DiMaX

Технологияларга қизиқувчи, бу борадаги янгиликларни имкон қадар кузатувчи ва маъқул топганларини бошқалар билан баҳам кўришни ёқтирувчи фрилансер.

Qarshi oling: Telegram.org sayti ham endi o‘zbek tilida!

  •  DiMaX
  •  1465
  •  14.10.2020

Telegram messenjeriga o‘zbek tili allaqachon qo‘shilgan va uni mukammallashtirishga siz ham hissa qo‘sha olasiz. Endi uning rasmiy sayti – Telegram.org ham o‘zbek tilida taqdim etildi.

Global bozordagi Xiaomi, Redmi va Poco smartfonlariga jami 76 ta barqaror MIUI 12 proshivkalari chiqdi (to‘liq ro‘yxat)

  •  DiMaX
  •  4009
  •  14.10.2020

Xiaomi kompaniyasi xalqaro bozordagi MIUI 12 global proshivkasi tarqatilgan modellarning 14 oktyabr holatiga ko‘ra yangilangan ro‘yxatini taqdim etdi.

Megabaytlar o‘tkazish xizmatiga yangi cheklovlar kiritilyapti!

  •  DiMaX
  •  83935
  •  14.10.2020

Uyali aloqa operatori o‘z abonentlari uchun o‘zaro internet-trafik o‘tkazish xizmatini ishga tushirgan edi. Kompaniya rasmiy saytidagi xabarga ko‘ra, 22 oktyabrdan uning shartlariga o‘zgartirishlar kiritilmoqda.

Google kompaniyasi Chrome brauzeridan va reklama biznesining bir qismidan ajralishi mumkin

  •  DiMaX
  •  721
  •  13.10.2020

Oktyabr oxiriga kelib, Adliya vazirligi Google’ga qarshi qidiruv natijalari ustidan nazorat, shu jumladan Android tizimida Chrome’ni targ‘ib qilish bilan bog‘liq monopoliyaga qarshi sudga murojaat qiladi.

Atigi 148 dollardan boshlanuvchi 5G-smartfonlar – Realme Q2, Q2 Pro hamda Q2i chiqdi!

  •  DiMaX
  •  2141
  •  13.10.2020

Yangi turkumdagi har uchala smartfon ham Android 10 operatsion tizim talqini ustiga qurilgan Realme UI grafik qobig‘i bilan taqdim etilgan va korpuslarida USB Type-C porti mavjud.

Uyali aloqa operatori yana bitta arzon tarifini yopyapti

  •  DiMaX
  •  5188
  •  13.10.2020

Lekin abonentlar mazkur tarif shartlari bilan tegishli havola orqali tanishib chiqib, agar ma’qul kelsa, yopilmasidan oldin – 16 oktyabrgacha unga o‘tib olishlari mumkin.

O‘rta narxli o‘nta eng zo‘r smartfon (AnTuTu, 2020 yil sentyabr)

  •  DiMaX
  •  4489
  •  13.10.2020

Naq oltita o‘rinni bitta nomdor kompaniya vakillari band etgan, lekin reyting g‘olibi boshqa. Eng kuchli chipsoz – Qualcomm protsessorlariga tayangan smartfonlar oxirgi ikkita pog‘onadan joy olgan, xolos.

AirPods Pro raqibi taqdim etilib, undan ikki yarim baravar arzon sotila boshladi!

  •  DiMaX
  •  1250
  •  13.10.2020

Mi Air 2 Pro o‘zining avtonomligi bilan ham maqtana oladi – uning o‘zidagi akkumulyator quvvati 7 soatga yetadi. G‘ilofi bilan birga esa avtonomlik 28 soatgacha boradi.

AnTuTu’da mutlaq rekord: Exynos 1080 protsessorli sirli Orion smartfoni!

  •  DiMaX
  •  887
  •  13.10.2020

Android 11 operatsion tizim talqini boshqaruvi ostida ishlovchi Orion smartfoni 8 gigabaytlik LPDDR5 toifali tezkor xotiraga va 512 gigabaytlik UFS 3.1 standartidagi doimiy xotiraga ega.

Narxi 130 dollarga ham bormaydigan Samsung Galaxy A02 hamda Galaxy M02 tayyor!

  •  DiMaX
  •  16378
  •  13.10.2020

Samsung Galaxy A02 smartfoni ommabop GeekBench benchmarkida tekshirib ko‘rilgan. Uning ma’lumotlar bazasida aks etishicha, bu model 2/32 gigabaytlik xotiraga va noma’lum Qualcomm protsessoriga ega.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш