2022-yilning eng innovatsion smartfon dizayni iPhone yoki Galaxy'ga tegishli emas!

2022-yilning eng innovatsion smartfon dizayni iPhone yoki Galaxy'ga tegishli emas!

TIME jurnali 2022-yilning eng innovatsion smartfon dizayni nominatsiya g'olibini e'lon qildi. Yo'q, bu Apple, Samsung, Google yoki Xiaomi smartfoni emas. Bu Nothing kompaniyasining bozorga endigina kirib kelgan Phone (1) smartfoni bo'ldi.

Nothing Phone (1) smartfoni haqiqatda dizayn borasida boshqa smartfonlardan ajralib turadi. Uning shaffof orqa tomoni qisman smartfon ichini ko'rsatib turadi, shu bilan birga, 900 LED chiroqlaridan tashkil topgan Glyph interfeysini ham o'z ichiga oladi va u smartfon qo'ng'iroq ovozi kabilar bilan sinxronizatsiyalashgan.

O'QING: Nothing'dan yangi qurilma