Galaxy S21 allaqachon Snapdragon 888 protsessori bilan Geekbench’da... sharmanda bo‘ldi!

Geekbench testi mazkur smartfonning samaradorligini ham baholash imkonini beradi, lekin uning natijalari Snapdragon 888 taqdimotida Qualcomm e’lon qilgan tezkorlikka umuman o‘xshamaydi.

Noma’lum Redmi smartfonidagi yangi MediaTek protsessori AnTuTu testida Snapdragon 865’ni mahv etdi!

AnTuTu’ning tasdiqlashicha, ushbu smartfon FullHD+ rezolyusiyali, 90 gerslik ekranga ega. Redmi unda 8 gigabaytlik tezkor va 256 gigabaytlik doimiy xotira qo‘llagan.

AnTuTu’da yangi rekord: million balldan yuqori natijaga erishgan ilk gadjet!

Rekordchi devaysning protsessori iPhone 12’larda qo‘llangan Apple A14 chipsetidan deyarli 80 foizga tezkor ekan. Grafikasi bo‘yicha esa u yangi ayfondan ikki yarim baravarga samaradorroq bo‘lib chiqqan!

Hamyonbop Galaxy A12 allaqachon Geekbench’da test topshirib, Samsung saytiga ham chiqdi!

Android 10 tizimiga ega bo‘lgan Galaxy A12 smartfoni sakkiz yadroli protsessor bazasiga qurilgan; insayderlarning ta’kidlashlaricha, bu – MediaTek Helio P35 chipsetidir.

Geekbench aniqlik kiritdi: Mi 11 eng zo‘rmi, Mate 40 Pro’mi yoki Galaxy S21?

Antutu’ning so‘nggi reytingida Mate 40 Pro eng yuqori o‘rinni zabt etgan. Biroq tez orada Samsung va Xiaomi ham eng kuchli flagmanlarini chiqaradi. Xo‘sh, ulardan qay biri eng qudratli ekan?

Xiaomi Mi 11 allaqachon Geekbench’da sinab ko‘rildi va u Snapdragon 875 sirlarini ham fosh etdi!

Mazkur flagmanning Geekbench’dagi natijalari aks etgan sahifa kodini «kavlashtirib» ko‘rgan dasturchilar Snapdragon 875 chipsetning ayrim xususiyatlarini ham aniqlab olishgan.

O‘z narxi doirasida eng zo‘r smartfonlarning beshta reytingi (AnTuTu, 2020 yil oktyabr)

Beshta reyting orasidan naq to‘rttasida bittagina smartfonsozning turli modellari yetakchi. Xo‘sh, bu qaysi kompaniya ekanini toping-chi?

AnTuTu’da rekordchisini Samsung keyingi haftadayoq namoyish qiladi!

Samsung uning AnTuTu benchmarkidagi test natijasi allaqachon 650 000 balldan oshayotganini aytib maqtangan. Bu bejiz emas ekan, chunki mazkur servisda u chindanam 693600 ballik natija ko‘rsatgan!

Benchmarkda bu yangi smartfon Xiaomi’ning eng zo‘r superflagmanini ham tor-mor etdi!

Mazkur kompaniya o‘zining yangi chiqqan smartfonlari bilan Xiaomi Mi 10 Ultra yubiley superflagmanining rekordlarini sindirishda davom etmoqda.

AnTuTu'da yangi rekord o‘rnatildi

Qayd qilingan yangi natija avvalgi rekorddan ko‘ra 25% yuqoriroqdir.

Geekbench yana bir arzon smartfon – Galaxy A02s modelini oshkor etdi

Galaxy A02s modeli 3 gigabaytlik tezkor xotiraga hamda Android 10 operatsion tizimiga ega. Tabiiyki, bunaqa texnik ko‘rsatkichlarga ega smartfonning narxi ham 100–120 dollar atrofida bo‘ladi.

iPhone 12’lar tezkorlik testida Galaxy Note 20 Ultra, OnePlus 8T, Google Pixel 5 va ROG Phone 3’ni yer tishlatdi!

Avtonomlik testida iPhone 12 hamda iPhone 12 Pro nafaqat Android-smartfonlarga, balki hatto bulturgi iPhone 11 va iPhone 11 Pro’larga ham mag‘lub bo‘lgan edi. Lekin samaradorlik bobida ular zo‘r ekan!

Tez orada chiqadigan Galaxy M02 arzon smartfoni xususiyatlarini Geekbench fosh qildi

Galaxy M02 testda past natija qayd etgan; garchi barcha texnik xususiyatlari buniki bilan bir xil bo‘lsa-da, Galaxy A02 modeli ayni shu benchmarkda bundan 8 baravar yuqori ochko to‘plagan edi.

Apple’ning eski kasali qo‘zidi: u iPhone 12’larda protsessorni maxsus sekinlashtiryapti!

iPhone 12 hamda 12 Pro smartfonlari AnTuTu’da tegishlicha 564 899 va 572 133 ball olgan. Holbuki, sentyabr reytingida ENG OXIRGI O‘RINDAGI smartfon ham bulardan ancha yuqori – 602 584 ball olgandi!

AnTuTu’da mutlaq rekord: Exynos 1080 protsessorli sirli Orion smartfoni!

Android 11 operatsion tizim talqini boshqaruvi ostida ishlovchi Orion smartfoni 8 gigabaytlik LPDDR5 toifali tezkor xotiraga va 512 gigabaytlik UFS 3.1 standartidagi doimiy xotiraga ega.

Narxi 130 dollarga ham bormaydigan Samsung Galaxy A02 hamda Galaxy M02 tayyor!

Samsung Galaxy A02 smartfoni ommabop GeekBench benchmarkida tekshirib ko‘rilgan. Uning ma’lumotlar bazasida aks etishicha, bu model 2/32 gigabaytlik xotiraga va noma’lum Qualcomm protsessoriga ega.

Exynos 1080 anonsi berildi va u allaqachon Snapdragon 865+’ni ham yengib, AnTuTu’da rekord o‘rnatdi!

Qizig‘i – ushbu protsessor Samsung smartfonlaridan ham oldin Vivo X60 flagmanlarida bozorga chiqadi.

Qarshi oling: Geekbench servisida tezkorlik bo‘yicha yangi qirol!

Mazkur flagman oldingi rekordchilarning ko‘rsatkichlaridan salkam bir yarim baravarga yuqori natija namoyon etdi!

Realme’ning hamyonbop smartfoni AnTuTu’da hatto Galaxy S20 Ultra va Galaxy S20+ flagmanlarini «yer tishlatdi»!

Eng zo‘r flagmanlar AnTuTu’ning avgustdagi xitoycha reytingida 595–646 ming, global reytingida esa 515 – 615 ming ballik natija ko‘rsatgandi. Realme Q2 hamyonbop model bo‘lsa-da, ular bilan bellasha oladi!

iPhone 12 Pro Max xususiyatlari va kuchini AnTuTu fosh etdi: uyat, Apple, uyat!..

Benchmarkka ko‘ra, hali e’lon qilinmagan iOS 14.1 operatsion tizimli ushbu ayfon A14 Bionic chipi va 6/128 gigabaytlik tezkor/ichki xotiraga ega. Lekin uning samaradorligi bilan Apple maqtana olmaydi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш