"Tchau Telegram" – Durov messenjeri Brazilyada bloklandi

Telegram messenjeri Brazilyada, yana, bloklandi. Davlat Oliy sudi Telegram'ni neonatsistlar guruhlari va ularning a'zolari haqidagi barcha ma'lumotlarni taqdim etmaganligi sababli foydalanishdan chekladi.

Ma'lum bo'lishicha, buyruq doirasida mamlakatdagi Vivo, Claro, TIM va Oi aloqa operatorlariga ilovaga kirishni cheklash, hamda, AppStore va Play Store egalari, ya'ni Apple va Google kompaniyalariga messenjer ilovasini o'z ilovalar do'konlari olib tashlash buyurilgan. Shuningdek, Telegram avvalgi sud qarorlarini bajarmagan har kuni uchun 1 million brazil realida jarima belgilangan.

Yuqorida aytilganidek, Telegram'ning Brazilyada bloklanishiga asosiy sabab uning neonatsistlar guruhlari va ularning a'zolari haqidagi ma'lumotlarni taqdim etmaganligi sabab bo'lgan. Gap shundaki, o'tgan yilning noyabrida mamlakatning Arakruz hududidagi maktablarda sodir bo'lgan otishmada 4 kishi o'ldirilgan, 10 dan ortiq odam esa yaralgan. Va buni amalga oshirgan 16 yoshli jinoyatchining Telegram'dagi antisemitik guruhlar bilan aloqasi borligi aniqlangan. Shundan keyin Braziliya federal politsiyasi 19-aprel kuni Telegram'dan ushbu guruhlar a'zolari, administratorlari va ularning telefon raqamlarini berishni so'ragan.

Telegram Brazilyada bloklangandan keyin Downdetector shu haqdagi shikoyatlar bilan to'lgan. Foto: Reprodução (G1 orqali)

Aslida Telegram mamlakat huquq-tartibot idoralari xodimlariga 21-aprel kuni ayrim ma'lumotlarni ulashgan, biroq ular yetarli bo'lmagan. Oliy sud Telegram'ni bloklash buyurug'ini chiqarganidan so'ng, chorshanba kuni Brazilya vaqti bilan tungi 9:30 dan keyin Telegram bilan aloqa batamom uzilgan.   

Ta'kidlash joizki, bu Telegram'ning Brazilya ilk bor bloklanishi emas. O'tgan yilning mart oyida ham messenjer aytilgan buyruqlarni bajarmaganligi sabab mamlakatda ban qilingandi, lekin keyinroq Pavel Durov buning uchun uzr so'rab chiqqanidan bir necha kun o'tib cheklov olib tashlangan.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.