TOP-10: Eng kuchli smartfonlar bilan tanishamiz! (AnTuTu, 2019 yil avgust)

Kuchli o‘nlikning naq to‘rtta pog‘onasini bitta kompaniya smartfonlari egallagan va birinchi marta uning hamyonbop brendi vakili qudratlilar reytingiga kirgan.

AnTuTu: Eng kuchli smartfonlar safiga bu gal arzon modellar ham kirdi! (2019 yil, avgust)

Benchmark xizmatlarini ko‘rsatuvchi xitoylik mashhur kompaniya yangi reytingini e’lon qildi. Unda shu yilning avgust oyida taqdim etilgan va AnTuTu’da sinab ko‘rilgan yangi modellar samaradorligi baholangan.

TOP-10: Eng tezkor, ravon va qulay interfeysli smartfonlar (Master Lu, 2019 yil avgust)

Master Lu benchmarki kuni kecha yana bitta reytingni e’lon qildi, unda interfeysining ravonligi, qulayligi bo‘yicha eng yaxshi smartfonlar o‘nligi aks ettirilgan.

TOP-10: Uyali aloqa signalini eng yaxshi tutuvchi smartfonlar (2019 yil iyul)

Master Lu benchmarki e’lon qilgan ushbu reytingdagi smartfonlarning aksariyati O‘zbekistonda ham sotilmoqda. Ayniqsa, ro‘yxatdagi lider model – bizda eng ommaboplaridan biridir.

Nubia X 5G taqdim etildi – dunyodagi yagona «ikki tomonlama» 5G-flagman!

Eng ilg‘or Snapdragon 855 chipli Nubia X 5G mutlaqo romsiz, 6,26 dyuymlik IPS-displeyga ega. Ekranda kemtik yoki tirqish ham mavjud emas – chunki unda old kameraning o‘zi yo‘q.

ZTE endi O‘zbekistondagi operatorlar bilan yaqindan hamkorlik qiladi

Simli va mobil keng polosali ulanish (Internet) tarmoqlarini kengaytirishning istiqbollari, shuningdek, kadrlar tayyorlash va soha mutaxassislari malakasini oshirish bo‘yicha ham fikr almashildi.

TOP-10: Antutu’ga ko‘ra mahalliy bozordagi eng kuchli Android-smartfonlar (2019 yil iyun)

Ommabop Antutu benchmark-testi jamoasi ayni kundagi eng qudratli Android-smartfonlarning navbatdagi reytingini e’lon qildi. Ulardan ayrimlari Terashop.uz internet-do‘konimizda ham sotilmoqda.

Eng kuchli smartfonlar AnTuTu mahalliy reytingi (2019 yil may): yuqori uchtalikda faqat Xiaomi!

Qiziq tomoni – yetakchilardan sanalmish Huawei’ning bittagina smartfoni bu reytingga kirgan, uyam Honor brendiga oid.

ZTE Axon 10 Pro 5G smartfoni sotuvga chiqish sanasi ma’lum qilindi

ZTE kompaniyasi shu yil fevralda, MWC 2019 ko‘rgazmasi doirasida o‘zining yangi – Axon 10 Pro 5G flagmanini ilk bora jamoatchilikka ko‘rsatgan edi. Rasmiy namoyishidan ikki oy o‘tib qurilmaga Xitoyning JD.com onlayn-do‘koni buyurtmalar qabul qila boshladi.

AnTuTu rekordchisi – Nubia Red Magic 3 geymerofoni endi Geekbench’da hammani lol qoldirdi!

Benchmark uning asosiy texnik xususiyatlarini ham tasdiqlagan: Snapdragon 855 protsessori, 8 gigabaytlik tezkor xotira va Android 9.0 Pie tizimi. Uning samaradorligi esa rekord darajada!

Barcha flagmanlarni yengib, AnTuTu’da rekord qo‘ygan Nubia Red Magic 3 ilk «jonli» suratlarda!

Nubia Red Magic 3 modeli AnTuTu sinovida boshqa flagmanlardan ham yuqori ball olgan va bunisi endi chinakam rekord! Uning rasmlari esa Xitoyda o‘tkazilgan kibersport tadbirida olingan.

AnTuTu’da yangi rekord: ZTE Axon 10 Pro 5G bunga qanday erishdi?

Axon 10 Pro 5G o‘zining eng tezkor smartfon bo‘layotganini namoyish etgan – u hatto kuni kecha mazkur benchmarkda barcha flagmanlarni yenggan yurtdoshidan ham yuqori natija ko‘rsatgan!

Nubia ulkan akkumulyatorli Red Magic 3 geymerofonining taqdimot kunini rasman aytdi

Eng ilg‘or Snapdragon 855 protsessori bazasida ishlovchi bu smartfon tezkor xotirasi 12 GBlik, ekranining yangilanish chastotasi esa aksariyat kompyuterlarnikidan ham yuqori bo‘ladi.

Eng qudratli smartfonlar (2019 yil aprel): Xiaomi’ning yap-yangi flagmani AnTuTu reytingida Mi 9’dan ham ustun keldi!

Samsung flagmanlari atigi 4–5-o‘rinlarni band etgan, qolgan barcha o‘rinlarda – faqat xitoylik smartfonsozlarning mahsulotlari!

Eng xavfsiz smartfonlar reytingi bilan tanishing! (2019 yil fevral)

Statista tahlil kompaniyasi zararli nurlarni eng kam miqdorda taratuvchi o‘n oltita smartfon modelini ham ma’lum qilgan.

Nubia qayishqoq displeyli ilk «aqlli» soat-smartfonni tayyorladi

Nubia buklama smartfonini MWC 2019 tadbirida ko‘rsatishini ma’lum qildi. O‘z yechimi Royole va Xiaomi qurilmalaridan farq qilishini u «Nubia boshqacha fikrlaydi» shiori bilan ta’kidlagan.

Trampdan Xitoyga “javob”: endi u Huawei va ZTE uskunalarini sotib olishni ta’qiqlaydi.

Amerikalik korxonalarda Xitoy kompaniyalari, jumladan, Huawei va ZTE kompaniyalari tomonidan ishlab chiqarilgan telekommunikatsiya uskunalarini ishlatish man etilishi mumkin. AQSh prezidenti administratsiyasida shu haqda farmon tayyorlanmoqda.

390 dollardan boshlanuvchi Nubia Red Magic Mars chiqdi: 10 GBgacha «operativka»li o‘yinbop smartfon!

Red Magic Mars eng so‘nggi – Android 9.0 Pie tizimiga ega, undagi Red Magic OS UI grafik qobig‘ida tezkor sozlamalar paneli mavjud. Eng qizig‘i – ayni shu model uchun taqdim etilgan aksessuarlar...

RASMAN: Geekbench’da 9000 ball to‘plab, Xiaomi va Huawei flagmanlaridan o‘zib ketgan smartfonni keyingi haftadayoq ko‘ramiz!

AnTuTu’da salkam 320 000 ball olgan bu geymerofon Geekbench servisida ham tekshirib ko‘rildi. Yakka yadroli testda u 2375 ball, barcha yadrolarini ishga solganida esa 9000 balldan oshiq natija ko‘rsatdi!

Nubia Red Devil taqdim etildi: atigi 560 dollarga Snapdragon 845 va 10 GB «operativka»li geymerofon!

ZTE Nubia Red Devil smartfoni 10/256 GB xotira, Snapdragon 845 chipi, suyuqlikli sovitish tizimi, maxsus o‘yin rejimi, RGB chiroqlari hamda 4D Shock funksiyasi bilan qurollangan.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш