Samsung eng arzon 5G-smartfoni – Galaxy A42 5G modelini namoyish etdi!

Galaxy A42 5G modeli uchun beshinchi avlod uyali aloqa tarmog‘ini qo‘llovchi Snapdragon 690 protsessori tanlangan. Uning ekrani Super AMOLED matritsali bo‘lib, diagonaliga 6,6 dyuym keladi.

Maxfiy selfi-kamerali ilk smartfon – ZTE Axon 20 5G taqdim etilib, allaqachon hafsalani pir qildi!

Axon 20 5G diagonaliga 6.92 dyuymlik, Full HD+ formatidagi OLED-displeyga ega. Daktiloskopli ekranda kadr yangilanish chastotasi 90 gerslik bo‘lsa, sensor qoplami naq 240 gerslik chastotada yangilanadi.

Ilon Mask kiborg-odamlar uchun yangi chipni va kiborgga aylantirilgan cho‘chqani ko‘rsatdi (video)

Implantatsiya to‘liq avtomatlashtirilgan robot-jarroh tomonidan amalga oshiriladi. U bosh chanog‘ini teshib, chipni miyaga ulaydi; operatsiya atigi bir soat davom etadi va bunda anesteziya talab qilinmaydi.

Xiaomi Mi 10 Ultra’da yashirin kamera qanday ishlashini «jonli» videoda tomosha qilamiz!

Xiaomi’ning ta’kidlashicha, faqat uning uchinchi avlod displeyorti kamerasi oddiy selfi-kameralar kabi sifatli suratlar olishga qodir; raqobatchilarning yechimlari unga teng kela olmaydi.

Volkswagen ID.3 elektromobili bitta quvvat bilan 531 km yo‘l bosdi

Xetchbek Germaniyaning Svikkau shahridan yo‘lga chiqib, Shveysariyaning Shaffxauzen shahrida to‘xtagan. Taxminan soatiga 56 km tezlik bilan harakatlangan avtomobil 9 soat yo‘l yurgan.

«JONLI» VIDEO: Yashirin selfi-kamerali smartfonni ZTE’dan avval Xiaomi ishlatib ko‘rsatdi!

1 sentyabr kuni ZTE old kamerasi displey ortiga yashirilgan ilk smartfonni taqdim etadi. Xiaomi esa allaqachon o‘zining shunaqa smartfonini, aynan maxfiy selfi-kamerasini ishlatib ko‘rsatdi.

Aylanma uchtalik kamerali Zenfone 7 hamda Zenfone 7 Pro flagmanlari chiqdi! (+video)

Kamera 35 kg.gacha yukni ko‘tara oladi va 200 000 sikl aylanishga bardosh beradi. Bundan tashqari, mazkur mexanizmning motorchasi ZenFone 6’nikiga nisbatan 40 foizga kichikroq, lekin ikki karra kuchliroq.

Yurtimizda ilk raqamli bankka litsenziya berildi!

Markaziy bank tomonidan birinchi mahalliy raqamli bank — «Anorbank» AJga litsenziya berildi. AKT vazirligi shu va IT-sohaga oid boshqa yangiliklarni e’lon qildi.

Eng original – aylanma ekranli LG Wing smartfonini ilk «jonli» videoda ko‘ramiz!

Ikkinchi ekranda klaviatura va bosh displeydagi kontent bilan bog‘liq qo‘shimcha ma’lumot aks etadi. Surat yoki videolarni tomosha qilayotib, ostki ekranda ularni tahrirlash vositalari chiqib turadi va hokazo.

Xiaomi yangi «san’at asari»ning namoyish kunini e’lon qildi!

Rasmiy namoyishi Hindistonda bo‘lib o‘tadigan ushbu devays oldin Xitoyda yoki boshqa biror mamlakatda chiqqan emas. Ya’ni – u butkul yangi mahsulot, ammo xususiyatlari va narxi hozircha noma’lum.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш