Alisher Usmonov kutilmaganda Mail.Ru Group boshqaruvidan voz kechdi

Aytish kerakki, Alisher Usmonov 2012 yilda «VKontakte», 2016 yilda esa o‘zining USM Holdings kompaniyasidagi nazoratidan menejment foydasiga voz kechgan edi.

Bunaqasi bo‘lmagan: Galaxy S10 ekranining hamma yeri barmoq izi skaneridan iborat!

Galaxy S10 old yuzasini butkul qoplagan displey butunicha barmoq izi sensoridan iborat! Ammo old kamera uchun ekranning tepasida tomchisimon «kemtik» borligi g‘alati.

Ilon Mask ilk tezyurar poyezd vakuumli tunneli – Hyperloop’ning ishga tushirilish sanasini aytdi

Tunnelning ochilishi sharafiga bayramona tadbir o‘tkaziladi, keyingi kuni esa barcha istovchilar vakuumli tunnelda tezkor poyezd-kapsulada bepul uchib ko‘rishlari mumkin bo‘ladi.

Honor Magic 2 «jonli» video suratlarda: xuddi Huawei P20 Pro kabi, faqat slayderli flagman!

Shu kungacha Honor Magic 2 haqida ma’lumotlar kam edi, endi birdaniga uning «jonli» rasmlari va videosi internetga chiqdi. Uning uch modulli bosh kamerasi xuddi Huawei P20 Pro flagmanidagi kabi joylashgan.

Mi Mix 3 o‘ta qimmat narxda sotuvga chiqdi, tag‘in Xiaomi uning dizayni borasida aldagan ekan! (+video)

Xiaomi render-suratlarda ushbu smartfonining romsizligi borasida yolg‘on qo‘llagan ekan. Avvalroq uning protsessori borasida ham shubhali ma’lumot chiqqandi.

Samsung W2019 buklama flagmanini ilk «jonli» video va suratlarda har tomonlama ko‘ramiz!

Samsung W2019 ikkita 4,2 dyuymlik sensor ekran, Qualcomm Snapdragon 845 protsessori, 8 gigabaytgacha tezkor xotira, 3000 mA/soatlik akkumulyator va Android 8.1 Oreo operatsion tizimiga ega.

Xiaomi smartfonlarining Android Pie asosidagi MIUI 10’gacha yangilanish jadvali

Xiaomi forumida mazkur kompaniyaning smartfonlariga Android 9 Pie bazasidagi MIUI 10 proshivkasining tarqatilish vaqtlari haqida ma’lumot e’lon qilindi. Marhamat, shu ro‘yxat bilan tanishib chiqing.

iPhone egalari xavf ostida: ularning akkaunti va pullarini o‘marishning yangicha usuli chiqdi!

Fishing-maktub xuddi Apple va Spotify kompaniyalaridan kelgandek ko‘rinadi. Ammo u butunlay qalbaki bo‘lib, adresatni aldab uning ma’lumotlarini olishga mo‘ljallangan.

Eng yangi – Nokia 8.1 smartfoni Geekbench’da «qo‘lga tushdi»!

Ushbu bazada saqlanib qolgan ma’lumotlarga ko‘ra, yangi gadjet ham Nokia X7 kabi Qualcomm Snapdragon 710 protsessoriga va Android 9 operatsion tizimiga ega.

Tesla eng arzon Model 3 elektrokarini sotuvga chiqardi

Hamyonbop Model 3’ning bitta quvvat bilan yurish masofasi 420 kilometrni tashkil etadi. Mashina 100 km/soat tezlikka chiqishi uchun 5,6 soniya vaqt sarflaydi. Uning eng yuqori tezligi esa 201 km/soatga teng.

Honor flagman smartfoni bilan birga «aqlli» soat ham tayyorlabdi!

Tizer-tasvirda doirasimon shaklli qo‘l soati silueti aks ettirilgan, gadjet nomi – «Honor Watch» yozuvi tushirilgan hamda namoyish sanasi – 31 oktyabr ko‘rsatilgan.

Samsung Galaxy Book 2 taqdim etildi – uzluksiz 20 soat ishlovchi planshet-transformer!

Galaxy Book 2 ikkita USB Type-C porti, quloqchin uchun 3.5 millimetrlik audiotirqish, microSD formatidagi xotira kartasi uyachasi hamda barmoq izi skaneri bilan ta’minlangan.

Apple sababli OnePlus 6T rejalashtirilganidan oldinroq taqdim etiladi

OnePlus 6T savdosi esa 5 noyabrda boshlanishi rejalashtirilgan. Sotuvlarning boshlanish sanasi ham ilgariroqqa suriladimi yo yo‘qmi – bunisi hozircha noma’lum.

Eng ishonchli kompyutersozlar reytingi e’lon qilindi

Ushbu ishlab chiqaruvchining kompyuterlari nafaqat nomdor Apple, balki boshqa barcha kompaniyalarning ham shu turdagi mahsulotlaridan ancha ishonchli ekanligi aniqlandi.

Microsoft muhim sabab bilan HoloLens 2 taqdimotini kechiktirmoqda

Kodli nomi Sydney bo‘lgan HoloLens 2 garniturasi o‘z «ajdod»iga nisbatan kengaytirilgan ko‘rish maydoniga ega bo‘ladi. Shuningdek, Microsoft uni ancha yengil va foydalanishga qulay ham qilayotir.

Xellouin arafasida Sony «dahshatli» PlayStation o‘yinlariga ulkan chegirma e’lon qildi

Garchi reklama posterida 60 foiz ko‘rsatilgan bo‘lsa-da, aslida «dahshatli» o‘yinlar uchun naq 77 foizgacha boruvchi chegirmalar belgilangan.

Mi Mix 3: ilk rasmiy reklama roligi, yangi videolari, suratlari, xususiyatlari va narxlari!

Ushbu flagmman haqidagi yangi ma’lumotlarning ko‘pligi kishini hayratga soladi: yangicha funksiyalarning jonli video va suratlari, boshqacha Mi Mix 3 prototiplari, turlicha narxlar...

«Real hayotdagi fotoshop» yaratildi – u yuz terisini 6 daqiqada tozalaydi! (+video)

Mazkur gadjet yuz terisiga havo pufakchalarini puflab, teri ostidagi kislorodni oshiradi. Bu bilan terining kislorodga to‘yinishi yaxshilanadi va u bir necha daqiqa ichida tozalanib, tip-tiniq holatga keladi.

Telegram’ning iOS-ilovasi yangilandi – endi muloqot yanada qulay!

iPhone va iPad’larda foydalanishga mo‘ljallangan Telegram kliyenti 5.0.12 (559) talqiniga qadar yangilandi. Unda Apple gadjetlari foydalanuvchilari uchun bir qator yangi imkoniyatlar taqdim etilgan.

Samsung endi kamerasi ekran ostiga joylangan smartfon tayyorlamoqda

Bunda ekranning o‘zi «tirqish»li yoki «kemtik»li emas, balki butun bo‘ladi. Displey ostidagi kamera ish holatidan boshqa paytlarda ko‘rinmasdan turadi, uning ustida odatdagi kontent aks etadi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш