Yoz Motorola'ning yangi buklamafonlari bilan boshlanadi!

Yoz Motorola'ning yangi buklamafonlari bilan boshlanadi!

Garchi buklamafonlar bozorida yetarlicha tanilib bo'lgan bo'lishsa ham, Motorola va Samsung kompaniyalari o'zlarining bu mashhurliklarini saqlab qolish uchun kurashishlari kerak – buklamafonlar bozoriga yangi raqobatchilar qo'shilishi fonida Samsung va Motorola ham o'zlarining yangi avlod buklamafonlarini taqdim qilishga shoshishmoqda. Ikkala kompaniyalar ham o'zlarining o'tgan yilning avgustidagi taqdimotlaridan so'ng bu yilgi buklamafonlarini ertaroq, iyun oyida taqdim qilishlari kutilmoqda. Janubiy Koreya kompaniyasi o'zining Galaxy Z buklamafonlarini 26-iyul kuni taqdim qilishi mish-mish qilanayotgan bir vaqtda Motorola'ning yangi avlod Razr'lari undan ham ertaroq taqdim qilinishi rasman ma'lum bo'ldi.

O'zining Twitter sahifasida Motorola yangi tizer videoni ulashdi. Unda siz ikki buklamafonlar siluetining kompaniya logotipiga aylanishini ko'rishingiz mumkin.

Ta'kidlash joizki, biz avvalroq Motorola bu yil bir emas, ikki buklamafonlar chiqarishilishidan xabar topgan edik. Bular Razr 40 seriyasidagi oddiy va Ultra model buklamafonlar bo'lib, mos ravishda ularning biri kichkina, boshqasi esa juda katta orqa displeyga ega bo'ladi.

Tizer postda yangi buklamafonlar taqdimot sanasini ham keltirilgan. Motorola o'zining yangi Razr buklanadigan smartfonlarini rasman 1-iyun kuni taqdim qiladi.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.