerasi korpusdan chiquvchi, SD855 chipli Redmi flagmanining ilk rasmiy videosini tarqatdi!

«Qasoskorlar: Final» filmining treyleri bilan hamohanglikda ishlangan ushbu lavhada Redmi flagmanining old kamerasi aniq-ravshan ko‘rsatilgan va kuchli samaradorlikka ishora qilingan.

«Jonli» foto: Xiaomi rahbari Snapdragon 855 chipli Redmi flagmani bilan «qo‘lga tushdi»!

Yana bir muhim ma’lumot: ushbu rasmni taqdim etgan manbaning ta’kidlashicha, mazkur Redmi flagmanining old kamerasi korpus ichidan chiqadigan bo‘ladi.

Xiaomi ertagayoq taqdim etayotgan Redmi X flagmanining narxi va xususiyatlari ma’lum bo‘ldi!

Redmi X uch modulli (48, 20 va 8 MPlik) bosh kameraga ega, 6,6 dyuymlik ekranidagi tomchisimon «kemtik»da esa naq 20 va 8 megapiksellik sensorlardan iborat qo‘shaloq old kamera joylashgan!

Xiaomi ekrani daktiloskopli Redmi X flagmanining taqdimot kunini rasman e’lon qildi!

Xiaomi rahbari Redmi turkumida ham Snapdragon 855 chipli flagman taqdim etishini aytgan. Bu ham ayni mana shu model bo‘lib, u 4000 mA/soatlik akkumulyator va uch modulli kamera bilan jihozlanishi mumkin.

Atigi 150 dollarlik Redmi Note 7 taqdim etildi – 48 MPlik qo‘sh kamera, yong‘oq chaqishga yaraydigan ekran!

48 MPlik juft kamera, tomchisimon «kemtik»li romsiz displey, AnTuTu’da 146 000 ballik ko‘rsatkich, 8 yadroli Snapdragon 660 chipi, USB-C va boshqa portlar, bolg‘adek mustahkam korpus – atigi 150 dollarga!

Bugun taqdim etilayotgan Redmi smartfoni bilan yong‘oq chaqib, uni tepkilab va ustiga o‘tirib ko‘rsatishdi! («jonli» videolar)

Uchinchi videorolikda Redmi Note 7 ustiga sakrab o‘tirib ko‘rsatishgan bo‘lsa, to‘rtinchisida uning ekrani bilan yong‘oq chaqishadi, uni o‘qlov bilan urib-tepkilashadi...

«JONLI» VIDEO: Redmi X endi qizlarning nozik baland poshnasi ostida jon saqladi!

Redmi X mustahkamligini isbotlash uchun bu gal uni bir qiz uchli baland poshnasi bilan bir necha bor bosib namoyish etgan. Shuningdek, Xiaomi ushbu smartfonining ilk rasmiy reklama posterini ham chiqargan.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш