M3 protsessorli Macbook Pro va iMac taqdim etildi

M3 protsessorli Macbook Pro va iMac taqdim etildi

Kompyuterlar 8 dan 16 yadroli protsessorga ega so‘nggi M3 oilasining chiplari bilan jihozlangan. Oldindan buyurtmalar ochilgan bo‘lib, ular 7 noyabrdan rastalarga chiqariladi.

Apple yangi M3 oilasi protsessorlarining yangi lineykasini ham taqdim etdi — M3, M3 Pro va M3 Max. Zamonaviy grafik arxitektura va tezroq protsessor bilan MacBook Pro yanada kuchliroq bo‘ldi.

Apple noutbuklarining yangi oilasida asosiy model M3 protsessor bilan jihozlangan 14 dyuymli MacBook Pro hisoblanadi. Bu qatorga M3 Max flagman chipiga ega 14 va 16 dyuymli MacBook Pro'lar ham kiradi. Barcha modellar Liqued Retina XDR displey bilan jihozlangan, bu avvalgi ekrandan 20% yorqinroq. Noutbuklarda o‘rnatilgan 1080p FaceTime kamerasi va olti kanalli dinamik tizimi mavjud.

O‘QING: Apple rasman Watch Series 9 va Watch Ultra 2 soatlarini taqdim qildi!

apple, imac, macbook pro, taqdimot

M3, M3 Pro va M3 Max

M3 protsessorlari 3 nanometrli texnologiya yordamida yaratilgan shaxsiy kompyuterlar uchun birinchi chiplardir, deydi Apple. M3 unumdorligi M1 dan 35% gacha, 10 yadroli GPU unumdorligi 65% gacha yuqori. 24 GB gacha birlashtirilgan xotirani qo‘llab-quvvatlaydi.

M3 Pro grafik samaradorligi M1 Pro'ga qaraganda 40% gacha, protsessor unumdorligi 30% gacha tezroq. Xotira hajmi: 36 GB gacha. M3 Max ning 40 yadroli grafik chipi M1 Max dan 50% gacha tezroq. 80% gacha yuqori unumdorlik, 128 GB gacha estrodiol xotirani qo‘llab-quvvatlaydi.

MacBook Pro

Barcha noutbuklarning displeyi Liquid Retina XDR, yorqinligi 1000 nit. Qurilmalar 1080p aniqlikdagi kamera, Spatial Audio va Dolby Atmos’ni qo‘llab-quvvatlovchi oltita dinamik va uchta mikrofon bilan jihozlangan.

M3'dagi 14 dyuymli MacBook Pro avvalgi modellar dizayniga amal qiladi, deya qayd etadi The Verge. Noutbuk kosmik kulrang va kumush ranglarda mavjud. Videoni ijro etish rejimida batareya quvvati 22 soatgacha.

O‘QING: AppleGPT – ChatGPT qotili!

M3 Pro yoki M3 Max protsessorli MacBook Pro 14 dyuym va 16 dyuymli displey o‘lchamlarida mavjud. Qurilmalar bir xil dizaynni saqlab qolgan, ammo endi kumushrang va qora rangda mavjud. 14 dyuymli modelning batareya quvvati 18 soatgacha, 16 dyuymli model 22 soatgacha.

MacBook Pro M3 narxi $1599, 14 dyuymli MacBook Pro M3 Pro $1999, 16 dyuymlisi $2499 turadi. M3 Max'li modellar noyabr oyidan keyin $3199 dan sotuvga chiqariladi.

iMac

Taqdimotda yangi M3 protsessorlari asosidagi MacBook Pro'dan tashqari kompaniya M3'da yangilangan 24 dyuymli iMac’larni ham taqdim etdi.

Qurilmalar yetti rangda (yashil, sariq, to‘q sariq, pushti, binafsha, ko‘k va kumush) mavjud bo‘lib, klaviatura (Touch ID’li yoki sensorsiz Magic Keyboard) va mos rangdagi sichqoncha bilan birga keladi.

iMac 500 nit yorqinlikka ega Retina 4,5K displey, FaceTime XD 1080p kamera, Spatial Audio va Dolby Atmos'ni qo‘llab-quvvatlovchi oltita dinamik va uchta “studio sifatidagi” mikrofoni bilan jihozlangan.

iMac Wi-Fi 6Ye va Bluetooth 5.3 ni qo‘llab-quvvatlaydi. Ba’zi modellar Gigabit Ethernet standartini qo‘llab-quvvatlaydi.

Sakkiz yadroli M3 protsessori 10 tagacha grafik yadroga ega bo‘lishi mumkin, shuningdek, 24 Gb gacha operativ xotira va 2 TB gacha ichki xotirani qo‘llab-quvvatlaydi. Apple yangilangan iMac M1 iMac'dan ikki baravar tezroq ekanligini aytdi.

Yangilangan Macbook Pro narxi $1599, iMac narxi esa $1299 dan boshlanadi.

O‘QING: Yilning eng intizorlik bilan kutilgan smartfonlari – iPhone 15 seriyasi rasman USB-C bilan taqdim qilindi!

 

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.