LG Pocket Photo: smartfondan rasmlarni bosib chiqaradigan cho‘ntak printeri

LG Pocket Photo: smartfondan rasmlarni bosib chiqaradigan cho‘ntak printeri

LG kompaniyasi mobil qurilmalardan rasmlarni chop etishga mo‘ljallangan Pocket Photo mini-printerini namoyish qildi, deb yozmoqda 3D News.

Printer juda ixcham shaklga ega (125 × 78 × 22 mm), og‘irligi 177 gramm. Smartfonga Bluetooth orqali bog‘lanadi, Android va iOS platformasidagi qurilmalarni qo‘llab-quvvatlaydi. Smartfonga o‘rnatiladigan mini-printer ilovasi rasmlarni tahrirlash, matn yoki QR-kodni qo‘shish kabi vazifalarni bajaradi.

Printer rasmlarni chop etish uchun Polaroid PoGo printerlarida ishlatiladigan ZINK texnologiyasidan foydalanadi.

Gadjetga 470 mA/soat sig‘imli batareya o‘rnatilgan. Bitta zaryadda 20 tagacha rasmni chop etish mumkin. Pocket Photo 120 dollar narxida tez orada sotuvga chiqariladi.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.